Imom G‘azzoliy nasihatlari
Yo‘l va ko‘chalarda to‘planishib turmang; Suhbatlashish uchun do‘konlarni tanlamang; Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang; Fikr bildirganda: «Bu – mening qarashim», deb ayting; Biror narsa yoki birortasini maqtaganda, oshirib yubormang; Yig‘inlarda o‘zingizgagina aloqador ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmang; Yaxshi gapga diqqat bilan quloq soling; Xushbo‘y hidli narsalardan foydalanganda, me’yorni biling; Ayrim orzular ro‘yobi uchun o‘zingizni o‘tga-cho‘qqa uravermang; Sizga nisbatan muomala me’yorini buzganlarga ham vazmin bo‘ling; Boylar saxovati qoshida o‘zingizni zinhor kamsitilgandek his qilmang; So‘z berdingizmi, bajarishga qat’iylik bilan kirishing; Faqat va faqat rost gapiring; Har yerda maqbul so‘z ayting, chiroyli gapirishga harakat qiling; Vujudingiz rohatini istasangiz, oz yeng va oz iching! Tinglovchingiz bo‘lgandagina gapiring; Bitta so‘zni qaytaraverishdan saqlaning; Hech kimni aldamang, masxaralamang; Sotgan narsangizni yoqtirmay, qaytarib olib kelishsa, qabul qiling; Yolg‘on so‘zlashni tajriba qilmang va odatlanmang; Chanqaganda, suv ichishdan oldin og‘zingizni chayqang; Bozorda yurganda, hech kimga ozor bermang; Egasining ruxsatini olmasdan, biroving narsasiga tegmang; Og‘zingizda luqma bilan gapirmang; Gapirganda qo‘l, barmoqlar bilan ortiqcha ishorat qilmang. “Irfon” taqvimining 2011 yil, 4-sonidan olindiImom G‘azzoliy nasihatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Imom G‘azzoliy nasihatlari