SOHC va DOHC ma’nolari haqida
SOHC va DOHC ma’nolari haqida
/ Avto Olam / От
DO`STLARGA ULASHING:
Va’da berganimday bugun SOHC va DOHC ma’nolari haqida gaplashamiz
Kim agar «распределительный вал»ga ovoz bergan bo’lsa, to’g’ri toptingiz. Dvigatel konfiguratsiyalari boshqa mavzu va uni hali ko’rib chiqamiz. Silindr hajmini bildiradigan norasmiy so’zlashuv atamalari umuman haqiqatga yaqin variant emas edi.
Shunday qilib Val bu silindrlar ustida harakatlanadigan va havo yo’llari shuningdek gaz chiqib ketadigan klapanlarning ochilib yopilishini regulyatsiya qilib turadigan o’z navbatida mashinaning barcha aylanuvchi mexanizmlarini bog’lab turuvchi kamari(ремень ГРМ) orqali aylanadigan qismi
SOHC — single overhead camshaft. Ya’ni yagona yuqori val
DOHC — double overhead camshaft. ikki tomonlama yuqori val
Ko’pchilik DOHC belgisini neksiyalarda ko’rishgan va aynan bu belgi shu mashina ikkita yuqori valga ega ekanligini bildiradi. Buning nimasi yaxshi deyiladigan bo’lsa:
Birinchidan DOHCda nisbatan murakkab konstruksiya borligi va aylanadigan qismlari ko’pligi va shuning uchun dvigatel kattaroq bo’lib ko’rinishi , ikkinchidan yuqori RPM (aylanishlar soni/minutiga) momenti ya’ni bu konfiguratsiya katta ko’lamda aylanuvchi kuch va ot kuchi hosil qiladi, buni mashina taxometrining ko’rsatkichi tez yuqorilab ketishida ko’rishingiz mumkin. Bu albatta havo klapanlarining nisbatan effektiv boshqarilishi va volumetrik samaradorlikka ega ekanligiga ko’ra amalga oshadi.
Postlar juda uzoq bo’lyapti. Hozircha DOHC nimaga yaxshiroq ekanligi bilan cheklanib qolamiz. Lekin ikkala konfiguratsiyaning hali aytilmagan jihatlari talaygina.
Rasmda SOHC,DOHC va RPM(revolutions per minute) ko’rsatkichi tasvirlangan. RPMdagi x1000 ning ma’nosi aslida ko’rsatkich ko’rsatib turgan sonni 1000ga ko’paytirilgan shakli degani ya’ni 2000,3000,4000 va hokazo. Dvigatelning tirsakli vali minutiga shuncha marta aylanadi va buni «распределительный вал»i bilan adashtirib yubormang )
@Avtomexanik_07
SOHC va DOHC ma’nolari haqida