Mehnatdagi qat’iyat haqida
Muvaffaqiyatni kishi hayotda erishgan mavqe bilan emas, balki o‘sha muvaffaqiyatni qo‘lga kirita turib, u qanday to‘siqlarni yengib o‘tgani bilan o‘lchash kerak. Engib o‘tilgan to‘siqlarning ko‘pligigina jasoratga va jasorat ko‘rsatgan insonga haqiqiy to‘g‘ri baho bo‘la oladi. Buyuk qalb egasining qariyb butun sir-asrori qat’iyat degan so‘zdadir. Qat’iyat mardlik uchun g‘ildirakning o‘qidek gap; bu tayanch nuqtasining to‘xtovsiz yangilanib turishidir. Iste’dodli va mehnatga muhabbatli odam uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Mehnat bilan hamma narsaga erishsa bo‘ladi. Qunt va san’at hal etolmaydigan ish kamdan-kam uchraydi. Izchil mehnat hamma to‘siqlarni yengadi. Har qanday to‘siq qat’iyat bilan zabt etiladi. Dunyoda hali hech bir yuksaklik yo‘qki, uning cho‘qqisini oxir-oqibatda qat’iyat zabt et magan bo‘lsin. Qat’iyat — muvaffaqiyat garovi. Hamma odamlar ham buyuk ish qilishlari shart emas. Ko‘pincha oddiy sabr-qanoatning o‘zi ham kuch-qudratning buyuk ramziga aylanishi mumkin. Sabr-toqatli odamning istagan narsaga erishishga ham sabr-toqati yetadi. Sabr-toqat va vaqt besabrlikka qaraganda ko‘p narsaga erishtiradi. Kimki mayda ishni eplolmasa, kattasi ham qo‘lidan kelmaydi. Kimki sekin va shoshmay yursa, har qanday manzil ham unga uzoqlik qilmaydi; kimki safarga chidam bilan tayyorlansa, u so‘zsiz maqsadga yetadi. Nima hodisa yuz bermasin, biz sabr va iroda bilan hammasini yengamiz. Sabr bilan kutganlarga hamma narsa o‘z vaqtida keladi. Sabr achchig‘u, lekin mevasi shirin. Qat’iyat peshona sho‘rini yuvadi. Yarim ish qilindi, bunga shubha yo‘q, Sabr va vaqt kuch yoki ehtirosga qaraganda ko‘proq samara keltiradi. Sabr-toqat orqali biz kuch bilan erishganimizga qaraganda ko‘proq narsaga erishishimiz mumkin. Nish unmas biyobon, sho‘rxok tuproq ham Sabr bilan yumush bitar, sabrsizlar o‘z oyog‘idan ketar. ziyouz.uzMehnatdagi qat’iyat haqida
DO`STLARGA ULASHING:
B. VAShINGTON
S. SVEYG
V. GYuGO
L. BETXOVEN
J. BRUNO
S. JONSON
M. V. LOMONOSOV
LEONARDO DA VINChI
Ch. DIKKENS
I. I. DMITRIEV
G. BUShNELL
B. FRANKLIN
J. LAFONTEN
M.V.LOMONOSOV
J. LABRUER
VERGILIY
O.BALZAK
J. J. RUSSO
G. FLOBER
Uyog‘iga bersin sabru tahammul.
I. GYoTE
J. LAFONTEN
E. BERK
Gulzorga aylanur sabr qilsa odam.
GULXANIY
SA’DIY
Mehnatdagi qat’iyat haqida