GVINEYa QOʻLTIGʻI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GVINEYa QOʻLTIGʻI haqida malumot bilib oling.

GVINEYa QOʻLTIGʻI — Atlantika okeanining Ekvatorial Afrika sohillari bilan tutashgan joyidagi qoʻltiq. Shim. da Palmas va jan. da Lopes burunlari oraligida. Mayd. 753 ming km2. Eng chuqur joyi 5207 m. G. q. 2 ta qoʻltiq — Biafra va Beningga ajratilgan. Orol koʻp (Bioko, San-Tome, Prinsipi va b.). Suvining shoʻrligi 34 — 35%o, yillik t-rasi 25 — 27». Suv qalqishi yarim sutkali (2,7 m gacha). Gvineya qoʻltigʻiga Kongo, Niger, Volta, Ogove va b. daryolar quyiladi. Asosiy portlari — Lome, Lagos, Akkra, Librevil va b.

Ensiklopediya.uz
GVINEYa QOʻLTIGʻI