GELIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GELIY haqida malumot bilib oling.

GELIY (lot. Helium) , He—Mendeleyev davriy sistemasining sakkizinchi guruh kimyoviy elementi, tartib rakami 2, at. m. 4,0026, rangsiz va hidsiz gaz. Tabiiy Geliy ikki izotop aralashmasidan iborat (3Ne, 4Ne). 1868-y. da fransuz astronomi J. Jansen va ingliz astronomi R. Lokyer quyosh spektrida yangi sariq chiziqni aniqladilar. U oʻsha vaqgda maʼlum boʻlgan elementlar chizigʻiga sira oʻxshamasdi. Bu nomaʼlum elementga Geliy deb nom berildi (yun. helios — quyosh). 1895-y. da ingliz kimyogari U. Ramzay G. ni radioaktiv kleveit mineralidan olishga muvaffaq boʻldi. Kleveitni qizdirilganda ajralib chiqqan gaz spektrida ham oʻsha chiziq bor edi. Yerda Geliy juda kam: 1 m3 havoda bor-yoʻgʻi 5—24 sm3, 1 kg yer moddasida 0,003 mg Geliy bor. Geliy fazoda eng koʻp tarqalgan elementlardan biri (vodoroddan keyin 2-oʻrinda turadi). Kosmos massasining deyarli 23% i G. dan iborat. U hajm jihatidan yer atmosferasining 0,0005% ini tashkil etadi. Yer yuzida Geliy asosan Yer poʻstidagi radioaktiv elementlar (kleveit, monatsit va torianit) tarkibida uchraydi. Geliy sanoat miqyosida tabiiy gazlardan va neft gazlarining uglevodorodli yoki azotli birikmalaridan olinadi. Koʻpgina neft va gaz konlarida tabiiy Geliy zaxiralari bor. Yer yuzidagi Geliyning asosiy qismini 4Ne tashkil etadi. 4Ne uran, toriy kabi radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil boʻladi. 3Ne juda oz miqdorda uchraydi. Tarkibida 2 g uran va 10 g toriy tutgan 1 t granit radioaktiv parchalanganda 1 mg Geliy ajralib chiqadi. Atmosferada vodorodning ogʻir izotopi tritiy (T) parchalanganda 3Ne hosil boʻladi. Geliy normal sharoitda bir atomli gaz. Zichligi 0,17846 g/l, qaynash t-rasi — 268,9°. G. normal bosimda har qancha sovitilganda ham suyuq holatini saqlay oladigan yagona modda. G. 2,5 MPa bosim ostida kristallanadi. Issiqlik oʻtkazuvchanligi 0,1437 Vt/(m. k.). G. atomining radiusi 0,85 dan 1,33 Ye gacha. 20° da 1 l suvda 8,61 sm3/l, etanodda 3 sm3/l G. eriydi. 4Ne izotoplaridan iborat suyuq Geliyning ajoyib xossalari bor. U tarkibida Geliy boʻlgan tabiiy gazlardan olinadi. Geliyning inertlik xossasidan metallarni qirqishda, payvandlash va oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda foydalaniladi. Geliyning yonmasligi va zichligining kichikligi stratostatlarni toʻldirishda qoʻl keladi. Geliy yuqori issiqlik oʻtkazuvchanligi, kimyoviy inertligi, yadro reaksiyasidagi neytronlar bilan deyarli reaksiyaga kirishmasligi tufayli atom reaktorlarini sovitishda qoʻllaniladi. Suyuq holdagi Geliy yer yuzidagi eng sovuq suyuqpikdir, u turli ilmiy tekshirishlarda sovutkich sifatida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GELIY