Konstitutsiyasi kuniga sherlar
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor, Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor. Fidodirman toki tanda qonim bor, Men elimning Qomusini kuylayman!Konstitutsiyasi kuniga sherlar
DO`STLARGA ULASHING:
Bizning Konstitutsiya
Qomusim
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan
G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim.
Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Hur zamon
Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi toza beg‘ubor.
Ular dili orzuga to‘la,
Gard qo‘nmasin, qo‘nmasin zinhor!
Jajji qalblar intilar tinmay
Poyoni yo‘q koinot tomon.
Yuragiga o‘kinch tushmasin,
Kelajagi bo‘lsin hur zamon.
Konstitutsiya kitobi
– Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o‘qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo‘l ko‘rsatib charog‘on,
Sizni qilay farovon.
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo‘lim nurafshon bo‘ldi,
Ko‘nglim zavqlarga to‘ldi.
Sahifangni o‘qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
-O‘qib olsang kundan – kun,
Fikring bo‘ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo‘lsang har ishda,
Dono bo‘lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o‘tadi, sen kutma!
O‘qi, bedor bo‘lsang ham,
Hayotda bo‘lmaysan kam.
– Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo‘limdan hech qo‘ymayman,
O‘qiyverib to‘ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko‘nglimdagi ahdimsan!
-Iqbolimiz ko‘zlagan,
Adolatdan so‘zlagan.
Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo‘l ochgan,
Iqbol urug‘in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug‘i bo‘lsan doston!
– Mo‘tabar ona – Vatan,
Sadqa bo‘lsin jonu – tan,
Konstitutsiya haqida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuza- tishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.)
Konstitutsiyasi kuniga sherlar