Said ibn Omir al-Jumahiy

Said ibn Omir al-Jumahiy
said ibn omir al jumahiy 65cb394f39d9d

islom

Said ibn Omir al-Jumahiy

Mundarija скрыть
Said ibn Omir al-Jumahiy
DO`STLARGA ULASHING:
Xaloyik asir ortidan katl uchun xozirlab ko‘yilgan makonga yetib kelgach, Sayid ibn Omir al-Jumaxiy uzun komatini cho‘zib, katlgoxda turgan Xubaybga nazar soldi va xotin-xalajning kiy-chuvi ostida uning xotarjam, jarangdor tovushini eshitdi: — Agar lozim topsangiz. o‘limim oldidan ikki rakaat namoz o‘kib olishimga ruxsat bering. Sayid asirga bokdi. U Ka’ba tarafga yuzlanib, o‘limidan oldinga so‘ngga tilagi — namozni ado kilardi. Nakadar go‘zal ibodat edi bu ikki rakaat namoz! Xubaybilanamozni tugatgach, kavm oksokollariga karata: — Xudo xakki, agar meni o‘limdan ko‘rkkanidan sustkashtlik kilyapti, deb o‘ylamaganingazda edi, namozimni yana bir oz cho‘zgan bo‘lardim, — dedi, So‘ng jalloddar uni musla (tirik inson yoki xayvon-ning a’zolarini kesib olish) kilishga kirishishdi. Jasadidan ketma-ket go‘sht bo‘laklarini uzib olisharkan, so‘ra-shardi: — Xoynaxoy, xozir o‘zing najot topib ketsang-u, lekin «mening o‘rnimda Muhammad bo‘lsa edi», deb turgandirsan?! U esa kip-kizil konga belangancha javob berardi: — Xudo xakki, men bola-chakam bilan tinch-omon bo‘lsamu buning evaziga Muhammadga bitta zirapcha kirsa — aslo rozi bo‘lmasdim… Odamlar ko‘llarini xavoda siltay boshlashdi. Chor atrofni: «Uni o‘ldiringlar, uni o‘ldiringlar», degan ovoz tutib ketdi. Shuidan so‘ng Sayid ibn Omir Xubaybning samoga tikilgancha, duoyibad kilayotganiii ko‘rdi. — Parvardigoro, ularning adadini xisoblab ko‘y, barchilarini xalok kil, birontasini ham jazosiz koldirma. Shu so‘zlarni aytashi bilan uning badaniga sanoksiz kilich-nayzalarning tish sanchildi va so‘nggi nafasi uzildi.
Qurayshliklar Makkaga kaytgach, turmush ikir-chikirlari bilan chalgib, oz fursatdayok bo‘lib o‘tgan katlni unutib yuborshadi. Birok yosh yigit Sayid ibn Omir al-Jumaxiy Xubaybni bir laxza ham yodidan chikara olmadi. Uxlasa tushida, uygokligida xayolan ko‘rar, katlgoxdagi mutlak xotirjamlik va mislsiz xuzur bilan namoz o‘kiyotgan xolati ko‘z o‘ngida gavdalanar, kulogi ostida Quraysh kabilasi xakiga kilgan duoyibadi yangrar, buning kasridan yashin urib ketishi yoki osmondan tosh yogilishidan ko‘rkardi. Bundan tashkari, Xubayb Sayidga ilgari bilmagan narsasidan sabok bergandek edi go‘yo. Xakikiy xayot sof akida va bu akidaning yo‘lida to o‘lgun cha kurashmokdan iborat ekan. Pokiza iymon soxibi ajoyib ishlarni kilib, mo‘jizalar ko‘rsatshiga kodir ekan. Xubayb yana bir narsani — asxoblari jonidan ham ortik ko‘ruvchi kishi Alloh tarafidan aziz kilingan xak paygambar ekanligini bildirdi. Bunda Alloh taolo Sayid ibn Omirning kalbiga xidoyat soldi, U odamlar to‘planadigan joyga borib, o‘zinint qurayshiliklar ruju ko‘ygan gunoxu ma’siyatlardan bezorligini, butu sanamlardan voz kechganini hamda Alloh taoloning diniga kirganini e’lon kildi. Sayid ibn Omir Madinaga hijrat kilib, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan birgalikda Xaybar va undan keyingi gazotlarda ishtirok etdi. Paygambar alayhissalom, robbisini rozi kilgan xolda, dorulbakoga rixlat kilganlaridan so‘ng u kishining xalifalari Abu Bakr va Umar roziallohu anhmolarning ko‘lida, xar damda kurashga shay, yachangochlangai kilich bo‘lib koldi. Oxiratni dunyo evaziga sotib olgan, Allohning roziliga va savobini nafsiniig ragbatlaridan, jasadining shahvatlaridan ustun ko‘ygan mo‘minlarga xos benazir xayot kechirdi.
Rasululloh sallollohu alayhi vassalamning xar ikki xalifasi Sayid ibn Omirning to‘gri- so‘zligini, takvosini bilishardi, binobarin, uning nasixatlariga kulok tutib, xar bir so‘zini e’tiborga olishrdi. Umar ibn Xatyub endigina xalifa bo‘ltan kezlarida Sayid ibn Omir u kishining xuzuriga kirib keldi va dedi: — Ey Umar, men seni odamlarning xaklarida Allohdan ko‘rkishga, Allohning xakkida esa insonlardan ko‘rkmaslikka chakiraman. So‘zing amalingga xilof kelmasin, chunki so‘zlarning eng yaxshisi amal bilan tasdiklanganidir. Ey Umar, Alloh seni viloyatingdagi xar bir musulmon uchun ma’sul kildi. O’zingga va bola-chakangga ravo ko‘rgan narsalarni ularga ham ravo ko‘r, yomon ko‘rgan narsalaringdan ularni ham asra. Xak yo‘l uzra suv kelsa simir, tog kelsa kemir va Allohning dinida malomatgo‘ylarning gap-so‘zlaridan xayikma. Xazrati Umar aytdi: — Kim ham buni eplay olardi?! Sayid javob berdi: — Alloh bilan o‘rtasida xech kim turmagan, Muhammad alayhissalomning ummatiga voliy bo‘lgan senday kishi eplay oladi. Shunda Umar ibn Xattob Sayidga vazirlikni taklif kildi. — Ey Sayid, biz seni Xims ahliga voliy kilib tayinlaymiz. U kishi aytdi: — Ey Umar, azbaroi xudo, meni dunyoga ro‘baro‘ kilib, fitnalarga duchor etma. Xazrata Umarning achchiga chikdi: ~ Senlarni kara-yu, bu ishni yolgiz mening gardanimga yuktab, o‘zlaring tumtarakay kochmokchimisanlar?! Xudo xakki, men seni bo‘shatmayman, — dedi va uni Ximsga voliylik lavozimiga tayinladi. — Senga maosh ajrataylikmi? — Uni nima kilaman? Baytul-moldan oladigan ulushimning o‘zi yetib ortadi, — dedi Sayid. Ertasiga u Ximsga jo‘nab ketdi.
Bir necha kun o‘tgandan so‘ng amirul mo‘‘mininning xuzuriga Xims ahliniig ishonchli kishilari vakil bulib kelishdi. Xazrati Umar nafaka belgilash uchun-u yerdagi fakirlarning nomlarini yozib berishni amr kildi. Ro‘yxat ko‘liga tekkach, o‘kiy boshladi: «Falonchi, falonchi, Sayid ibn Omir…» Shu yerda to‘xtab; so‘radi: «Sayid ibn Omir deganingiz kim?» Vakillar «amirimiz», deb javob berishdi. — Amiringiz fakirmi? — Xa, xatto o‘chogada surunkasiga bir necha kun olov yokilmaydi. Xazrati Umar buni eshitib, ko‘ngli buzilib yigladi, xatto sokollari xo‘l bo‘lib ketdi. So‘ng ming dinorni bir hamyonga tugab, vakillarga berdi va: — Amiringizga mening nomimdan salom ayting. Amirul mo‘minin buni sizga berib yubordi, barcha xojatlaringizni ravon kilib olarkansiz, denglar, — deya kattik tayinladi. Vakillar yurtlarnga kaytgach, hamyonni Sayidga topshirdilar. U esa dinorlarga ko‘zi tushishi bilan hamyonni irgitib yubordi va: «Inna lillaxi va inna ilayxi rojeun» («Biz Allohning bandalarimiz va, albatga, u zotning xuzuriga kaytib borajakmiz». Musibatgaa yo‘likkanda o‘kiladigan duo). deb ko‘ydi. Buni eshigan xotini rangi o‘chgancha, uyidan chika solib: — Kanday musibat yuz berdi, ey Sayid? Amirul mo‘‘minin vafoi kildilarmi? — deb so‘radi. — Yo‘k, bundan ham yomonrok kulfat, — javob berdi eri. — Musulmonlar bironta jangda maglub bo‘ldilarmi? — Yo‘k, bundan ham kattarok musibat ro‘y berdi. — Bundan katta musibat bo‘lishi mumkinmi? Nima ekan u? — Oxiratimni barbod kilish uchun xayotimga dunyo o‘rmalab kirdi, Uyimga fitna oraladi. — U xolda kutuling undan. Ayol dinor vokeasidan bexabar edi. — Bu ishda menga yordam berasanmi? — deb so‘radi Sayid. Tasdik javobini olgach, dinorlarni bir necha hamyonga bo‘lib, musulmonlar orasidagi fakirlarga ulashib berdi.
Bu xodisadan ko‘p o‘tmay xazrati Umar, o‘zining odatiga ko‘ra, Shom diyoriga raiyat xolidan xabar olgani bordi. Ximsning yana bir nomi «Ko‘facha» edi. Sababi uning axolisi ham ko‘faliklar singari voliy va rahbarlari ustidan ko‘p shikoyat kilishardi. Xazrati Umar ximsliklar bilan uchrashib, amirlari to‘grisida fikrlarini so‘raganida arz-dod kilishib, unga bir-biridan ogir to‘rtta aybni takashdi. Umar roziallohi anh xikoya kiladi: — Men ularni bir joyga to‘pladim. Ichimda Sayid xakidaga fikrimni o‘zgartirmaslikni so‘rab, Allohga duo kiuvdim. Chunki Sayidga kattik ishonar edim. Ximsliklar jamlangach: — Amiringiz xususida kanday shikoyatingiz bor? — deb so‘radim. — Bizning oldimizga tong otib, kuyosh ancha ko‘tarilib ketgandan keyingiia chikib keladi,- deyshidi ular. — Bunga nima deysan, ey Sayid? — dedim. U bir oz sukut saklab, so‘ng gap boshladi. — Xudo xakki, men buni aytishnii o‘zisha ep ko‘rmagan edim, lekin boshka ilojim yo‘k ekan. Mening xonadonimda xizmtkorim yo‘k. Shuning uchun xar kuni ertalab o‘zim hamir koramyan. Birpas kutaman. Ko‘pchigach, non yasab, yopaman. Uvdan so‘ng taxorat kilib, odamlarning oldiga chikaman. Ximsliklardan: «Yana kanday shikoyatlaringiz bor?» — deb so‘radim. Ular: «Bu kishi tunda birontamizni ham kabul kil-maydi», deyishdi. — Bunisiga nima deb javob berasan, ey Sayid? — dedim. — Men buni ham oshkor kilishni, xudo xakki, aslo xoxlamagan edim. Kunduzi odamlarning xizmatida bo‘lib, tunni Allohning xizmatiga bagishlayman, — dedi u. Ximsliklar Sayidni xar oyda bir kun vazifasini o‘tash-likka chikmaslikda ayblashdi. Men undan nega bunday kilishini so‘radim. U javob berdi: — Mening mana shu ustimdagidan boshka libosim yo‘k. Xar oyda bir marta kiyimlarimni yuvaman. Kurigunicha kutib, kunning oxirida ishga chikaman.
Men ximsliklardan so‘radim: — Yana kanaka shikoyatingaz bor? — Ba’zan biz bilan suxbatlashib o‘tirgan joyida xushini yo‘kotib, o‘zidan ketib koladi, — deyishdi ular. — Buning sababi nima? — so‘radim men. Sayid aytdi: — Men mushriklik paytimda Xubayb ibn Adiyning katl etilishini ko‘rganman. O’shanda qurayshliklar uning jasadini nimtalay turib: «Xoynaxoy, kaniydi, Muhammad menging o‘rnimda bo‘lsaydi, deb turgandirsan», deyishgan edi. U esa: «Xudo xakki, men uyimda bola-chakam bilan tinch-xotirjam bo‘lib, buning evaziga Muhammadga bitta zirapcha kirishiga ham rozi emasman», deb javob berdi. Men shu vokeani eslasam, yordamga kodir bo‘la turib, kimir etmaganim yodimga tushadi. Bu gunoximni Alloh kechirmasa kerak, deb o‘ylab, ko‘rkkanimdan xushimdan ketib kolaman. Shunda xazrati Umar Sayid xakidagi fikrini o‘zgartir-magani uchun Allohga hamd aytdi. Va barcha xojatlarini bit-kazib olishi uchun uning uyiga ming dinor jo‘natdi. Buni ko‘rgan xotini xursand bo‘lib: — Xudoga shukrki, xalifa ogiringizni yengil kildi. Bu pulga ul-bul sotib olsangaz ham, xodim yollasangiz ham bo‘ladi, — dedi. — Men senga yaxshirok yo‘lni ko‘rsataymi? — so‘radi Sayid. — Biz ko‘prok shuni kilishga muxtojmiz. — Nimani nazarda tugyapsiz? — Pulning hamasini Allohga karzga beramiz. — Xo‘p bo‘ladi, Alloh sizdan rozi bo‘lsin, — dedi ayol. Ular shu yerning o‘zidayok dinorlarni, avvalgi safargiday, bir kancha hamyonga taksimladilar-da, beva-bechora, yetim-esir, miskinu fakirlarga tarkatdilar.

DO`STLARGA ULASHING:

Sayid ibn Omir dunyo evaziga oxiratini sotib olgan, Alloh va u zotning rasulni hamma narsadan afzal bilgan kishidir. 
Tarixchilar so‘zidan
Muhammad alayhissalomning xiyonat orkali ko‘lga tushirilgan -asxoblaridan biri Xubayb ibn Adiyning katl marosimini tomosha kilish uchun Quraysh zodagonlarining chorlovi bilan Makkaning tashkarisidagi jazo maydoniga lak-lak odam to‘plandi. Ular orasida Sayid ibn Omir al-Jumaxiy ismli o‘spirin ham bor edi.
Uning to‘lib-toshgan yigitlik kuch-kuvvati yelkalari bilan odamlarning saflarini yorib o‘tib, marosimni boshkarayotgan Abu Sufyon ibn Xarb, Safvon ibn Umayya va boshka Quraysh oksokollari katoridan o‘rin egallash, kishanlangan asirning xar bir xarakatini yakkol kuzatshi imkoniyatini yaratdi. Olomonning niyati bitta edi: asirni katl etib, avvalo Muhammad alayhissalomga aziyat yetkazish va shu bilan birga Badrda berilgan kurbonlar uchun o‘ch olishahri Jangda mushrik erlarini yo‘kotgan ayollaru otalaridan judo bo‘lgan bolalar shu ilinjda ko‘llarini silkitancha saxobani o‘lim maydoniga xaydab kelardilar.
Xaloyik asir ortidan katl uchun xozirlab ko‘yilgan makonga yetib kelgach, Sayid ibn Omir al-Jumaxiy uzun komatini cho‘zib, katlgoxda turgan Xubaybga nazar soldi va xotin-xalajning kiy-chuvi ostida uning xotarjam, jarangdor tovushini eshitdi:
— Agar lozim topsangiz. o‘limim oldidan ikki rakaat namoz o‘kib olishimga ruxsat bering.
Sayid asirga bokdi. U Ka’ba tarafga yuzlanib, o‘limidan oldinga so‘ngga tilagi — namozni ado kilardi. Nakadar go‘zal ibodat edi bu ikki rakaat namoz!
Xubaybilanamozni tugatgach, kavm oksokollariga karata:
— Xudo xakki, agar meni o‘limdan ko‘rkkanidan sustkashtlik kilyapti, deb o‘ylamaganingazda edi, namozimni
yana bir oz cho‘zgan bo‘lardim, — dedi,
So‘ng jalloddar uni musla (tirik inson yoki xayvon-ning a’zolarini kesib olish) kilishga kirishishdi. Jasadidan ketma-ket go‘sht bo‘laklarini uzib olisharkan, so‘ra-shardi:
— Xoynaxoy, xozir o‘zing najot topib ketsang-u, lekin «mening o‘rnimda Muhammad bo‘lsa edi», deb turgandirsan?!
U esa kip-kizil konga belangancha javob berardi: — Xudo xakki, men bola-chakam bilan tinch-omon bo‘lsamu buning evaziga Muhammadga bitta zirapcha kirsa — aslo rozi bo‘lmasdim…
Odamlar ko‘llarini xavoda siltay boshlashdi. Chor atrofni: «Uni o‘ldiringlar, uni o‘ldiringlar», degan ovoz tutib ketdi.
Shuidan so‘ng Sayid ibn Omir Xubaybning samoga tikilgancha, duoyibad kilayotganiii ko‘rdi.
— Parvardigoro, ularning adadini xisoblab ko‘y, barchilarini xalok kil, birontasini ham jazosiz koldirma.
Shu so‘zlarni aytashi bilan uning badaniga sanoksiz kilich-nayzalarning tish sanchildi va so‘nggi nafasi uzildi.
Qurayshliklar Makkaga kaytgach, turmush ikir-chikirlari bilan chalgib, oz fursatdayok bo‘lib o‘tgan katlni unutib yuborshadi.
Birok yosh yigit Sayid ibn Omir al-Jumaxiy Xubaybni bir laxza ham yodidan chikara olmadi. Uxlasa tushida, uygokligida xayolan ko‘rar, katlgoxdagi mutlak xotirjamlik va mislsiz xuzur bilan namoz o‘kiyotgan xolati ko‘z o‘ngida gavdalanar, kulogi ostida Quraysh kabilasi xakiga kilgan duoyibadi yangrar, buning kasridan yashin urib ketishi yoki osmondan tosh yogilishidan ko‘rkardi.
Bundan tashkari, Xubayb Sayidga ilgari bilmagan narsasidan sabok bergandek edi go‘yo.
Xakikiy xayot sof akida va bu akidaning yo‘lida to o‘lgun cha kurashmokdan iborat ekan.
Pokiza iymon soxibi ajoyib ishlarni kilib, mo‘jizalar ko‘rsatshiga kodir ekan.
Xubayb yana bir narsani — asxoblari jonidan ham ortik ko‘ruvchi kishi Alloh tarafidan aziz kilingan xak paygambar ekanligini bildirdi.
Bunda Alloh taolo Sayid ibn Omirning kalbiga xidoyat soldi, U odamlar to‘planadigan joyga borib, o‘zinint qurayshiliklar ruju ko‘ygan gunoxu ma’siyatlardan bezorligini, butu sanamlardan voz kechganini hamda Alloh taoloning diniga kirganini e’lon kildi.
Sayid ibn Omir Madinaga hijrat kilib, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan birgalikda Xaybar va undan keyingi gazotlarda ishtirok etdi.
Paygambar alayhissalom, robbisini rozi kilgan xolda, dorulbakoga rixlat kilganlaridan so‘ng u kishining xalifalari Abu Bakr va Umar roziallohu anhmolarning ko‘lida, xar damda kurashga shay, yachangochlangai kilich bo‘lib koldi. Oxiratni dunyo evaziga sotib olgan, Allohning roziliga va savobini nafsiniig ragbatlaridan, jasadining shahvatlaridan ustun ko‘ygan mo‘minlarga xos benazir xayot kechirdi.
Rasululloh sallollohu alayhi vassalamning xar ikki xalifasi Sayid ibn Omirning to‘gri- so‘zligini, takvosini bilishardi, binobarin, uning nasixatlariga kulok tutib, xar bir so‘zini e’tiborga olishrdi.
Umar ibn Xatyub endigina xalifa bo‘ltan kezlarida Sayid ibn Omir u kishining xuzuriga kirib keldi va dedi:
— Ey Umar, men seni odamlarning xaklarida Allohdan ko‘rkishga, Allohning xakkida esa insonlardan ko‘rkmaslikka chakiraman. So‘zing amalingga xilof kelmasin, chunki so‘zlarning eng yaxshisi amal bilan tasdiklanganidir.
Ey Umar, Alloh seni viloyatingdagi xar bir musulmon uchun ma’sul kildi. O’zingga va bola-chakangga ravo ko‘rgan narsalarni ularga ham ravo ko‘r, yomon ko‘rgan narsalaringdan ularni ham asra. Xak yo‘l uzra suv kelsa simir, tog kelsa kemir va Allohning dinida malomatgo‘ylarning gap-so‘zlaridan xayikma.
Xazrati Umar aytdi:
— Kim ham buni eplay olardi?!
Sayid javob berdi:
— Alloh bilan o‘rtasida xech kim turmagan, Muhammad
alayhissalomning ummatiga voliy bo‘lgan senday kishi eplay oladi.
Shunda Umar ibn Xattob Sayidga vazirlikni taklif kildi.
— Ey Sayid, biz seni Xims ahliga voliy kilib tayinlaymiz.
U kishi aytdi:
— Ey Umar, azbaroi xudo, meni dunyoga ro‘baro‘ kilib, fitnalarga duchor etma.
Xazrata Umarning achchiga chikdi:
~ Senlarni kara-yu, bu ishni yolgiz mening gardanimga yuktab, o‘zlaring tumtarakay kochmokchimisanlar?! Xudo xakki, men seni bo‘shatmayman, — dedi va uni Ximsga voliylik lavozimiga tayinladi.
— Senga maosh ajrataylikmi?
— Uni nima kilaman? Baytul-moldan oladigan ulushimning o‘zi yetib ortadi, — dedi Sayid.
Ertasiga u Ximsga jo‘nab ketdi.
Bir necha kun o‘tgandan so‘ng amirul mo‘‘mininning xuzuriga Xims ahliniig ishonchli kishilari vakil bulib kelishdi. Xazrati Umar nafaka belgilash uchun-u yerdagi fakirlarning nomlarini yozib berishni amr kildi. Ro‘yxat ko‘liga tekkach, o‘kiy boshladi: «Falonchi, falonchi, Sayid ibn
Omir…»
Shu yerda to‘xtab; so‘radi: «Sayid ibn Omir deganingiz kim?»
Vakillar «amirimiz», deb javob berishdi.
— Amiringiz fakirmi?
— Xa, xatto o‘chogada surunkasiga bir necha kun olov yokilmaydi.
Xazrati Umar buni eshitib, ko‘ngli buzilib yigladi, xatto sokollari xo‘l bo‘lib ketdi. So‘ng ming dinorni bir hamyonga tugab, vakillarga berdi va:
— Amiringizga mening nomimdan salom ayting. Amirul mo‘minin buni sizga berib yubordi, barcha xojatlaringizni ravon kilib olarkansiz, denglar, — deya kattik tayinladi.
Vakillar yurtlarnga kaytgach, hamyonni Sayidga topshirdilar. U esa dinorlarga ko‘zi tushishi bilan hamyonni irgitib yubordi va: «Inna lillaxi va inna ilayxi rojeun» («Biz Allohning bandalarimiz va, albatga, u zotning xuzuriga kaytib borajakmiz». Musibatgaa yo‘likkanda o‘kiladigan duo). deb ko‘ydi. Buni eshigan xotini rangi o‘chgancha, uyidan chika solib:
— Kanday musibat yuz berdi, ey Sayid? Amirul mo‘‘minin vafoi kildilarmi? — deb so‘radi.
— Yo‘k, bundan ham yomonrok kulfat, — javob berdi eri.
— Musulmonlar bironta jangda maglub bo‘ldilarmi?
— Yo‘k, bundan ham kattarok musibat ro‘y berdi.
— Bundan katta musibat bo‘lishi mumkinmi? Nima ekan u?
— Oxiratimni barbod kilish uchun xayotimga dunyo o‘rmalab kirdi, Uyimga fitna oraladi.
— U xolda kutuling undan.
Ayol dinor vokeasidan bexabar edi.
— Bu ishda menga yordam berasanmi? — deb so‘radi Sayid. Tasdik javobini olgach, dinorlarni bir necha hamyonga bo‘lib, musulmonlar orasidagi fakirlarga ulashib berdi.
* * *
Bu xodisadan ko‘p o‘tmay xazrati Umar, o‘zining odatiga ko‘ra, Shom diyoriga raiyat xolidan xabar olgani bordi.
Ximsning yana bir nomi «Ko‘facha» edi. Sababi uning axolisi ham ko‘faliklar singari voliy va rahbarlari ustidan ko‘p shikoyat kilishardi. Xazrati Umar ximsliklar bilan uchrashib, amirlari to‘grisida fikrlarini so‘raganida arz-dod kilishib, unga bir-biridan ogir to‘rtta aybni takashdi.
Umar roziallohi anh xikoya kiladi:
— Men ularni bir joyga to‘pladim. Ichimda Sayid xakidaga fikrimni o‘zgartirmaslikni so‘rab, Allohga duo kiuvdim. Chunki Sayidga kattik ishonar edim.
Ximsliklar jamlangach:
— Amiringiz xususida kanday shikoyatingiz bor? — deb so‘radim.
— Bizning oldimizga tong otib, kuyosh ancha ko‘tarilib ketgandan keyingiia chikib keladi,- deyshidi ular.
— Bunga nima deysan, ey Sayid? — dedim. U bir oz sukut saklab, so‘ng gap boshladi.
— Xudo xakki, men buni aytishnii o‘zisha ep ko‘rmagan edim, lekin boshka ilojim yo‘k ekan. Mening xonadonimda xizmtkorim yo‘k. Shuning uchun xar kuni ertalab o‘zim hamir koramyan. Birpas kutaman. Ko‘pchigach, non yasab, yopaman. Uvdan so‘ng taxorat kilib, odamlarning oldiga chikaman.
Ximsliklardan: «Yana kanday shikoyatlaringiz bor?» — deb so‘radim. Ular: «Bu kishi tunda birontamizni ham kabul kil-maydi», deyishdi.
— Bunisiga nima deb javob berasan, ey Sayid? — dedim.
— Men buni ham oshkor kilishni, xudo xakki, aslo xoxlamagan edim. Kunduzi odamlarning xizmatida bo‘lib, tunni Allohning xizmatiga bagishlayman, — dedi u.
Ximsliklar Sayidni xar oyda bir kun vazifasini o‘tash-likka chikmaslikda ayblashdi. Men undan nega bunday kilishini so‘radim. U javob berdi:
— Mening mana shu ustimdagidan boshka libosim yo‘k. Xar oyda bir marta kiyimlarimni yuvaman. Kurigunicha kutib, kunning oxirida ishga chikaman.
Men ximsliklardan so‘radim:
— Yana kanaka shikoyatingaz bor?
— Ba’zan biz bilan suxbatlashib o‘tirgan joyida xushini yo‘kotib, o‘zidan ketib koladi, — deyishdi ular.
— Buning sababi nima? — so‘radim men.
Sayid aytdi:
— Men mushriklik paytimda Xubayb ibn Adiyning katl etilishini ko‘rganman. O’shanda qurayshliklar uning jasadini nimtalay turib: «Xoynaxoy, kaniydi, Muhammad menging o‘rnimda bo‘lsaydi, deb turgandirsan», deyishgan edi. U esa: «Xudo xakki, men uyimda bola-chakam bilan tinch-xotirjam bo‘lib, buning evaziga Muhammadga bitta zirapcha kirishiga ham rozi emasman», deb javob berdi. Men shu vokeani eslasam, yordamga kodir bo‘la turib, kimir etmaganim yodimga tushadi. Bu gunoximni Alloh kechirmasa kerak, deb
o‘ylab, ko‘rkkanimdan xushimdan ketib kolaman.
Shunda xazrati Umar Sayid xakidagi fikrini o‘zgartir-magani uchun Allohga hamd aytdi. Va barcha xojatlarini bit-kazib olishi uchun uning uyiga ming dinor jo‘natdi. Buni ko‘rgan xotini xursand bo‘lib:
— Xudoga shukrki, xalifa ogiringizni yengil kildi. Bu pulga ul-bul sotib olsangaz ham, xodim yollasangiz ham bo‘ladi, — dedi.
— Men senga yaxshirok yo‘lni ko‘rsataymi? — so‘radi Sayid. — Biz ko‘prok shuni kilishga muxtojmiz.
— Nimani nazarda tugyapsiz?
— Pulning hamasini Allohga karzga beramiz.
— Xo‘p bo‘ladi, Alloh sizdan rozi bo‘lsin, — dedi ayol. Ular shu yerning o‘zidayok dinorlarni, avvalgi safargiday, bir kancha hamyonga taksimladilar-da, beva-bechora, yetim-esir, miskinu fakirlarga tarkatdilar.
uzor
“YIRTIQ KIYIM OSTIDAGI BUYUKLIK”
Aytingchi, qay birimiz bu ism bilan tanish, yoki qay birimiz ilgari bu haqida eshitganmiz?
 Shubhasiz ko‘pchiligimiz, ehtimol hammamiz ham bu ism haqida hech narsa bilmasligimiz mumkin. Go‘yoki men ham sizlar bilan birgalikda bu insonni o‘rganib turib, bir-birimizga:
 “Sayid ibn Omir kim o‘zi?”- deb savol qilayotgandaymiz.
 Albatta biroz o‘tib bu zot kim ekanligini bilib olamiz…
 Garchi uning ismi boshqa ulug‘ ashobi ikromlarning ismlariga o‘xshab jarangdor va hammaga tanish bo‘lmasada, u Rosul Akrom sallallohu alayhi vassalomning ulug‘ sahobiylardan biri bo‘lgan edi. U buyuk taqvodorlarning biri hisoblanadi … Barcha sahobiylar kabi u ham Payg‘ambar alayhis salom dan biror bir g‘azot yoki marosimda ajralmas edi. Axir mo‘min kishi uchun, na urush va tinchlik davrida Rosululllohdan ortda qolish durust emasku. Sayid Xaybar fatxidan avval iymon keltirdi. Islomning quchog‘iga kirib, Payg‘ambar sallallohu alayhi vassalomga bay’at berganidan boshlab, butun hayoti, vujudi va takdirini shu yo‘lga bag‘ishladi .
 Toat, zuxd, oliyjanoblik, tavozu’, taqvo va boshqa buyuk fazilatlarning barchasi, mana shu pokiza va go‘zal insonda topilar edi. Qachonki bu insonning buyuk jihatlarini ko‘rishga intilganimizda, bizdan chuqur taffakur talab etiladi .
 Olomon ichida ko‘zimiz Sayidga tushsa, boshqalardan hech alohida xususiyatlarga ega emasligini ko‘ramiz. Sochlari to‘zigan. Na kiyimida, na tashqi ko‘rinishida, uni faqir musulmonlardan ajratadigan sifatlari yo‘qligini bilamiz .
 Agarda biz kiymini va tashqi ko‘rinishiga e’tibor qilib, u insonning haqiqatini bilmoqchi bo‘lsak, hech narsani payqay olmaymiz. Negaki bu zotning buyukligi aslida uning tashqi ko‘rinishida emas edi. Uning ulug‘ligi oddiy va soddaligi ostida yashirinardi. Huddi chig‘anoq o‘z ichiga duru-gavharni yashirib olganini bilasizmi? U inson xuddi shu kabi edi .
 Mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob r.a. Muoviyani Shom viloyati hokimligidan ozod etgach, uning o‘rniga kimni tayin qilishni hayol qilib, yon-atrofiga nazar tashladi. Umar r.a ning hokim va voliy tayinlash uslubi, g‘oyatda chuqur ehtiyotlikni va daqiqlikni o‘zida mujassamlantirardi. Sababi uzoq viloyatdagi u tayin etgan hokim biror-bir xato yoki gunoh qilsa, tez kunda Alloh Ta’lo bu xususda ikki kishidan, ya’ni eng avvalo Umar r.a dan, so‘ngra xato egasi bo‘lgan voliydan so‘rashiga iymon keltirgan edi. Shom o‘sha kunlarda eng kata shaharlardan biri bo‘lib, Islom kelmasidan ilgari asrlar davomida bir-biriga mos keladigan turli madaniyatlar ichida yashagan edi. Shu bilan birgalikda Shom tijorat markazi va ne’matlar diyori ham bo‘lgandi. Shuning uchun bu diyorda inson dunyoga muxabbat qo‘yib, tezda maftun bo‘lishi mumkin edi. Umarning fikricha bu diyorga shaytoniy xirs va hoyu-havasdan o‘zini olib qochadigan zohid, Allohga ko‘p ibodat qiluvchi va ko‘p tavba aytuvchi pokiza insongina rahbarlik qilishga haqli edi .
 Umar anchagina fikrlab, hayol surgach, birdan:
 “Topdim .. Mening oldimga Sayid ibn Omirni chorlang» — deb qichqirib yubordi. Birozdan so‘ng mo‘minlar amirining huzuriga Sayid ibn Omir yetib kelgach,Umar r.a unga Xims shahrining hokimligini topshirmoqchi ekanligini bildirdi. Biroq Sayid uzr so‘rab dedi:
 «Ya amiral mo‘minin, meni fitnaga solmagin»
Umar dedi:
 “Allohga qasam, seni tinch qo‘ymayman. Xalifalikni va butun mas’ulyatni meni zimmamga yuklab, o‘zlaring chetga qochyapsizlarmi?»
Umar r.a ning bu ta’sirchan so‘zlarini eshitgan zahotiyoq, Sayid rozi bo‘ldi .Albatta chindan ham xalifalik va omonatlarni Umarning ustiga yuklab, so‘ngra yolg‘iz o‘zini tashlab qo‘yish adolatdan emasdi. Agar hokimlik mas’uliyatidan Sayid ibn Omir kabi insonlar bosh tortsalar Umar r.a. bunday qiyin ishlarni kimning yordamida hal eta oladi?.
 Shunday qilib Sayid “Xims” shahri tomon yo‘l oldi. U bilan birga endigina uylangan jufti haloli ham yo‘lga chiqdi. Uning ayoli nihoyat darajada go‘zal edi. Umar r.a. ularga bir qancha mol-mulk va zeb-ziynatni hadya etdi. Sayid bilan ahli ayoli Ximsga kelib o‘rnashib olgach, ayoli Umar r.a. ularning ikkovlariga hadya qilgan mol-mulkdan o‘z ulushini talab qila boshladi. Bu pullarga u kiyim-bosh, asbob-anjom va uy jihozlarini sotib olib, qolgan mablag‘larni esa saqlab qo‘yishini bildirdi.Sayid ayoliga dedi:
 “Senga bundan ham yaxshiroq narsani aytaymi?…Biz tijorati foyda keltiradigan, bozorlari gavjum shaharda yashayapmiz. Kel, mana bu mol-mulkni biz uchun tijorat qilib, uni ko‘paytirib beradigan insonlarga beraylik.”
Ayoli dedi:
 “Bordi-yu uning tijorati kasodga uchrasa-chi?”
Sayid:
 “Biz undan kafolat talab qilamiz”-dedi.
Ayoli xursand bo‘lib dedi:
 “Unday bo‘lsa.juda soz”.
 Sayid ko‘chaga chiqib, o‘zining faqir hayoti uchun lozim bo‘lgan ba’zi zaruratlarni sotib olgach, qolgan mablag‘ va mol-mulkni faqir va muhtojlarga tarqatib yubordi. Oradan bir qancha kunlar o‘tdi…Vaqti-vaqti bilan Sayidning ayoli eridan tijoratlari xususida va foydalari qay darajaga yetganligi haqida so‘rab turardi.
Sayid esa unga javoban:
 “Darxaqiqat bu foydali tijorat ekan. Undan kelayotgan foyda kun-sayin o‘sib, ko‘payib bormoqda” — der edi.
Bir kuni ayoli mana shu savolni bu voqeadan xabardor, o‘zlari uchun yaqin bo‘lgan kishining yonida so‘radi. Haligi kishi avvaliga tabassum qilib, so‘ngra Sayidning ayolini qalbiga shak va gumon soluvchi qattiq kulgi bilan kulib yubordi. Buni ko‘rgan ayol boyagi kishidan nima bo‘layotganini tushuntirib berishini talab qildi. U kishi Sayidning ayoliga:
«Turmush o‘rtog‘ing barcha mollarni o‘sha kuniyoq sadaqa qilib yuborgan” — dedi.
Birdan Sayidning zavjasi yig‘lab yubordi. U o‘sha moldan foydalanmay, o‘zi hohlagan narsani sotib olmasdan va hamda mol-davlatdan biror chaqa ham olib qolmaganidan qattiq afsus cheka boshladi. Sayid unga nazar solsa, afsus chekib ko‘zidan oqayotgan ko‘z yoshlari uning husni-jamolini yanada ziyoda qilgandi. Nafsida zaiflikni topib, fitnalanib qolmasdan ilgari hayolini jannat tarafga burib, u yerda o‘zidan ilgari o‘tgan birodarlarini ko‘rib dedi:
 «Darhaqiqat, Allohga mendan ilgari yetishgan do‘stlarim bor…Garchi qo‘limda dunyo va undagi tamomiy narsalar bo‘lsada. Ular tutgan yo‘ldan qilcha ham chetga chiqishni suymayman…!
Sayid ahli ayoli o‘zining go‘zalligini unga ro‘kach qilmoqchiligini payqab, yana dedi:
 «Albatta, sen bilsan-ki, jannatda huru-ayn va go‘zal yaxshiliklar bor. Bordiyu o‘sha hurlarning biri yer yuzida paydo bo‘lib qolsa, butun yer yuzi nurga to‘lib ketardi. Ularning nuri quyosh va oyning birgalikda bo‘lgan nuridan ham ustunroqdir… Menga ular tufayli sendan voz kechish, sen tufayli ulardan voz kechishdan ko‘ra yaxshiroqdir».
Sayid so‘zining oxirini jilmayib, xotirjam va boshlagani kabi sekingina tugatdi. Ahli ayoli tinchlanib, Sayid tutgan yo‘ldan yurib zuhdi va taqvoda unga taqlid qilishdan afzalroq yo‘l yo‘qligini tushunib yetdi.
O‘sha kunlarda Xims shahri “Ikkinchi Ko‘fa «deb vasf qilinardi. Buning sababi, u yerning aholisi hokimlaridan norozi bo‘lib, ular bilan juda ko‘p ixtilof qilishlarida edi. Ko‘fa Iroqdagi eng ko‘p noroziliklarning makoni bo‘lsa, Shomda Xims shahri ham unga o‘xshash edi.Yuqorida aytganimiz Xims ahli noroziliklarga muhabbat berishganiga qaramay, Alloh Taolo ularning qalblarini o‘zining solih bandasi Sayid ibn Omir tarafiga burib qo‘ydi. Natijada ular Sayidni sevib unga itoat qila boshladilar. Bir kuni Umar r.a. Sayiddan so‘radi:
 «Shom ahli seni suyyaptimi?»
Sayid shunday javob qildi:
 “Ha. Chunki men ularga ko‘makdosh va hamdardman”
Ammo Xims ahlining Sayidga nisbatan bo‘lgan muhabbati har qancha bo‘lmasin, u ba’zi norozilik va shikoyatlardan qutila olmadi…Hech bo‘lmaganda Xims ahli Iroqning Ko‘fa shahriga munosib «raqib» ekanligini isbot qilishi kerakku?
 Bir kuni mo‘‘minlar amiri Umar r.a. Ximsni ziyorat qilish uchun keldi. Odamlarni to‘plab, ulardan so‘radi:
 «Hokimingiz Sayid haqida nima deya olasiz!?»
Ba’zi odamlar turib undan shikoyat qila boshladilar. Umar r.a. shikoyat qilayotganlardan Sayidning kamchiliklarini birma-bir sanab berishlarini talab qildi. Bir kishi o‘rnidan turib, butun jamoat nomidan so‘zlay boshladi.U:
«Biz Sayiddan uch narsa xususida shikoyat qilamiz:
 Birinchidan, u to choshgohgacha huzurimizga chiqmaydi.
 Ikkinchidan, u biror kishiga tunda javob bermaydi.
 Uchinchidan,bir oyda ikki kun bizning yonimizga chiqmaydi va biz uni ko‘rmaymiz.
 To‘rtinchidan, uning uchun bunda hech qanday hiyla bo‘lmasa-da, biroq bizga noqulayliklarni paydo qiladi. Bu hol uning vaqti-vaqti bilan yiqilib hushidan ketishidir” — deb joyiga o‘tirdi.
Umar r.a. uzoq muddat sukut saqlab, so‘ngra Allohga pichirlab duo qila ketdi.:
 “Allohim men uni sening eng yaxshi bandalaringdan deb bilaman…Ey Allohim mening u haqidagi gumonimni o‘zgartirmagin.”
Umar r.a. o‘zini oqlash uchun Sayidga so‘z berdi. Sayid esa bu shikoyatlarga javoban dedi:
«To choshgohgacha bizning huzurimizga chiqmaydi «- degan so‘zlariga kelsak. Allohga qasamki, uning sababini aytishni xush ko‘rmasam-da aytishga majburman. Mening ahli ayolimni xizmatchisi yo‘q, shuning uchun men o‘zim xamir qorib, so‘ngra uni oshirib, non pishirgach, Zuho namoziga tahorat olib, keyin ularning qoshiga chiqaman”.
Umarning yuzi charaqlab ketib, dedi:
 “Alhamdulillah…ikkinchisichi?”
Sayid so‘zini davom ettirdi:
 “Tunda birontanmizga javob bermaydi” — degan so‘zlariga kelsak,buning sababini aytishni xush ko‘rmasamda, aytishga majburman. Men kunduzni ular uchun, tunni esa robbim uchun ajratganman”.
 “Bir oyda ikki kun bizning qoshimizga chiqmaydi” — degan so‘zlariga kelsak, mening kiyimimni yuvadigan xodimim ham, almashtirib kiyishim uchun boshqa kiyimim ham yo‘q. Bas, men o‘zim kiyimimni yuvib, to quriguncha kutaman. So‘ngra kunning oxirida ularning huzuriga chiqaman.”
 “Vaqti-vaqti bilan hushimdan ketib yiqilib qolishimga kelsak, Xubayb al Ansoriyning Makkada qanday o‘lim topayotganligining guvohi bo‘lgan edim. Quraysh mushriklari uni xurmo shoxlariga bog‘lagach, tanasini birma-bir kesib dedilar:
«Muhammad sening o‘rningda bo‘lib, sen esa sog‘-omon bo‘lishni istarmiding?”
U mushriklarga javoban:
“Allohga qasam, dunyoning ofiyati va ne’matlari men bilan bo‘lib,o‘zim ahlim va farzandlarim orasida sog‘-omon bo‘la turib, Rosululloh sallallohu alayhi vassalom bir tikan bilan azoblanishlarini ham hohlamayman” – dedi.
Har qachon mana shu o‘zim guvohi bo‘lgan voqeani eslasam, men ham mushriklardan bo‘la turib, Hubaybga o‘sha kunda yordam bermaganim tufayli, ichimdan azoblanib, meni titroq bosadi va hushimdan ketib qolaman”
Pokiza ko‘z yoshlari bilan lablari ho‘llangan holda Sayid so‘zini nihoyasiga yetkazdi. Umar r.a. xursandlik va shodlikning ziyodaligidan o‘zini boshqara olmay qichqirib yubordi:
 «Sayid haqidagi gumonimni o‘zgartirmagan Alloh Ta’loga hamdu-sanolar bo‘lsin»! So‘ngra Umar Sayidni mahkam quchoqlab, nurli peshonasidan o‘pib qo‘ydi.
 Bu insonlar Allohning hidoyatidan qanday ham ulkan ulush ola bilishgan?
Rosululloh sallallohu alayhi vassalom qanday ham ulug‘ murabbiy va ustoz ekanlar?
Allohning kitobi qanday porloq nur ekan?
Islom dini qanday buyuk madrasa ekan?
Zamin bu kabi insonlarning juda ham ko‘pchiligini o‘z bag‘rida ko‘tarib yurishga qodirmi? Agarda shunday bo‘lganida bu yer yuzi emas, balki Firdavs jannatiga aylanib qolgan bo‘lar edi… Ha, va’da qilingan jannatga aylanib qolgan bo‘lardi. Biroq Firdavsning vaqti hali yetib kelmagan. Bu hayotga kelib, yer yuzida yashab o‘tadigan ulug‘ va buyuk insonlar doimo ozchilikni tashkil qiladilar. Said ibn Omir esa o‘sha insonlar sirasidandir. Amalining va vazifasining yuksakligiga ko‘ra, uning maoshi juda ko‘p edi. Lekin u mana shu mablag‘lardan o‘zi va ahliga kifoya qiladigan miqdorini olib, qolganini faqir xonadonlarga tarqatardi. Bir kuni unga:
 “Mana bu ortiqcha mablag‘ni olib ahling va yaqinlaringga sarf qil”- deyildi. U esa:
«Nima uchun ahlim va yaqinlarimga? Yo‘q, Allohga qasam, men Allohning roziligini qarindoshlarim orqali sotib olguvchi emasman” — deb javob berdi.
Ko‘pincha unga:
 “O‘zing va ahli oilangga ko‘proq harajat qilib, hayotning yaxshiliklaridan foydalangin” — deyilsa, u rad javobini berib, doim mana bu buyuk kalimalarni qaytarar edi:
 “Men sira ham Islomga avvalda kirgan insonlardan ortda qolmayman, chunki Rosululloh sallallohu alayhi vassalom dan:
«Alloh Ta’lo insonlarni hisob-kitob uchun to‘playdi. Faqir mo‘minlar xuddi kaptardek tez uchib keladilar. Ularga:»Hisob-kitob uchun to‘xtanglar”- deyilsa, ular:»Bizlarda hech narsa yo‘qki unga ko‘ra hisob qilinsak” –deyishadi… Alloh ta’lo aytadi:»Bandalarim rost so‘zladilar” .Bas ular barcha insonlardan avval jannatga kiradilar” — deganlarini eshitganman».
 Sayid ibn Omir yigirmanchi xijriy sanada sahifalarini poklagan, qalbini taqvoga to‘ldirgan va siyratini gullab-yashnatgan holda robbisiga yo‘liqdi. Avvalgi peshqadam musulmonlar guruhiga yetishish uchun uning shavqi nihoyatda cheksiz edi. O‘z ahdini himoya qilib, ularga yetishishlik uchun hayotini nazr qildi.
 Ha…Uning ustozi va murabbiysi bo‘lmish Rosululloh sallallohu alayhi vassalom ga va u zotning pok do‘stlariga yetishishga bo‘lgan shavqi cheksiz edi.
 Bugungi kunda yuki yengil, nafsi xotirjam, ko‘zlari quvongan holda ularga yo‘liqib turibdi. Na u bilan birga, va na uning ortida dunyo yuk va matolari yo‘qki, uning yelkasini og‘ir qilsa. Faqatgina u bilan zuhdi-taqvosi, nafsining va tanlagan yo‘lining buyukligi bor edi xolos.
  Go‘zal fazilatlar mezonni og‘ir qiladi, oxirat yukini emas!
 Dunyoni g‘urur emas, balki Sayid ibn Omirning mana shu fazilatlari titratdi.
 Sayid ibn Omirga salomlar bo‘lsin.
 Unga hayoti va oxiratida salomlar bo‘lsin.
 Uning siyrati va xotiralariga salomlar bo‘lsin.
 Rosululloh sallallohu alayhi vassalom ashoblari bo‘lmish ulug‘ insonlarga salomlar bo‘lsin.
Rijolun havlar-rasul| Hadis.islom.uz

Said ibn Omir al-Jumahiy