SHPUR haqida to’liq ma’lumot oling

SHPUR haqida to’liq ma’lumot oling

SHPUR (nem. iz) — silindrsimon kon lahimi boʻlib, burgʻilash natijasida hosil boʻladi (diametri 75 mm gacha, chuq. 5 m). Oʻlchamiga koʻra Shlar: mayda (1,5 m gacha), oʻrtacha (1,5—2,5 m) va chuqur (2,5 m dan ziyod) hamda yoʻnalishi boʻyicha — gorizontal, vertikal va qiya boʻladi. Shpurlarni burgʻilashda burgʻilash bolgʻalari, elektroparma va boshqalar yengil burgʻi mashinalaridan foydalaniladi. Shpurlar qoya togʻ jinslaridan inshootlarni oʻtkazishda, ularga portlovchi moddalarni joylashtirishda va foydali qazilmalarni maydalab urib tushirishda, gidrotexnika va yoʻl qurilishida ishlatiladi.

Malumotlar
SHPUR