Ota-onalarimiz haqida she’rlar
Kamalakka aylanar yo’lim Manzilim qay kimning yuragi, Garchi qadah tuta boshladim, Ketmon emas qalamim ila Ketganim yo’q qishloqdan to’yib, Faqat meni o’ylab g’am ema Men sizni o’ylayman shomu saharda, Men siz aytgandayin hammani sevdim, Boshimdan o’tgani ko’kka ham ayon, Mana, ketayapman tosh yo’lda ko’zim, Va sizni o’ylayman shomu saharda, Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Menga juda o’xshaydi, ona, Ona, uni to’kma, iltimos? Garchi bisotingda «bayram» so’zi yo’q, Deysan: olislarda omon yursang bas, Sha’ningga she’r bitdim. U seni topsin, Muhammad Yusuf
Garchi biz yosh, g’o’r edik, Tirik yursa volidang Onasiz uy — oysiz tun O’zing uchun o’l yetim! Ko’ngil o’zin tutingan Yo’qligingiz qadamda Uy to’rida tolbeshik — Yashayapman sharpadek Muhammad Yusuf
Dunyolari bevafo xilqat ekan, O’ksimagin jon o’g’lim,polvon o’g’lim Ko’zim oqu-qorasi sensan bilsang Mayli men ne bo’lsam ham omon bo’l sen! O’ksimagin jon o’g’lim,arslon o’g’lim, Onang ketsa savlatlaring ketgaydir, Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday, Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring, Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u, Boshingga ish tushganida sinab ko‘r, Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring, Guljamol Asqarova
Sharqona tashbehni olsam gar yodga, Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin Non,degan farzandning dardli xitobi Taxti Sulaymonddan balanddir beshak Men ko’kka termulib kutmasman madad Abdulla Oripov
Hojar onamizning nidosi sabab Qavmimni ranjitib qo’ymayin,ammo Sho’rlik odamzodning tolei uchun Ka’ba qopqasida turgan,ey posbon, Rasul javob qildi:-Tingla birodar, Shu hikmat sharhini o’yladim uzoq- Abdulla Oripov
Shoir qizim deysiz, sho’h qizim deysiz, Orzularim ro’yob duo qilsangiz, Onajonim mening, oftobim mening, Nafosat Sodiqova
Yusingiz sahnida yashirin yillar, Nafosat Sodiqova
Erta-indin yelar izg’irin, Mastu alast, beg’am do’sti yor, Derazaga ho’l bag’rin bosib, Usmon Azim
Bir mehring olamni to’ldirib turar, Kitobni ushlatib, maktabga eltding, Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading, Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim, Bek, 20.12.2005
Bu erlarda yuribman, nimalar izlab?! Sinamoqchi bo’lib sabr, bardoshimni. Goh sevinch, goh g’amdan to’ksa yoshimni, Sizni axtaraman, onajon. Nuroniy keksalar davrasin ko’rsam, Yurakda bir armon dardini tuysam, Bafurja kimgadir gapirmoq bo’lsam, Sizni axtaraman, onajon…
Behuda kechirdim kunni, Keldimu kechdim bilmadim, Xayrim, sharrim yoziladur, Ketnb, ketib turolmasang, Ishonganim qani o‘zing, Miskin Yunus ketdi sarson, Yunus Emroning she’rlari judayam mazmunli va ta’sirli ekan. Sizlarga ham tavsiya qilardim…
Topmoq — yo‘qotmoqdir, Sog‘inaman va bu sog‘inchdan Kimdir ko‘nglim ko‘tarmoq bo‘lib, Ko‘zlarimga ishora etib — Kayga boqmay seni ko‘raman, Abdukarim Jumaboyev
«Bir pasgina yonimda o‘tir, -Bu gal, -derdim yuragim toshib, Topganini tuguncha qilib, Bazmlarga topar edim vaqt, Siz tog‘imni cho‘ktirib qo‘yib, Majnuntolday egdirib Sizni, Chaqqon edim, roziydi mendan, Kechiksam, ish kechirmas edi, Sha’n davralar ketdilar tarqab, Shunday g‘amlar bo‘lar ekanki, Qabringizga chopaman bot-bot, Xosiyat Bobomurodova
Ota-onalarimiz haqida she’rlar
DO`STLARGA ULASHING:
Ota meni o’ylab g’am ema,
Ko’nglim kuhna ovchining saydi
Meni bandi aylagan kema ,
Haliveri to’xtash bilmaydi
Goho g’amnok gohida sho’xman,
qaytishimni o’ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o’qman
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo’rqma mening sinmas kuragim
Qo’rqma mening o’ylarim halol.
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo’r deyolmas hechkim
Oshiqlari berib qo’ygan tan.
Kiprigimga ilaman erni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo’yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..
Guldirakman ko’ngling bo’lsin to’q
Ota bo’lsang bilasan dema ,
Ota bo’lib ko’rganimcha yo’q
**Onamga hat**
Ona, sog’insam ham bora olmayman,
Tunlari charog’on shunday shaharda,
Hech kimga ko’nglimni yora olmayman.
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O’z do’stim uyiga ko’mildi sevgim,
Kun bo’lib ko’ksimni kuydirdi nafrat.
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men — zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Qadamim moshinlar yo’rg’asiga mos.
Yig’lasam yupatib o’zimni o’zim,
Pishqirib qo’yaman toychoqlarga xos.
Ona, sog’insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog’on shunday shaharda
Hech kimga ko’nglimni yora olmasman…
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha omon bo’ling deb,
Sog’inib qoluvchi qizingiz Kumush…
Nimadir u, ko’zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig’lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko’zingga kelgan?
Ko’zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o’sha ko’zu, o’sha qosh,
Menga juda o’xshaydi, ona.
Ko’zlaringdan to’kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to’kma iltimos.
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko’rib yorug’ dunyoda,
Toshkanni ko’rmagan bechora onam,
Bolang bo’lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o’g’il bo’ldimmi!..
Bilaman, kutasan sandal to’la cho’g’,
Menda yurak deganlarin o’zi yo’q:
Men sovg’a bermagan qiz yo’q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o’g’ilmi, onam?..
Yodingga tushsam goh yo’qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas…
Axir, mening dardim She’r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o’g’ilmanmi, ayt?..
Poyingga tiz cho’kib, qo’lingni o’psin.
Undan ham ulug’im borligin ko’rsin,
Men uchun ham aziz holingni so’rsin,
Sensiz g’arib ko’nglim ko’ngilmi, onam,
Endi men ham senga o’g’ilmi, onam!..
Yetmish yulduz yog’ilib,
Yarim oycha to’lolmas,
Yeti yanga yig’ilib,
Bitta ona bo’lolmas,
Ona tirik eshikka
G’urbat yaqin yo’lolmas,
Mening esa, bag’rim qon,
Vayronaman onajon.
Siz bor — biz ham zo’r edik,
Bir mayizni besh o’g’il
Teng bo’lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so’zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o’lsa, boshingdan
Oftob o’tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog’dek botib ketarkan,
Ko’ksim to’la ming armon,
To’lg’onaman, onajon.
Ekan endi o’ylasam,
Qalbni o’rtar dardlarim,
Qay birini so’ylasam?
Sizsiz ko’cham befayz,
Halovat yo’q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
O’rda ham men, qirda ham.
Ko’ylagimda tugma yo’q,
Tugma bo’lsa, kir -yoqam.
To’rt yangamga qo’shilib
Turtkilaydi to’rt og’am,
O’z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.
Bir mehribon qo’msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo’lsaydi,
Onasizni do’sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg’ayarman sarg’aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o’g’ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo’lsaydi
Bo’lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg’onaman, onajon.
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko’kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog’inganda she’r yozib
Yuraklarim ezilib —
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
Sog’inmoq bor,ko’rishmoq endi dushvor,
Oramizda poyonsiz daryolar bor.
Bir ko’rishga biz intizor mushtoqmiz,
Biz ikkiga bo’lingan bitta tog’miz.
Baxt degani bir oily fursat ekan.
Taqdir azal oldida ojiz otang,
Ayro yashash bizga bir qismat ekan.
Seni tashlab ketganim,yolg’on o’g’lim
Sensiz mening bag’rim ham butun emas
Sensiz mening ko’nglim ham vayron o’g’lim.
Yuragimnimng nolasi sensan bilsang
Buni hayot deydilar qil ko’prik bu,
Tushunarsan bir kuni yigit bo’lsang.
Onang orzu qilgandek o’g’lon bo’l sen!
Otangni qayg’urmay yashasang ham,
Yurti uchun qayg’urgan inson bo’l sen!
Seni tashlab ketganim yolg’on o’g’lim.
Topmoq joyda yo’qotmoq ham bor ekan.
O’z holimga o’zim ham hayron o’g’lim.
IKKI QO‘RG‘ON
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki… ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.
Otalar sha’niga loyiq so’z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku,bamisli charoq,
Bag’ri ham yulduzli osmon kabi keng.
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib,avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar,axir.
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi
Sochlari qirovdek ko’pirib chiqqan.
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo’ldi,o’lim yo’q demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Do’st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do’stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur,armoni-armon.
Ka’ba qopqasida turgan,ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo’llarin.
Onalar poyiga tiz cho’k o’shal on,
Tavof qil,ko’zga surt,o’pgin qo’llarin
Ka’bada ko’z ochgan Obi Zam-zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg’ambarlar ko’zlarida nam.
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bag’riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan,muloyim.
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora,gunohlardan pok bo’lgay ochun,
Onalar o’tinchi topib ijobat.
Avval onalarning ochgin yo’llarin.
Onalar poyiga tiz cho’k o’shal on,
Tavof qil,ko’zga surt,o’pgin qo’llarin.
Kimdir savol berdi:-Aytgil,Muhammad,
Yolg’iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko’p yaxshilik aylay,o’zing ayt,
Ota-onamgami yoxud bolamga.
Gapimni bir bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz,biroq
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham.
Sizning so’zingizda ajib ma’no bor,
Bag’ringizga tortar so’zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor,
Jo’shar qalbingizda onalik sehri.
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland uchaman.
Doimo yo’limda bo’lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.
Otajon so’zingiz ajib bir hikmat,
Hech bir kitoblardan topmam qidirib.
Umr yo’lingizda yashaydi qat-qat,
Halollik ustuni turar bilinib
Mehringiz bosadi oftob taftini.
O’sha siz o’tqazgan daraxtlar bilar,
Mehnatkash qo’lingiz qadoqlarini.
Onamga maktub
Yiqiladi bog’larga tuman.
Anglagani yashashning sirin,
So’zlashaman yomg’irlar bilan.
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.
Kuzak tuni surganda xayol —
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.
ONAga talpinib…
Bag’ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim»¦
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim»¦
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar «œDunyoda sendan ulug’ zot,
Onajon, also yo’q!», demak-la keldim…
Afg’onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni —
Onajon, huzringga emaklab keldim»¦
Ko’zlaringiz tushimga kiribdi bugun
Soginibman sizni, juda onajon!
Bo’sh qalbimga joylashdi motamsaro tun
Ovozingiz yuragimga kiribdi shu on…
Issiq qo’llaringiz qumsar dimog’im
Talpinadi yurak nimalar istab?!
Bir shirin so’zingiz istar qulog’im..
Hayot tashvishlari chulg’ab boshimni,
OH, NETAYIN UMRIM SENI
Oh netayin umrim seni,
Sening-la bo‘lmadim g‘ani,
Oh, netayin umrim seni.
Yig‘lab bag‘rimni tilmadim,
Ketar jafosin qilmadim,
Oh, netayin umrim seni.
Umrim ipi uziladur,
Surat mendan buziladur,
Oh, netayin umrim seni.
Kelib meni ko‘rolmasang,
Davru davron surolmasang,
Oh, netayin umrim seni.
Tolpinganim shodon so‘zing,
Qozonganim qolur to‘zib,
Oh, netayin umrim seni.
Ajab safar etdi sarson,
Qoldi hasrat, ketdi sarson,
Oh, netayin umrim seni.
Muhammad Yusufdan:
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
SOG‘INCH
Ruhim ma’yus tortib ketadi.
Hijron esa yigit boshimga.
G‘am yukini ortib ketadi.
Dardim bilmay aytadi davo,
Jilmayadi kiftimga qoqib,
O‘kinma, der bu bir kam dunyo.
Essiz yigit, deydilar pinhon.
Bilmaydilar: ko‘zlar dard emas,
Sendan ayru o‘rtaguchi jon.
Qayga bormay xayoling yo‘ldosh.
Faqat o‘rning bosolmas, hatto —
Qalbim ichra yoqsalar quyosh.
Onamni sog‘inib
Bir kungina yotib ket, qizim»
Atrofimda aylanib gir-gir,
Takrorlardi onam shul so‘zin.
-Endi kelsam qolaman, ena…
Shafqati yo‘q bu kunlar shoshib,
Meni olib ketardi yana.
Qo‘llarimga tutqazar edi.
Meni zo‘rg‘a bag‘ridan yulib,
Mashinaga o‘tqazar edi.
She’r o‘qirdim yona va yona.
Davralarni bilar edim baxt,
Sizga vaqtim yo‘q edi, ena.
Ketar edim toqqa, lolaga.
Sizga azob chektirib qo‘yib,
Yayrar edim yashil dalada.
Ketar edim terak bo‘lay deb.
Sizdan ayab bir tunlik so‘zni,
She’r yozardim yurak bo‘lay deb.
Ham uy, ham ish, ham majlisxona.
Shunchalar band edim-ki, chindan,
Sizga vaqtim yo‘q edi ena.
Koyinardi kechiksam, uyim.
Davralarning chiqardi dudi,
Faqat enam kutar edi jim.
Bayramlari mensiz ham obod.
Goh dardlarim yig‘ilar qop-qop,
Yolg‘izlikdan solgim kelar dod.
Tushunmas ekan onangdan boshqa.
Tinglamaydi seni birovlar,
Boshlaringni ursang ham toshga.
So‘zlashay deb qona va qona.
So‘ramaysiz holimni xayhot,
Endi Sizda vaqt yo‘qdir, ena…
Ota-onalarimiz haqida she’rlar