Yo‘lbars va eshak
Aytishlariga qaraganda qadim zamonlarda Xitoyda eshak bo‘lmagan ekan. Bir safdogar uzoq safardan qaytayotib, juda semiz va o‘taketgan ahmoq bir eshakni sotib olibdi. Uni qayiqqa ortibdi-da, o‘z yurtiga olib ketibdi. Uyiga kelgach, o‘tlasin deb, eshakni qo‘yib yuboribdi.Yo‘lbars va eshak
DO`STLARGA ULASHING:
Ko‘p o‘tmay o‘tlab yurgan eshakni yo‘lbars ko‘rib qolibdi. Yo‘lbars o‘ylab-o‘ylab oxiri: «Bu kattakon, semiz hayvon ajdar bo‘lsa kerak», degan qarorga kelibdi. «Quloqlarining uzunligini qara-ya!» Keyin yo‘lbars o‘rmonga yashirinib olibdi-da, eshakni kuzata boshlabdi. Shunda eshak birdan boshini ko‘tarib, hangrab yuboribdi. Juda dahshatli qilib hangrabdi. Jonponi chiqib ketgan yo‘lbars: «Tag‘in u meni yeb qo‘ymasin», deb nariroqqa borib, butazorga kirib olibdi, anchagacha qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrab o‘tiribdi. Keyin sekin mo‘ralasa, eshak yaylovda o‘tlab yurgan emish. Yo‘lbars yurak yutib yaqinroq kelgan ekan, eshak hyech narsa qilmabdi. Shundan keyin u yalanglikka chiqibdi-da, sekingina miyovlabdi. Eshakning jahli chiqibdi, quloqlarini silkib, hangrab yuboribdi.
Yo‘lbars: «E-e, shunday arzimagan narsaga shunchalik achchig‘lansang, tuppa-tuzuk ahmoq ekansan-ku!» — deb o‘ylabdida, yana bir miyovlabdi. Achchig‘i chiqqan eshak orqa oyoqlari bilan tepina boshlabdi. Yo‘lbars bo‘lsa:
— E-ha, tentak ekansan-ku! Qilayotgan ishing ahmoqligu o‘jarlikdan bo‘lak narsa emas, — deb hayqiribdi-yu, bir sakrab eshakning ustiga chiqib, uni g‘ajib tashlabdi.
Shundan beri odamlar bu hayvonni bekordan-bekorga achchiqlanib, tepinavergani uchun eshak deb bilishar ekan.
Yo‘lbars va eshak