KRIPTON haqida to’liq ma’lumot oling

KRIPTON haqida to’liq ma’lumot oling

KRIPTON (lot. Krypton) , Kg – Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 36, at. m. 83,80. Havodan ajratib olingan Kripton 6 ta izotopdan tuzilgan; 78Kg (0,354% hajmiga nisbatan), 80Kg (2,27%), 82Kg (11,56%), 83Kg (11,55%), 84Kg (56,90%) va 86Kg (17,37%). Uran minerallaridan ajratib olingan Kriptonning izotop tarkibi bundan birmuncha farq qiladi, chunki 235U va 238U parchalanganda radioaktiv izotoplar, mas, 85Kg (T, =10,6 y, r-nurlanuvchi) ham hosil boʻladi. Oksidlanish darajasi +2, at. radiusi 0,198 nm, kovalent radiusi 0,109 nm. Kripton — bir atomli hidsiz va rangeiz gaz. Suyuqlanish t-rasi 119,80 K; qattiq Kriptonning zichligi 3000 kg/sm3 (OK), suyuq Kripton niki 2412 kg/m3 (120 K), gaz holatdagi Kripton niki 3745 kg/m3 (273 K, 0,1 MPa) Diamagnetik. Suv va organik moddalar bilan koʻshimchali birikmalar (klatratlar) hosil qiladi. Ultrabinafsha lazerdarda qoʻllaniladigan eksimer birikmalar, mas, KrF, KrCl, KrBr, KrO lar maʼlum.

Atmosferada hajmi jihatidan 1,1410~~4% K. boʻlib, uning atmosferadagi zahirasi 5,3-1012 ga teng. Tarkibida uran boʻlgan mineral gazlarda 2,5 — 3,0% K. bor. Yadro reaktorlarining nurlangan yoqilgʻilarida 0,04% gacha Kripton boʻladi. Koinotda 6-107 atom Ne ga 1 atom Kripton toʻgʻri keladi. Kriptonning kimyoviy birikmalaridan faqat kripton diftorid KrF2 va uning hosilalari, mas, KrFT, SbF~, Kr,F,AuF», KrH+, Ta2 F~ olingan. Kripton havoni parchalashda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi. Choʻgʻlanma lampalar, gazorazryad va rentgen trubkalarni toʻldirishda qoʻllanadi. Kriptonning radioaktiv izotopi 85Kg tibbiyotda r-nurlanuvchi sifatida hamda vakuum uskunalaridagi yoriqlarni aniqlashda, korroziya hodisalarini tekshirishda, detallarning yedirilishini nazorat qilishda qoʻllanadi.

Malumotlar
KRIPTON