GRAVITATSION BOYITISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRAVITATSION BOYITISH haqida malumot bilib oling.

GRAVITATSION BOYITISH — foydali minerallarni begona jinslardan ajratib olish usuli. Ularning zichliklari orasidagi farqqa asoslanadi. Mil. av. 2 minginchi yillardayoq qoʻrgʻoshin va oltinni ajratib olishda Gravitatsion boyitish usulidan foydalanishgan. 14—15-a. larda zamonaviy oltin yuvish mashinasiga oʻxshash mashinalar yaratildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlariga kelib foydali qazilmalarga ehtiyoj koʻpayganligi sababli Gravitatsion boyitish keng qoʻllanila boshlandi. Gravitatsion boyitishning suvda va havoda amalga oshiriladigan xillari bor. Suvning zichligi ancha yuqori boʻlgani uchun suvdagi Gravitatsion boyitishda foydali minerallar juda aniq ajralib chiqadi. Havoda boyitiladigan mahsulotlarni suvsizlantirish talab qilinmaydi. Bu esa mahsulotlarni transport vositalariga ortish qiyin boʻladigan sovuq joylarda qulaylik yaratadi. Gravitatsion boyitishda yerning tortish kuchidan (nomi shundan), markazdan qochma va elektromagnit kuchlardan xam foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
GRAVITATSION BOYITISH