Fitochoy haqida malumot

Fitochoy haqida malumot

Xalq tabobatida turli xastaliklarga qarshi tabiat in’om etgan giyohlardan foydalanish bizga qadimdan ma’lum.
Kimyoviy dorivor preparatlarni uzoq vaqt mobaynida uzluksiz ravishda qabul qilish inson organizmida turli noxush o‘zgarishlarning, ayniqsa, keyingi vaqtda allergik kasalliklarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli dorivor o‘simliklarga va ulardan olinadigan dorivor vositalar – fitopreparatlarga talab katta.
Quyida dorivor yig‘malardan tayyorlangan, foydali fitochoylarni havola etamiz:

“Gastrofit” fitochoyi

Tarkibi: moychechak gullari, dorixona ukropi mevalari, gulxayri ildizlari, qizilmiya ildizlari va ildizpoyalari.
Ushbu choy gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklarida, parhez bilan ularning oldini olish majmuasi tarkibida, ovqat hazm qilish, oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini meyorlash uchun mo‘ljallangan.
Tayyorlanishi: 2 gramm fitochoyga 500 ml. qaynagan suv quyib, 10-15 daqiqa davomida tindiriladi. Kun davomida 3-5 marta, ovqatlanishdan 15-20 daqiqa oldin qabul qilinadi. Muddati 1-2 oy.

O‘t haydovchi fitochoy

Tarkibi: Qalampir yalpiz barglari, oddiy bo‘yimadaron o‘ti, qumloq yoki samarqand bo‘znochi gullari, moychechak gullari, kashnich va na’matak mevalari.
Choy jigar, safro va safro chiqarish yo‘llarining funksional holatini meyorlash uchun mo‘ljallangan.
Tayyorlanishi: 2 gramm fitochoyga 500 ml. qaynagan suv quyib, 10-15 daqiqa tindiriladi. Kun davomida 3-5 marta ovqatlanishdan yarim soat oldin iste’mol qilinadi. Muddati 1-2 oy.

Vitaminli va qonni ko‘paytiruvchi fitochoy

Tarkibi: Qorag‘at mevasi, na’matak, gazanda o‘t bargi, chetan mevasi barchasi bir qismdan aralashtiriladi.
Tayyorlanishi: 1 oshqoshiq yig‘mani 2 stakan qaynatilgan suvga solib, og‘zi yopiladigan idishda qorong‘i joyda, 1 soat davomida tindiriladi. So‘ngra dokadan o‘tkazib, kun davomida 3-4 mahal yarim stakandan ichish lozim.

Kasalliklar
Fitochoy