Muhammad ibn Siyrin to’liq malumot oling

Muhammad ibn Siyrin to’liq malumot oling

Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhi Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning xalifalik zamonida Basrada hijriy 653 yili tug‘ilganlar. U zot ulug‘ tobi’in, tafsir, hadis, fiqh va tush ta’birlarida imom edilar. Zuhd, taqvo, parhezkorlik va ota onaga yaxshilik qilishda peshqadam edilar.
Mundarija скрыть

Otalari Siyrin Anas ibn Molik roziyallohu anhuning qullari edi. Anas ibn Molik roziyallohu anhuga u kishini Ko‘faning g‘arbidagi “Aynut tamr” shahrida bo‘lgan jangdan ulush qilib berilgan edi. U shaharni Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifa bo‘lgan zamonlarida fath qilgan edi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu o‘z qullarini o‘sha vaqtning o‘zidayoq ozod qilib yuborgan edi.

Anas ibn Siyrin rohimahulloh aytadi: “Ukam Muhammad Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning xalifaliklariga ikki yil qolganda tug‘ildi. Uning onasining ismi “Sofiyya” edi. U Abu Bakr siddiq roziyallohu anhuning cho‘risi edi. U zot uni ozod qilgan edi”.

Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhi Umaviylar va Abbosiylar davlatida yashaganlar. Ahli sunna val jamoadan bo‘lganlar.

Hishom ibn Hasson rohimahulloh aytadi: “Muhammad ibn Siyrin 30 ta sahobiy bilan bir davrda yashab, ularning suhbatidan bahramand bo‘lgan”.

Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhining tushlarni ta’bir qilishlaridan misollar:

1. Yusuf ibn Sobbog‘dan rivoyat qilinadi: Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhi: “Kimki tushida Robbisini ko‘rsa, u jannatga kiradi” degan.

2. Xolid ibn Diynordan rivoyat qilinadi: u Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhining huzurida edim. Bir kishi uning huzuriga kelib: “Ey Abu Bakr! Men tushimda ikki jo‘mragi bor idishdan suv ichayotgan ekanman. Ularning biri shirin ikkinchisi nordon ekan” dedi. Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhi u kishiga: “Allohga taqvo qil. Seni bir ayoling bo‘ladi. Uning singlisining ziyoniga sen nimadir bir ish qilasan” dedi.

3. Abu Qilobadan rivoyat qilinadi: bir kishi Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhiga: “Men tushimda qon siyayotgan ekanman” dedi. Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhi unga: “Seni ayoling hayz ko‘rgan holida keldimi?” dedi. U: “Ha!” dedi. Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhi unga: “Allohga taqvo qil. Uni ortiga qaytarma!” dedi.

Ustozlari:

1. Anas ibn Molik roziyallohu anhu

2. Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu

3. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu

4. Abdulloh ibn Zubayr roziyalllohu anhu

5. Abu Hurayra roziyallohu anhu

6. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu

7. Abdulloh ibn Umar ibn Xattob roziyallohu anhu va boshqa sahobilar.

Shogirdlari:

Qatoda ibn Daoma rohimahulloh

Yunus ibn Ubayd rohimahulloh

Ibn Avn rohimahulloh

Xolid Hizo rohimahulloh

Avf A’robiy rohimahulloh

Hishom ibn Hasson rohimahulloh

Qurra ibn Xolid rohimahulloh

Mahdiy ibn Maymun rohimahulloh

Jarir ibn Hozim rohimahulloh

Ayyub Suxtiyoniy rohimahulloh va boshqa tobi’inlar.

Abu Bakr Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayhi hijriy 110 yili Hasan Basriy rahmatullohi alayhining vafotlaridan 100 kun o‘tgandan so‘ng 80 yoshlarida Basrada vafot etadilar.

Abdus Somad Abdul Bosit tayyorladi | muslim.uz

Biografiya
Muhammad ibn Siyrin