Angina kasalligi haqida nimalar bilasiz? haqida malumot
Angina kasalligi keng tarqalgan umumiy infeksion kasallik bo‘lib tanglay murtaklarining o‘tkir yallig‘lanishidir. Angina so‘zi lotinchadan «Angere — qismoq, bo‘g‘ilmoq» degan ma’noni bildiradi.
Angina kasalligi bir necha asrdan beri ma’lum kasallik. Anginani davolash va oldini olishdan maqsad, birinchidan uning ko‘p va tez-tez uchrashi bo‘lsa, ikkinchidan umum infeksion — toksikoallergik xastaliklar bilan bog‘liq bo‘lib ichki a’zolarni va bo‘g‘imlarni shikastlantirishi mumkin. Kasallikning kelib chiqishida asosan mikroorganizmlar (A guruhidagi gemolitik streptakokk) muhim o‘rin egallaydi. Ularning zaharlari va ishlab chiqaradigan fermentlari kasallikning rivojlanishiga ta’sir etadi, kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar normada odam og‘iz bo‘shlig‘ida va bodomchasimon bezda nopotogen holatda doimo bo‘ladi, bodomcha bezlari — bolachalar og‘zini ochganda halqumning ikki tomonida, bodomni eslatadigan ovalsimon shaklda bo‘ladi.
O‘tkir angina
O‘tkir anginaning bir necha turlari mavjud. Ularga kataral, folikulyar, lakunar va yuqumli kasalliklarda uchraydigan anginalar kiradi. Kasallik bodomcha bezlari shishuvi, qizarishi, yuzalarini yiring bog‘lashi bilan kuzatiladi. Kasallik bilan ko‘proq maktabgacha, maktab yoshidagi bolalar og‘riydi. Unda tomoqda og‘riq, yutinish qiyinligi, umumiy quvvatsizlik, tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i belgilari namoyon bo‘ladi. Angina o‘zining klinik kechishiga ko‘ra 3-5 kundan 7-10 kungacha davom etishi mumkin. Davolanish jarayonida bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi, bezdagi shishlar, qizarishlar kamayadi, yiringli karashlar yo‘qoladi. Regionar limfa tugunlari kichiklashadi. O‘tkir angina ambulator sharoitda davolanadi, agarda asoratlari (paratanzilyar absess, yutqun orti absessi, tonzilogen intoksikatsiya) bilan kuzatilsa statsionar davo tavsiya etiladi. Angina kasalligining umumiy asoratlardan revmatizm va buyraklarning zararlanishi ko‘p kuzatiladi. Yuqorida asoratlar kuzatilmasligi uchun kasallik boshlanishi bilan lor vrachga uchrab lozim tavsiyalarni davom ettirish kerak.
Anginani davolash
Davolashda antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi dori-vositalar va mahalliy antiseptiklardan foydalaniladi. O‘tkir anginalar o‘z vaqtida davolanmasa, surunkali tanzillit formasiga o‘tishi kuzatiladi. Agarda yil davomida ikki uch marotaba va undan ortiq qaytalanish kuzatilsa, operativ yo‘l bilan davolanish tavsiya etiladi. Kasallikning oldini olish uchun bemor organizmini mustahkamlash va shu bilan har xil noxush tassurotlarga, sovqotish, charchash, infeksiya va hokozolarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshirish kerak. Ovqatlanish, uxlash, o‘qish yoki ishlash, dam olish rejimiga rioya qilish, gigiyenik sharoitlar, chiniqish katta ahamiyatga ega. Mahalliy chiniqtirish muolajalariga tomoqni iliq suv bilan chayqash kiradi, suv haroratini asta-sekin 15-18 gradusgacha tushiriladi. Suvga soda yoki furatsillin qo‘shish mumkin, so‘ngra oyoq vannasi dastlab 36-37 gradusli suv olinadi, so‘ngra 22-23 gradusgacha tushiriladi, buni yil bo‘yi kun ora o‘tkazish tavsiya etiladi.
Fayzullo Mamatvaliyev,
Namangan shahar bolalar shifoxonasi
LOR bo‘lim vrachi.
Mavzuga aloqador maqola: Angina: kasallik belgilari, sababi va davolash usullari
Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.
Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o’lchov stakani bilan birgalikda).
100 ml eritma tarkibi:
Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/loroben
Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
Angina kasalligi haqida nimalar bilasiz?