GANCHKORLIK haqida malumot bilib oling.
GANCHKORLIK — badiiy hunarmandlik turi; amaliy sanʼatning ganchda ishlash bilan bogʻliq sohasi. Binolarni bezashda, meʼmoriy detallar ishlashda, de. vor va shiftlarni suvashda, bezak shakllar hamda oʻyma naqsh va tasvirlar yaratishda keng qoʻllaniladi. Ganchkorlikda bezak ikki usulda bajariladi: uymakori usulida bino devori ganch suvoq qilinib, bezatiladigan qismiga naqsh ishlanadi (q. Ganch oʻymakorligi); qolipaki usulida tayyor bezak ganch taxtalarida bezatiladigan sirtga oʻrnatiladi. Qolipaki usuli bezakni birdaniga koʻp mikdorda tayyorlash imkonini beradi (hozir korxonalarda qoliplar yordamida ham koʻp nusxada tayyorlanadi).
Oʻzbekistan hududida ganchning mulligi hamda unda ishlashning qulayligi Ganchkorlikni qadimdan maxsus kasb sifatida shakllanishiga sabab boʻlgan; mahobatli binolar qurilishi va umuman meʼmorlik, amaliy va tasviriy sanʼat rivoji bilan uzviy bogʻliq holda rivojlangan. Qadimdan tosh, gʻisht, sopol, yogʻoch bilan bir qatorda ganchdan ham keng foydalanilgan; uyma naqsh va tasvir ishlashga qulayligi esa ganch oʻymakorligini rivojlantirgan.
Ensiklopediya.uz
GANCHKORLIK