Ma’lumotlarni saqlab qolishning eng foydali usullari haqida malumot

Ma’lumotlarni saqlab qolishning eng foydali usullari haqida malumot

Hozirda xotirani yaxshilash oid savolingizga manbalardan juda ko‘p ko‘rsatmalarni topish mumkin. Biz maqolamizda bu ko‘rsatmalarning eng ommaviyligi, eng effektivligi va eng muhimligi jihatidan ketma-ketlikda joylashtirib, tartiblab chiqdik. Marhamat xotirani yaxshilashga oid eng foydali ko‘rsatmalar bilan tanishing.

xotira min

O‘zingizda qiziqish uyg‘oting

Biror bir narsani yodlab qolmoqchi bo‘lsangiz – unga qiziqing. Qiziqarli narsalar ular xaqida o‘ylashga, ularga har tomonlama nazar solishga majbur qiladi. Bu esa axborotlarni xotirada yaxshilab «o‘tirishiga» sabab buladi.

Bog‘liqliklar hosil qiling

Assotsiatsiyalar hosil qilish inson ongidagi yangi va eski ma’lumotlar orasida bog‘liqliklar hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘xshatishlar qanchalik yaxshi bo‘lsa informatsiya bosh miyada shunchalik kuchliroq «o‘rnashadi».

Qismlarga bo‘lib o‘rganing

Katta hajmdagi ma’lumotlarni qabul qilishda inson diqqat-e’tibori ojizlik qilsa, axborotlarni bir necha qismlarga bo‘lib, xotiraga asta-sekin «joylashtirishga» harakat qilish kerak.

Yodlaganlaringizni qaytarib turing

Xotira dinamik jarayon hisoblangani uchun qaytarib turish yodlashning asosiy omili hisoblanadi. Yangi ma’lumotlarni tinmay qo‘shilib turishi natijasida eskilari «o‘chirila» boshlaydi. Ma’lumot uzoq turishini istasangiz tez-tez takrorlab turishni yoddan chiqarmang.

xotira 1 min

Tushunishga harakat qiling

Yodlashga harakat qilayotgan ma’lumotlarni tushunish yodlash sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Tushunish jarayoni bosh miyada yangi ma’lumotga oid «logik zanjirlarni» hosil qiladi. Bu esa axborotlarni xotirada «mixlanishiga» yordam beradi.

«Yodlashni» maqsad qiling

Kerakli axborotni yodlash uchun insonda shunga yo‘naltirilgan maqsad bo‘lishi kerak. Shundagina inson fikrlari va harakati xotiraga yordam bera oladi.

Amaliyotda qo‘llang

Olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash orqali assotsiativ fikrlash va tafakkurni jalb qilish mumkin. Bular hammasi ma’lumotlarni yodda qolishiga yordam beradi.

Agar xotirangizni juda ham kuchli qilishni istasangiz «Xotira mustahkamlashga ko‘maklashuvchi mahsulotlar» ro‘yxati bilan tanishib chiqing.

© Gepamed.uz

Kasalliklar
Ma’lumotlarni saqlab qolishning eng foydali usullari