Toshkent tarixi haqida faktlar

Toshkent tarixi haqida faktlar
toshkent tarixi haqida faktlar 65ca7ac37e073

qadimgi toshkentning o n ikki darvozasi 1572716414 b

Toshkent tarixi haqida faktlar

Mundarija скрыть
Toshkent tarixi haqida faktlar
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

  • Miloddan avvalgi ikkinchi asrda qadimiy Xitoy qo‘lyozmalarida shahar haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi, turli manbalarda «Shi», «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Binkat», «Tarkan» deb tilga olindi.
  • Miloddan avvalgi 175-140 yillar. Shosh, Xorazm, Sug‘diyonani o‘z ichiga olgan Qang‘ davlati gullab-yashnadi.
  • Milodiy 712-713 yillar (hijriy 95). Qutayba ibn Muslim boshliq Islom qo‘shinlari Shoshni fath etishdi.
  • 819/820 – 855/856 yillar. Shosh Somoniylar sulolasi hukmronligi ostida bo‘ldi.
  • 903–976 yillar. Shoshlik ulug‘ muhaddis va faqih Abu Bakr ibn Ismoil Qaffol Shoshiy yashab, ijod qildi.
  • 1036–1144 yillar. Taniqli faqih va muhaddis Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy yashab, ijod qildi.
  • 1404 yil. Shoshda atoqli tasavvuf olimi va davlat arbobi Xoja Ahror Valiy tug‘ildi.
  • 1576 yil. O‘zbeklar xoni Abdullaxon Shoshni bosib oldi.
  • 1588 yil. Shaharda Abdullaxonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
  • 1612–1613 yil. Shoshni Imomqulixon bosib oldi.
  • 1723 yil. Toshkentda O‘rta Osiyoda ilk bor aholi va xonadonlar ro‘yxatga olindi.
  • 1850 yil. Toshkentda 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta karvonsaroy, 11 ming hovli va 150 ming aholi bo‘lgan.
  • 1865 yil 17 may. Toshkentni Chor Rossiyasi qo‘shinlari bosib oldi.
  • 1866 yil. Muhandis M. Kolesnikov ilk bor Toshkent shahrini rejalash loyihasini ishlab chiqdi.
  • 1868 yil. Toshkentdagi okrug harbiy shtabida O‘rta Osiyodagi birinchi bosmaxona tashkil etildi.
  • 1883 yil. Toshkentda o‘zbek tilidagi ilk bosma gazeta – «Turkiston viloyatining gazeti» nashr etila boshladi.
  • 1892 yil iyuni. Toshkent aholisining tarixda «Vabo qo‘zg‘oloni» nomi bilan mashhur qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1900 yil. Gʻarbiy Ovrupaga birinchi safar qilgan toshkentlik savdogar Tojimuhammad Isomuhammad o‘g‘li xalqaro Parij ko‘rgazmasida qatnashdi, keyin esa Londonda bo‘ldi.
  • 1905 yil 19 oktyabr. Toshkent shahar Dumasi binosi oldida namoyishchilar o‘qqa tutildi.
  • 1907 yili Toshkent shahrida 23 ta madrasa bo‘lgan.
  • 1909 yili Rigadagi «Gramofon» firmasi samarqandlik mashhur hofiz Hoji Abdulaziz Rasulov ijro etgan «Iroq», «Nasrulloyi», «Ushshoq» maqomlarini alohida yelimtovoq (plastinka) qilib chiqardi.
  • 1915 yili Mulla Olim Maxdumxo‘ja Toshkandiy qalamiga mansub ikki jildli «Tarixi Turkiston» asari Toshkentda nashr etildi.
  • 1916 yili Xo‘jand, Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Toshkent, Jizzaxda rus podshosi siyosatiga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari bo‘ldi.
  • 1917 yil 14 martda toshkentlik atoqli ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligida «Sho‘roi Islomiya» taraqqiyparvar ziyolilar tashkiloti tuzildi.
  • 1926 yili Toshkentda 274 avtomobil va motosikl ro‘yxatga olindi.
  • 1942 yili toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va rafiqasi Bahri Akramovalar Ikkinchi jahon urushi tufayli yetim qolgan turli millatga mansub o‘n to‘rt bolani boqib olishdi.
  • 1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston musulmonlari vakillarining qurultoyida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazorati (idorasi) tashkil etildi.
  • 1953 yildan Toshkentda besh jildli «Ruscha–o‘zbekcha lug‘at» va Abu Ali ibn Sinoning ko‘pjildli «Tib qonunlari» asari o‘zbek va rus tillarida nashr etila boshlandi.
  • 1957 yili Toshkent viloyatidagi «Sharq yulduzi» kolxozi raisi Hamroqul Tursunqulovga uchinchi marta Mehnat Qahramoni unvoni berildi.
  • 1958 yili amerikalik mashhur qoratanli qo‘shiqchi Pol Robson Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida konsert berdi.
  • 1966 yil 26 aprelda Toshkent shahrida katta vayrongarchiliklar keltirgan kuchli zilzila bo‘lgan.

Toshkent tarixi haqida faktlar