Sinalgan maslahatlar haqida malumot

Sinalgan maslahatlar haqida malumot

*Tishingiz oppoq yaltirab turishi uchun limon po‘stlog‘i bilan arting.
*Tish og‘rig‘ida quritilgan chinnigullarni chaynash, yaxshi foyda beradi.
*Ko‘k yoki qora choy qurug‘ini yostig‘ingiz jildiga solib uxlasangiz, uyqungiz osuda bo‘ladi.
*Tez uxlash uchun uyqudan oldin bir stakan sut yoki bir bo‘lak pishloq iste’mol qiling.
*Tomoq qirilganda qirg‘ichdan o‘tkazilgan lavlagi yordam beradi. Unga 1 choy qoshiq sirka qo‘shasiz va sharbatini siqib olasiz. Shu sharbatga tomog‘ingizni tez-tez chayib turing.
*Anorning quritilgan po‘stlog‘ini qaynatib ichish ich ketishda yaxshi yordam beradi.
*Ichqotishda esa anorni po‘stlog‘i bilan chaynab yeyish lozim.
*Tomog‘ingiz og‘rib ovozingiz chiqmay qolsa quyidagi resept yordam beradi: yarim stakan iliq sutga bitta tuxum sarig‘i qo‘shasiz va yaxshilab aralashtirgach ichasiz.
*Oshqozon bezovta qilganda 1 litr suvga 1 choy qoshiq tuz qo‘shib ichish lozim.
*1 stakan aroqqa 2 osh qoshiq quritilgan mandarin po‘stlog‘i qo‘shib bir hafta davomida tindirib qo‘ysangiz, ishtahani bo‘g‘adigan yaxshi vosita hisoblanadi.

Damlamani kuniga uch mahal ovqatdan oldin 10 20 tomchidan suvga aralashtirib ichasiz.

Kasalliklar
Sinalgan maslahatlar