DIKTATURA haqida to’liq ma’lumot oling

DIKTATURA haqida to’liq ma’lumot oling

DIKTATURA (lot. dictatura — cheklanmagan hokimiyat) — davlat hokimiyatini nodemokratik usullar b-n amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha, avtoritar yoki totalitar rejim (q. Avtoritarizm, Totalitarizm). D. ga asoslangan siyosiy rejimda xrki-miyat bir shaxsdiktator yoki bir necha shaxslarning qoʻlida markazlashadi, siyosatda zoʻravonlik va terror kuchayadi. Diktatura oʻrnatilganligi diktatorlik hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi, konstitutsiya eʼlon qilgan demokratik ququklar va erkinliklar toptalishi, vakillik organlarining huquklari cheklanishi bilan ajralib turadi. Hokimiyat toʻgʻridan-toʻgʻri zoʻravonlikka tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar D. ni ifoda etuvchi kuch sifatida namoyon boʻlsa ham, u bir shaxs yoki bir guruh shaxslarda mujassamlashadi (Qad. Rimda harbiy boshliqlar Diktaturasi va triumviratlar, mutlaq monarxlar, hoz. avtoritar tuzumlar, xuntalar va h. k.). Tarixga koʻra, biron-bir davlatda Diktatura oʻrnatilishi, odatda, ichki oʻzaro kurash gʻoyat keskin tus olgan davrlar bilan bogʻliq boʻlgan (mas., Ispaniyada Franko Diktaturasi, natsistlar Germaniyasida fashistlar Diktaturasi, sobiq shoʻrolar davrida Stalin D. si va b.).

Malumotlar
DIKTATURA