VLADIGEROV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VLADIGEROV haqida malumot bilib oling.

VLADIGEROV Pancho (1899.1.3, Syurix — 1978, Sofiya) — bolgar kompozitori, pianinochi, dirijyor va pedagog. Bolgariya xalq artista (1949). Mil-liy kompozitorlik maktabining yirik vakili. Ijodida bolgar musiqa folkloridan keng foydalangan, zamonaviy bolgar musiqasining qator janrlari (konsert, sonata, fortepiano musiqasi va b.)ga asos solgan. Romantik, koʻtarinki ruh b-n sugʻorilgan musiqiy obrazlariing yorqinligi, garmoniyaning nafisligi, orkestr vositalarining boyligi Vladigerov uslubiga xos. «Vardar» rapsodiyasi (1922), fortepiano konsertlari (5 ta, 1918—62), «Shoh Kaloyan» opsrasi (1936) mashhur.

Ensiklopediya.uz
VLADIGEROV