GIDROGRAFIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROGRAFIYA haqida malumot bilib oling.

GIDROGRAFIYA (gidro… va…grafim) — gidrologiyanint bir tarmogʻi, quruqlikdagi suv obyektlari (daryo, koʻl, suv omborlari)ni oʻrganadi. Gidrografiya ularning oʻrni, oʻlchami va rejimini, suv obyektlarining tarqalishini, alohida tabiiy-tarixiy va landshaft-geografik zonalarda ularning xoʻjalik ahamiyati va ulardan foydalanishni (kema qatnovi va b.) tadqiq etadi. Gidrografik maʼlumotlar suv obyektlarini oʻzlashtirishning transport va energetika ahamiyati, qurgʻoqchilik, toshqinga qarshi kurashish, melioratsiyani rivojlantirish va b. uchun muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
GIDROGRAFIYA