Inson va mehnat
Inson va mehnat
DO`STLARGA ULASHING:
Yashash uchun biron-bir ishni bilmoq kerak.
M. GORKIYOdamning nima qilayotganiga qarab uning kimligini aytib bersa bo‘ladi.
G. GEGELKishining qalbi uning qilgan ishlarida aks etadi.
G. IBSENXar qanday odamga uning qilgan ishlarigya qarab baho berish kerak.
M. SERVANTESHar birimiz — o‘z ishlarimizning farzandimiz.
M. SERVANTESHaykalni ko‘rinishi, odamni esa qilgan ishlari bezaydi.
PIFAGORInson umr bo‘yi biron-bir ish qilishi kerak — umr bo‘yi!
M. GORKIYO‘zingni ayama, bu yer yuzidagi eng tanti, eng go‘zal donishmandlikdir. Yashasin o‘zini ayamaydigan inson.
M. GORKIYErtaga nima ish qilishini bilmaydigan odam baxtsizdir.
M. GORKIYBu kungi ishni tonglag‘a qo‘maslar.
A. NAVOIYIshlaringni tezroq bajar, yer yuzida hali qilinadigan ishlar ko‘p.
K. SETKINInson o‘z kuchini qayta tiklamoq maqsadidagina tungi hordiq uchun to‘xtamog‘i darkor. To‘xtab qolgan hayot esa o‘lim bilan barobar.
R. ROLLANGar faollik ko‘rsatmasangiz,
Ne naf aql xazinasidan.
Sh. RUSTAVELIErtalab o‘rningdan turib o‘zingdan: «Nima ish qilishim kerak?», kechqurun yotishdan oldin esa: «Nima ish qildim?» — deya so‘ra.
PIFAGORHar bir kishi asosan qo‘lidan keladigan va o‘ziga yarashadigan ishga urinishi zarur.
ARASTUQilayotgan ishingizga yurak qo‘ringizni qo‘shing, lekin avvalo uning ezgu ish ekanligiga ishonch hosil qiling.
J. RESKINO‘zingizdan: «Jiddiy ish bilan shug‘ullanyapmanmi yoki bo‘lmag‘ur ish bilanmi?» — deb so‘rashingiz hech qachon kechmas.
A. P. ChEXOVKishi o‘zining va jismoniy hayotida va na ijtimoiy hayotida qo‘lidan kelmaydigan ishga qo‘l urmasligi kerak.
N. ShAMFORHamma ishni birdaniga bajarishga urinish — hech narsa qilmaslik bilan bab-barobar.
G. LIXTENBERGHali u ishga, hali bu ishga urinish — o‘ziga-o‘zi suiqasd qilish demakdir.
Sh. GUNOIkki kishi ayni bir ishni qilsa, undan hech narsa chiqmaydi.
TERENSIYIshda oshiqqan ko‘p toyilur,
Ko‘p toyilg‘on ko‘p yiqilur.
A. NAVOIYBiz hammamiz, afsuski, hamma ishga ham bir xilda yaroqli emasmiz.
PROPERSIYQurbi kelmagan ishga uringan — Nasibasiz, baxtadan suringan.
N. XISRAVQo‘lidan keladigan ishga emas, o‘zi tushunmaydigan ishga qo‘l urgan kishi baxtsizdir.
I. GYoTEQurbing yetmagan ishga urinish bema’nilikdir. Ishni buzasanda, rasvosi chiqadi.
N. G. ChERNIShEVSKIYTug‘ilishdan nimagaki bo‘lsang qodir,
Shuni qilgil, sening uchun shu ish nodir.
I. A. KRILOVIqtidoring yetmagan ishni qilma,
Sababsiz o‘zingni donishmand bilma.
N. XISRAVIsh — qaysar va kuchli hayvondek gap, uni ustalik bilan boshqarish kerak, jilovini yaxshi tutmasang, seni yengib qo‘yadi.
M. GORKIYAgar sen nimadir qilayotgan bo‘lsang, yaxshilab bajar. Yaxshi bajarish qo‘lingdan kelmasa yoki xohlamasang, yaxshisi, u ishni yig‘ishtirib qo‘y.
L. N. TOLSTOY…Shaxs nima ish qilayotgani bilangina emas, balki shu ishni qanday bajarayotgani bilan ham xarakterlanadi…
F. ENGELSIkki bora qilingan ish puxta bo‘ladi.
J. XAUELLO‘n bora ko‘p ish qilgandan ko‘ra bittagina ishni tobiga yetkazgan ma’qul.
ARASTUIsh mehr bilan bajarilgan taqdirdagina uni yaxshi ish deb baholash mumkin.
J. RESKINIshni muhim deb bilsang, uni to‘g‘ri bajarasan.
PLAVTHar qanday ishni yaxshi ado etmoq uchun uni sevish kerak.
M. GORKIYHaqiqiy ehtiros va mehr bo‘lmasa, har qanday ish ham yurishmaydi.
I. P. PAVLOVAgarda xohish bo‘lmasa har qanday ish ham og‘ir, samarali chiqishi va muhimligiga to‘la ishonib kirishgan har qanday ishimiz esa yengil ko‘chadi.
G. V. PLEXANOVDeyarli hamma ishda eng qiyini boshlab olishdir.
J.J. RUSSOIshni yaxshi boshlasang — yarmini bajardim deyaver.
AFLOTUNIshning boshi — ishning yarmidan ham ko‘proq.
ARASTUNimadir qilish uchun unchalik ko‘p kuch ham kerak emas, ammo ayni nima qilish kerakligini hal etish esa haqiqatan ham katta kuch talab etadi.
K. XABBARDHar qanday olijanob ish ham avvaliga juda mushkuldek bo‘lib tuyuladi.
T. KARLEYLHech qachon katta qiyinchiliksiz katta ish bo‘lmaydi.
F. VOLTERMashaqqati bo‘lmagan, aql va irodani obdan safarbar etmagan ish yoki mashg‘ulot insonga munosib emas.
U. ShEPNINGYaxshi ishni qiyinchilik bilan bo‘lsa ham bajarsang, qiyinchilik o‘tib ketadi, yaxshilik qoladi, zavq bilan bo‘lsa ham yomon ish qilsang, zavqi o‘tib ketadi-yu, yomoni qoladi.
M. V. LOMONOSOV
Inshi natijasiga qarab bahola.
OVIDIYBirinchidan, hech bir ishni sababsiz va maqsadsiz qilma. Ikkichidan, jamiyat foydasiga o‘tmaydigan hech bir ish qilma.
MARK AVRELIYIshni uning maqsadi boshqarib turadi, buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish deb hisoblanadi.
A. P. ChEXOVNima qilishingni oldindan bilsang, bu senga dadillik baxsh etib, ishing oson ko‘chadi.
D. DIDROMohiyati noma’lum ish hafsalani o‘ldiradi.
J. FABRYaxshisi, ishga kirishishdan oldin o‘ylab olgan ma’qul, keyin baribir befoyda.
DEMOKRITIstagan hamma ishingizni qilolmaganingizdan keyin qo‘lingizdan keladiganining payida bo‘ling.
TERENSIYAgar odam bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki ishga qo‘l ursa,— ulardan biri so‘zsiz amalga oshmaydi.
EZOPHar safar qiyin ishni boshlashdan hech shoshma, ishga qarab, vaqtni qo‘yib ber, shu qiyin ishga kirishishda o‘ylamay, hovliqib qadam bosma, o‘zingni unga yaxshilab safarbar et.
I. P. PAVLOVAqlli kishi ba’zan shoshadi-yu, ammo shoshilib ish qilmaydi sira.
P. ChESTERFILDBehudaga chiranma.
FIRDAVSIYOrtiqcha shoshqaloqlik ham xuddi sustkashlik kabi yomon oqibatlarga olib keladi.
V. ShEKSPIRHar kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol
Yaproqni ifak qilur, chechak bargini bol.
A. NAVOIYShoshib qilingan ishning umri qisqa.
SA’DIYKeyin ko‘p ish qilish uchun kuchingizni ayab sarflang, lekin kam ish qilishdan o‘zni saqlang.
J.J. RUSSOHar bir ishda, eng muhimi, ishlagingiz kelmay qolgan paytni yenga olishingizdir.
I. P. PAVLOVBaxt xohlagan ishingni xohlagan paytingda qilaverishing emas, balki qilayotgan ishingni hamisha xohlab turishingdadir.
L. N. TOLSTOYChorasiz zarurat oni kelganda dovdirab qolmasliging uchun har kuni yoki kun oralab xohlamagan ishingni qilishga ham o‘zingni majbur et.
U. JEYMSYaxshi ishning oxiriga yetkazilishi — uning mukofoti shu.
R.EMERSONIshga shoshilmay kirish, lekin uni boshlaganingdan so‘ng qo‘lingda mahkam tut.
BIASHar kim o‘z ishida ulug‘vor bo‘lishi kerak.
B. GRASIANBuyuk ishni va’da qilmay turib, buyuk ish qil.
PIFAGORHar qanday buyuk ish avvalambor ko‘zko‘zlanmay, kamtarlik bilan va oddiygina bir sharoitda qilinadi: dabdaba va yaltiroqlik bilan na yer,chorva boqib bo‘ladi, hatto fikr yuritib ham bo‘lmaydi. Ulug‘vor, chinakam ishlar hamisha oddiygina, kamtaronadir.
L. N. TOLSTOYIkkilanib turgan oningda tez harakat qil va ortiqcha bo‘lsa ham birinchi qadamni qo‘yishga urin.
L. N. TOLSTOYYarim yo‘lda ishni chala tashlab, bundan nima chiqarkin, deb bir chekkada og‘zini ochib turgan odam tentakdir.
F. ShILLERIsh bormi — uni jadalroq tugatmoq kerak.
F. ShILLERBuyuk odamlar hech narsani chala qoldirishmaydi.
X. VILANDIshlaringizning natijasiga boshqalar baho beradi, faqat qalbingizning toza va halol bo‘lishiga harakat qiling.
J. RESKINEng zo‘r rohat boshqalar nazarida siz bajarolmaydigan ishni bajarishingizdir.
U. BEJOTQilgan ishlaring qariganingda eslab yurishga arziydigan bo‘lsin.
MARK AVRELIYziyouz.uz
Inson va mehnat