Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida
Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Yaxshiyamki tanqidning o‘zi tanqidga muhtoj, yo‘qsa, u kim ko‘ringanga dahshatli qurol bo‘lib xizmat qilgan bo‘lur edi.
V. G. BELINSKIYAgar achchiq so‘z iz qoldirganda edi, biz hammamiz tasqara bo‘lib yurardik.
V. ShEKSPIRTuhmat har doim ham g‘arazning ishi bo‘lavermaydi: u ko‘proq hammani qoyil qoldiraman, deb gap sotishdek beziyon bir orzudan kelib chiqadi, ba’zan esa samimiy va ayni paytda to‘la niyat va xayrixohlik iatijasi ham bo‘lishi mumkin.
V. G. BELINSKIYHayotning nuqul salbiy jihatlarini tasvirlash tuhmat qilish degan emas, balki faqat biryoqlamalikka tushish deganidir; tuhmat qilish esa hayotda mavjud bo‘lmagan nuqsonlarni, unda yo‘q dog‘larni unga to‘nkashdan iboratdir.
V. G. BELINSKIYBizni yaxshi bilmay turib, biz haqimizda yomon gapiradigan odamlardan xafa bo‘lmaslik kerak: uning tuhmatlari bizga emas, o‘ziniig tasavvurida tug‘ilgan sharpaga taalluqlidir.
J. LABRUERYolg‘on gapirish boshqa, gapda adashish va qasddan emas, adashish oqibatida haqiqatdan chekinish boshqa gap.
P. ABELYaRYaxshi ko‘rish tufayli qandaydir jon kuydirib aytilgan nasihatni yovuz niyat yoki gunoh deb hisoblash lozim emas.
ABELYaROdamlar odatda birovga yomonlik tilab emas, balki shuhratparastliklari uchun g‘iybat qiladilar.
F. LAROShFUKOKaltafahm odamlar odatda aqllariga sng‘magan narsalarning hammasini qoralaydilar.
F. LAROShFUKOIste’dodsiz kishilar ko‘pincha talabi katta tanqidchilardir, ular imkoni bor oddiy ishlarni ham uddalolmay, nima qiliga va uni qanday qilishni bilmaganlari holda boshqalar-dan butunlay imkonsiz ishlarni talab qiladilar.
V. O. KLYuChEVSKIYEng nozik ta’b kuzatuvchi va eng teran mutaffakkir doimo eng shafqatli hakamdir; o‘z tasavvuridagi azobdan jafo chekkan odamovigina kishining yaxshi fazilatlarini qadrsizlantirib, yomon sifatlarini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyildir.
G. BOKLTirnoq ostidan kir qidirish o‘rtamiyonadan yo oshgan, yo oshmagan odamlarning azaliy xususiyatidir. Iqtidorli aql egalari esa yaxlit hodisalarga qarshi e’tiroz bildiradilar yoki indamay qo‘ya qoladilar, buyuk allomalar bo‘lsa hech kimni ayblamay, o‘zlari kashf etadilar.
G. LIXTENBERGKo‘p bilgan odam xato qilmaslik uchun o‘z fikrini ehtiyotlik bilan bayon etishni biladi. Yuzaki bilgan o‘zbilarmon esa hamma narsa haqida g‘ayritabiiy bir jasorat bilan valaqlayveradi.
L. N. TOLSTOYKaltafahmlar faqat odamlarning kamchiligini ko‘radilaru yaxshi fazilatlariga e’tibor bermaydilar. Ular badanning nuqul gazak olgan a’zosiga qo‘nmoqchi bo‘layotgan pashshaga o‘xshaydilar. Biron-bir narsani ta’kidlay turib, uni qonuniy ravishda isbotlay olmaslik tuhmat qilish demakdir.
P. BOMARShEEshitar quloq uchun tuhmat tilga chiqqan chipqondek gap.
Sh. RUSTAVELIBo‘hton qilichdan ham mudhishroq quroldir, chunki uning yarasini umrbod davolab bo‘lmaydi.
G. FILDINGBo‘hton xuddi miltiq kabi xavfli quroldir.
A. G. RUBINShTEYNTuhmatga ishonish orqali qancha-qancha do‘stlik iplari uzilgan, qancha-qancha xonadonlar vayron bo‘lgan.
LUKIANG‘iybat isbotlanmaganda ham deyarli bir umrga dog‘ qoldiradi.
A.S. PUShKINFisqu fasod juda qulay narsa: bir so‘z bilan hamla qilinadiyu, himoya uchun esa qancha-qancha sihifalar kerak.
J. J. RUSSOBo‘hton — hasad quroli.
S. SEGURBo‘hton — g‘ariblikka e’tibor bermaydi.
O. BALZAKOdatda mevaning sarasini qurtlandek, bo‘hton ham yaxshi odamlarga yopishadi.
J. SVIFTYaxshilar yonidan o‘tmas hech qachon,
Dushmani taqamay unga bir bo‘hton.
SA’DIYBo‘hton va yolg‘on meshchanlar siyosatining qonunlashtirilgan usulidir. Bu dunyodagi buyuk kishilar orasida yolgon yoki bo‘hton balchig‘i chaplanmagan bironta odam topilarmikin.
M. GORKIYMeshchanlik o‘rmalovchi devpechakdir, u to‘xtovsiz ko‘payish xususiyatiga ega va qo‘yib berilsa yo‘lida uchragap hamma iarsani bo‘g‘ib tashlashga ham tayyor.
M. GORKIYMeshchanlik — katta illat, u daryodagi to‘g‘on singari doimo turg‘unlikka xizmat qiladi.
A. ChEXOVBo‘hton g‘alati xususiyatli illatdir: siz uni yo‘q qilaman deb aslida hayot bag‘ishlaysiz; uni o‘z holiga qo‘ying — o‘zidan-o‘zi o‘lib ketadi.
T. PEYNBo‘hton g‘ing‘illab jonga tegadigan ariga o‘xshaydi: uni joyida o‘ldira olishingizga ishonmasangiz, yaxshisi uni haydashga ham urinmang, qaytaga u sizga battar yopishadi.
N. ShAMFORAqlli hamda ayni paytda odobli odam o‘z vijdoni oldida halol bo‘lishi bilan birga, o‘ziga hurmat nuqtai nazaridai, bo‘htonning oldini olish va bartaraf qilish ma’nosida yapa ziyrak ham bo‘lmog‘i kerak.
N. ShAMFORBo‘htopga eng yaxshi javob sukut bilan unga jirkanib qarashdir.
F. ENGELSG‘irt yolg‘on narsalarni, haqiqatni bo‘yab ko‘rsatishlarni rad etmoq darkor.
A. BARBYuSXotira va vijdon hech qachon bo‘htonni kechirmagan va kechirmaydi.
D. GALIFAKSBoshqalarga tuhmat qilib shivirlaydigan odamni uyingdan haydab chiqar.
FALESKim tuhmatchini qoralamasa, uni qo‘llagan bo‘ladi.
SVETOPIYziyouz.uz
Noto‘g‘ri mulohazalar va tuhmat haqida