TIXONOV haqida to’liq ma’lumot oling

TIXONOV haqida to’liq ma’lumot oling

TIXONOV — Nikolay Semyonovich [1896.22.11(4.12), Peterburg [979] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoiri (1974). 1-jahon urushi (1914—18), fuqarolar urushi (1918—20) va 2jahon urushi (1941 — 45) qatnashchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1944-y. dan). 20-y. larda «Serapion muridlari» adabiy toʻgaragi ishtirokchisi. Ilk dostoni «Sami» (1920). Tixonov 20—30-y. larda Gruziya, Armaniston va Oʻrta Osiyo boʻylab sayohat kilgan. Taassurotlari asosida «Vamberi» (1925), «Dengizdan dengizgacha» (1926), «Urush» (1931) qissalarini, «Xavfli odam», «Harbiy otlar» (1927), «Abadiy tranzit» (1934), «Koʻchmanchilar» kabi hikoyalar va ocherklar kitoblarini (1931), «Kaxetiya haqida sheʼrlar» (1935) toʻplamini yozgan. «Gruziya bahori» turkum sheʼrlari (1948) da urushdan keyingi Kavkazning maftunkor tabiati, kishilarining tinch turmushi, xalkdar doʻstligi ifodalangan. Tinchlik uchun kurashuvchilarning xalqaro xarakatida koʻp yillar ishtirok etishi, Sharq va Gʻarb mamlakatlariga kilgan sayohatlari uning «Dust soyasi» (1936), «Ikki oqim» (1951), «Tinchlik tarafdorlarining ikkinchi umumjahon kongressida» (1953) kabi turkum sheʼrlarida, «Oq moʻjiza» (1956), «Yashil zulmat» (1966) kabi qissalari hamda «Qoʻsh kamalak» (1964) kitobida aks etgan. Asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. Gʻ. Gʻulom, Oybek, Zulfiya va b. oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini rus tiliga tarjima kilgan. As: Pokiston haqida hikoyalar, Tixonov, 1953; Vamberi [qissa], T., 1963; Yashil zulmat [qissalar], T., 1972.

Malumotlar
TIXONOV