GULISTON YOGʻ EKSTRAKSIYA AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GULISTON YOGʻ EKSTRAKSIYA AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

«GULISTON YOGʻ EKSTRAKSIYA» AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistan oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. Guliston sh. da joylashgan. «Yogʻmoytamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Asosan oʻsimlik moyi, chigit shulxasi, chigit va soya shroti, xoʻjalik sovuni, yuvish vositalari ishlab chiqaradi. Loyiha quvvatiga koʻra sutkasiga 900 t paxta chigiti, 600 t soya dukkagini qayta ishlaydi. 1980-y. may oyida Guliston yogʻ-ekstraksiya zdi nomi b-n ishga tushirilgan. 1994-y. dan xrz. nomda va ochiqturdagi aksiyadorlik jamiyati. 1983-y. dan forpress ekstraksiyasi usulida paxta yogʻi, gossipolsizlantirilgan va oqsil bilan boyitilgan chigit shroti olish oʻzlashtirildi. 1992-y. dan import orqali olinadigan soya dukkagidan soya moyi ishlab chiqariladi. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.

Ensiklopediya.uz
GULISTON YOGʻ EKSTRAKSIYA AKSIYADORLIK JAMIYATI