Jamiyat va shaxs
Jamiyat va shaxs
DO`STLARGA ULASHING:
Inson insonga har jihatdan zarur.
T. G. ShEVChENKOKishi ko‘pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi.
L. BERNEBiri mahv bo‘layotgan joyda ikki kishi birlashib biri-birini qutqarishi mumkin.
O. BALZAKKishi jamiyatda yashash uchun yaralgan; uni jamiyatdan ajratib, yakkalab qo‘ysangiz —fikrlari ham almoyi-aljoyi bo‘lib qoladi, xarakteri yomonlashadi, yuragida yuzlab noraso ehtiroslar tug‘iladi, xuddi cho‘lda o‘sgan yovvoyi tog‘olcha singari miyasida bema’ni g‘oyalar tomir yoyadi.
D DIDROKishi odamlarning do‘sti bo‘lmog‘i kerak,— o‘zida va ularda mavjud fazilatlarning bari uchun u odamlardan qarzdordir.
M. GORKIYKishi jamiyat uchun yaralgan. U bir o‘zi yashashga layoqatli emas va bir o‘zi yashashga jur’ati yetmaydi.
U. BLEKSTOUNKishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak.
I. GYoTESen qanchalik istaganingda ham, odamzod turmushidan o‘z hayotingni ajratib ololmaysan. Sen u bilan bir jonu bir tansan. Oyoq, qo‘l-ko‘z singari biz o‘zaro aloqa uchun yaralganmiz.
MARK AVRELIYOdam tabiatan ijtimoiy mavjudotdir.
ARASTUTarix davomida hammavaqt va hamma joyda insonni xalq yaratgan.
M. GORKIYJamiyatsiz inson o‘zida kamolotga yetishish istagining ojizligi bilan g‘arib bir holga tushgan bo‘lardi. Lekin hammadan ham muhimi — bizning kamolotimiz jamiyatsiz deyarli maqsadsiz bo‘lur edi.
U. GODVINFaqat odamlar orasidagina kishi o‘z-o‘zini anglashga qodir.
I. GYoTEInson odamlar orasidagina odam bo‘la oladi.
I. VEXERMuloqot kishini go‘zallashtirib, unga ulug‘vorlik baxsh etadi; jamoat ichida odam har qanday soxtagarchilikni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘zini beixtiyor boshqacha tutadi.
L. FEYERBAXYakka odam uzlatda qolgan Robinzon singari ojizdir; faqat boshqalar bilan hamkorlikdagina u ko‘p ishlarni qila olishi mumkin.
A. ShOPENGAUER
Kishi agar faqat o‘z-o‘zi bilan yashashga majbur bo‘lsa va faqat o‘zi haqida o‘ylasa, u behad azob chekishi muqarrar.
B. PASKALErdan sug‘urib olinib, qumli sahroga tashlang‘an giyoh halok bo‘lganidek, shaxs baxti ham jamiyatdan tashqarida bo‘lmaydi.
A. N. TOLSTOYAynan boshqalarning xayrixohligidan bahra topg‘an holdagina hayot nash’ali bo‘ladi.
I. GYoTEAgar odamlar senga xalaqit bersalar, u holda sen uchun yashashning ma’nosi qolmaydi. Odamlardan uzoqlashish esa o‘z-zini o‘ldirish bilan teng.
L. N. TOLSTOYKo‘pchilikdan ayrilib, o‘zini tan olinmagan iste’dod yoki olimaqom daho hisoblovchilarning holiga voy. Jamoa hamisha kishining martabasini ulug‘ qiladi va hayotini mustahkam izga soladi.
N. A. OSTROVSKIYShaxsiyatparastlik — oshkora ojizlikdir.
M. M. PRIShVINShaxsiyatparastlik yoki o‘zicha jamiyatdan ayrilib qolish, bizning tasavvurimizcha, o‘z-o‘zini o‘ldirishdek bema’nilikdir.
A. N. TOLSTOYKim, boshqa odamlarsiz kunimni o‘tkaza olaman, desa xato qiladi, lekin kimki odamlarga mensiz qiyin bo‘ladi, deb o‘ylasa, undan battar xato qiladi.
F. LAROShFUKOKishi qanchalik iste’dodli bo‘lmasin, baribir kollektiv hamisha donoroq va qudratliroqdir.
N. A. OSTROVSKIYTanholik bir me’yordagi qon aylanishiga muhtoj sog‘lom organizmga muvofiq kelmaydi. Kollektiv bilan birlashib ketishni o‘rganish kerak, bu esa o‘zlikni asrab qolishga xalal bermaydi.
R. ROLLANKollektiv — qandaydir notayin to‘da emas. U o‘z shaxsiyatiga ega kishilarni birlashtirgan boy xazinadir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Jamiyat boyligi uni tashkil etgan shaxslarning rango-rangligidan tarkib topadi, chunki tarbiyaning oliy maqsadi — insonning o‘zi.
V. A. SUXOMLINSKIYHar qanday kishi ham odamlardan o‘zini ajratadigan emas, balki ularga bog‘laydigan ishlarni qilish zarurligini biladi.
L. N. TOLSTOYBoshqa odamlardan o‘zini ayirgan odam o‘z baxtiga zomin bo‘ladi, chunki o‘zini qanchalik ayirsa, hayoti shunchalik yomonlashadi.
L. N. TOLSTOYBiz hayotimizning har bir soniyasida boshqa odamlardan bizni nima ayirayotganini emas, balki ular bilan bizni nima uyg‘unlashtirayotganini qidirishimiz lozim.
J. RESKINAyrim kishining yoxud ayrim millatning farovonligi barcha uchun mushtarak farovonlik bilan uzviy bogliq.
A. BARBYuSUmum farovonligi uchun xizmat qilish istagi qalbning zaruriy ehtiyojiga, shaxsiy baxt shart-sharoitiga aylanishi kerak.
A. P. ChEXOVInson ijtimoiy, davlat manfaatlariga qanchalik keng naf keltirsa, u shunchalik kamolotga yetishgan bo‘ladi.
D. I. MENDELEEVBoshqalarga yorqin nur bo‘lish, o‘zingga ham nur taratishing — inson erishishi mumkin bo‘lgan oliy baxt shudir. Shundagina inson azobdan ham, og‘riqdan ham, g‘amdan ham, muhtojlikdan ham qo‘rqmaydi. Shundagina u hayotni chinakamiga sevishni endigina o‘rgangan bo‘lishiga qaramay, o‘limdan ham qo‘rqmaydi.
F. E. DZERJINSKIYXalq uchun mehnat qilish — kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir.
V. GYuGOAgar kishi faqat o‘zi uchun mehnat qilsa, ehtimol, u mashhur olim, buyuk donishmand, ajoyib shoir bo‘lishi mumkin, lekin hech qachon tom ma’nodagi kamolotga erishgan ulug‘ inson bo‘lolmaydi.
K. MARKSKimning qalbi hamma uchun tepayotgan bo‘lsa, u odam chinakam buyukdir.
R. ROLLAN
ziyouz.uz
Jamiyat va shaxs