Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat
DO`STLARGA ULASHING:
Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek, bolalarni ham qo‘riqlab turuvchi posbondir; u ota-onani kulfat va g‘amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
O. BALZAKOta-onaga nisbatan hurmat va muhabbat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg‘udir.
V. G. BELINSKIYFarzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay,
Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,
O‘g‘lidan anga bu ish siroyat qilg‘ay.
A. NAVOIYOta va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha balandparvoz maqtovlar o‘g‘illik muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.
N. G. ChERNIShEVSKIY…Ota-ona qalbi, bu eng olijanob hakam, eng yaxshi do‘st, bu alangasi intilishlarimizning muqaddas majmuasini isitadigan muhabbat quyoshi!
K. MARKSOta-onaga muhabbat — barcha yaxshi fazilatlarning asosi.
SISERONInson boshida uchta kulfat bor: o‘lim, qarilik va yomon farzandlar. Qarilik va o‘limga hech kim o‘z eshigini yopolmaydi, biroq yomon farzandlardan uyni farzandlarning o‘zlari asrashi mumkin.
V. A. SUXOMLINSKIYOna-otang bilan munosabatda rostgo‘y bo‘l. Ular ma’qullaydigan ishga ulardan ruxsat va ijozat so‘ra. Intizomli farzand bo‘lish qiz va o‘g‘ilning haqiqiy erkinligidir.
V. A. SUXOMLINSKIYBiz hamisha qarzdor bo‘lgan eng ulug‘ zot onadir.
N. A. OSTROVSKIYOna — zamindagi yagona xudodir.
E. LEOUVEMurg‘ak bolalar tili va dilidagi xudo — ona.
U. TEKKEREYOna muhabbatidan muqad dasroq va beg‘arazroq hech narsa yo‘q; har qanday mehr-muhabbat, har qanday ehtiros ham unga nisbatan yo ojiz, yo g‘arazlidir.
V. G. BELINSKIYOna qalbi bitmas-tuganmas mo‘jizalar manbaidir.
P. BERANJEInson o‘z onasini ruhiy jihatdan ham o‘ziga qadrdon deb bilishi noyob baxtdir.
M. GORKIYJahonning butun g‘ururi onalardan. Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt yo‘q, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz shoir ham, qahramon ham bo‘lmaydi.
M. GORKIYMehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayolni — Onani sharaflaylik! Insondagi butun go‘zallik quyosh nurlari-yu, Ona mehridan.
M. GORKIYSen bolalikdan ona ko‘zlariga boqib, ulardagi tashvish va halovatni, surur va hayajonni ko‘rishga o‘rganmagan ekansan —bir umrga axloqiy jihatdan nogiron bo‘lib qolasan. Sevgidagi qo‘pollik singari axloqiy nogironlik ham kishilar boshiga kulfat, jamiyatga zarar keltiradi.
V. A. SUXOMLINSKIYKo‘rnamak o‘g‘il begonadan yomon. U jinoyatchidir, chunki onaga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishga o‘g‘ilning haqqi yo‘q.
G. MOPASSANAjdodlar hurmatini chin qalbdan bajo keltiruvchi kishi baxtlidir.
I. GYoTEBoshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
A. NAVOIYAjdodlarga hurmatsizlik axloqsizlikning birinchi belgisidir.
A. S. PUShKINBola o‘sayotib ota-onasini, aka-ukalari va opa-singilla-rini, o‘z maktabini, vatanini sevishga o‘rganmagan, uning xarakterida chuqur shaxsiyatparastlik belgilari tarbiya tongan bo‘lsa, u o‘zi tanlagan ayolni ham chuqur seva olishiga ishonish juda qiyin.
A.S. MAKARENKOOta-onasini, o‘rtoqlari, do‘stlarini sevmagan yigit qaylig‘i va xotinini ham hech qachon sevmaydi. Shahvatsiz muhabbat ko‘lami naqadar keng bo‘lsa, jinsiy muhabbat ham shu qadar olijanob bo‘ladi.
A. S. MAKARENKOBiz farzandlarimiz bilap sevgi to‘g‘risida qanchalik donolik va kamsuqumlik bilan gaplashsak, bolalarimizning kelajakdagi sevgisi ham shunchalik go‘zal bo‘ladi, biroq bu sipolik bizning bola xulqiga doimiy va muntazam ko‘rsatadigan e’tiborimiz bilan omuxta bo‘lmog‘i lozim.
A. S. MAKARENKOBolalaring senga qanday munosabatda bo‘lishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda bo‘l.
ISOKRATOtalar bilan bolalar bir-birlaridan rozi-rizolik kutib o‘tirmasdan, zarur narsalarni oldindan bir-birlariga berishlari lozim, lekin bu ishni birinchi bo‘lib ota qilishi kerak.
DIOGENSiz ota-onangiz bilan qanday muomalada bo‘lsangiz, bolalaringiz ham sizbilan shunday muomala qilishini yodda tuting.
FALESOta-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat ham sevishganlar o‘rtasidagi munosabat singari mashaqqatli va shu qadar hayajonlidir.
A. MORUABolalar yigirma besh yoshgacha ota-onalarini sevadilar; yigirma besh yoshda ularni qoralaydilar, so‘ngra ularni kechiradilar.
I. TENEng razil, ayni paytda eng oddiy va azaliy ko‘rnamaklik — bu farzandlarning ota-onani qadrlamasligidir.
L. VOVENARGYaqin kishilaringdan birortasi yetkazgan jarohat ayniqsa qattiq azob beradi.
BAVRIYQarindoshlar o‘rtasidagi adovat begonalar bilan bo‘ladigan adovatdan ancha ogirdir.
DEMOKRITOta-onalar bilan farzandlar o‘rtasida butunlay sir bo‘lmasligi dunyoda eng kam uchraydigan hodisadir.
R. ROLLANBolalar o‘z ota-onalarida o‘tmishni, ota-onalar o‘z farzandlarida kelajakni ko‘radilar; ota-onalarda bolalariga nisbatan farzandlarning ota-onalarga muhabbatiga qaraganda ko‘proq mehr uchratar ekanmiz, bu qayg‘uli, ayni paytda tabiiy holdir. Xotirotlaridan ko‘ra orzu-umidlarini ko‘proq yaxshi ko‘rmaydigan odam bormi?
I.ETVESAvvaliga biz bolalarimizni o‘rgatamiz. So‘ngra o‘zimiz ulardan o‘rganamiz. Kimki buni xohdymas ekan, o‘z davridan orqada qoladi.
Ya. RAYNISO‘z farzandlarini baxtli qilishga intiluvchi mehribon ona ko‘p hollarda o‘zining tor qarashlari, kaltabin mo‘ljallari, keraksiz g‘amxo‘rlik va mehribonliklari bilan ularning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yadi.
D. D. PISAREVHar bir ona o‘ziga qaraganda tsizi yaxshiroq erga tegishiga umid qiladi va o‘g‘li hech qachon otasidan yaxshi xotin ololmasligiga ishonadi.
M. ANDERSEN-NEKSEHayotning muhim vaziyatlarida ota-onaning suyanchig‘i bo‘lish ajoyib ish, biroq ularning ko‘p ikir-chikir va bema’ni talablari jonli, erkin, dadil iste’dodni bo‘g‘adi.
A.S. GRIBOEDOVVasiylikka olingan bolami yoki butun bir xalqmi, bundan qat’i nazar, u balog‘atga yetgach, qoida bo‘yicha vasiylik to‘xtatiladi. Balog‘at yetgandan keyin davom etadigan vasiylik zo‘ravonlikka aylanadi.
V. GYuGOTo‘g‘ri, bolalarga — hali ular bola ekan — ota-onalar vasiylik qilishlari kerak, biroq ayni paytda ular bir umr bola bo‘lib qolmaydigan tarzda tarbiyalanishlari lozim.
X. VILANDOtaning xizmatlaridan bola foydalanmasligi kerak.
M. SERVANTESButun avlod-ajdodingdan ko‘ra bitta ko‘zgu seni halol baholaydi.
V. MENSELGap kimning bolasi ekanligingda emas, kim bilan ulfat tutinganligingda.
M. SERVANTESAlbatta o‘g‘il xotin tanlash huquqiga ega, biroq o‘zining butun baxtini munosib naslida qoldirib ketayotgan ota ham bu ishda loaqal maslahati bilan ishtirok etishga haqlidir.
V. ShEKSPIRYaxshi kuyovga duch kelgan kishi o‘g‘il topadi, yaramas kuyovga uchragan kishi qizdan ham ajraladi.
DEMOKRITMuttahamni uydan quvish oila uchun katta baxtdir.
P. BOMARShEziyouz.uz
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat