Spitamen haqida
Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qo‘shin yuborgan.Lekin Spitamen vaziyatga to‘g‘ri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini bo‘shatib, massagetlar bilan qo‘shilish uchun chekinadi. Spitamen o‘ziga qo‘shilgan 600 massaget otliqlari bilan cho‘lga yaqin sayxonlikda o‘rnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, o‘zi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga o‘q yomg‘iri yog‘diradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek bo‘lsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qo‘shinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan ko‘pi o‘lgan, yarador bo‘lgan.Makedon qo‘shini ko‘p talafot bergach, to‘rtburchak bo‘lib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi o‘rtasida joylashgan oroldagi to‘qayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qo‘ymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshlig‘idan beruxsat daryoni kechib o‘ta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan o‘tganlarni o‘ldirib, o‘tishga harakat qilayotganlarni esa kamondan o‘qqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi bo‘lgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qo‘ygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari o‘ldiriladi, bor-yo‘g‘i 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari betma-bet jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik mag‘lubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi o‘zi otlanadi, Spitamen atayin cho‘lga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga o‘t qo‘yib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi.Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning ko‘chmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor bo‘lgach, ularga qarshi qo‘shin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan to‘satdan Baqtriyada paydo bo‘lib, Aleksandr qo‘shiniga hujum qilgan. Biroq jangda mag‘lub bo‘lgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan cho‘lga yashirinadi. Aleksandrning o‘ch olishidan qo‘rqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Qo‘zg‘olon rahbari halok bo‘lishiga qaramay, xalq harakati yana bir yil davom etgan. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug’ilgan.
Spitamen haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Spitamen (qad. fors tili. Spitamana, qad. yunon tili. Σπιταμένη, miloddan avvalgi370-328-yillar), sug’dlar sarkardasi. Spitamen miloddan avvalgi 329–328-yillarda Sug‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari.Spitamen(yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sug’diyonada Vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (Spitamen qoʻzg’oloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanning yozishicha, Spitamenning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab Doro III ning , soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng , yunon-makedon istilochilariga qarshi 3 yil davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arrianning yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget qabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib Spitamenni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. Spitamenning qizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. Spitamenning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning «Qoʻrgʻon uzra olovlar», Ya. Ilyosovning «Sugʻdiyona», M. Qoriyevning «Sugʻd qoploni» romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.
Spitamen haqida