VILLARI EFFEKTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VILLARI EFFEKTI haqida malumot bilib oling.

VILLARI EFFEKTI — mexanik deformaiiyalar (choʻzilish, buralish, egilish va b.)ning ferromagnetiklar magnitlanuvchanligiga taʼsiri. Italyan fizigi E. Villari (Ye. Villari, 1836 — 1904) ochgan (1865). Magnitlanganda oʻlchamlari qisqaradigan ferromagnetiklar (mas., nikel) choʻzilganda magnitlanganligini kamaytiradi. Bu hodisa teskari (manfiy) Villari effekti deb ataladi. Aksincha, magnitlanganda oʻlchamlari uzayadigan ferromagnetiklar (mas., tarkibida 65% nikel boʻlgan temir-nikel qotishmasidan yasalgan sterjen) choʻzilganda magnitlanganligini koʻpaytiradi. Bu hodisa toʻgʻri (musbat) Villari effekti deb ataladi. Aytib oʻtilgan materiallar siqilganda Villari effekti ishorasi teskarisiga oʻzgaradi. Villari effekti yuz berishiga sabab ferromagnetiklarga mexanik kuch taʼsir ettirilganda ularning strukturasi oʻzgarishidir. Villari effekti texnikada muayyan magnit xossalariga ega boʻlgan materiallar yaratishda keng qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VILLARI EFFEKTI