GOʻZAL QORA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOʻZAL QORA haqida malumot bilib oling.

GOʻZAL QORA — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik i. t. in-tining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasida M. S. Juravel, AM. Negrul, G. K. Muhamedovlar tomonidan Kattaqoʻrgʻon va Dodrelyabi navlarini chatishtirib olingan duragay urugʻlardan chiqarilgan. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, yumaloq, 500—600 g keladi. Shingil va gʻujumlari oʻrtacha tigʻiz. Mevasi yirik, koʻkish-qora rangda. Goʻzal qora kurtak yozgandan boshlab faol harorat yigʻindisi 2800°da 136 kunda — avg. oyi oxirlarida pishadi. Hosildorligi 220—240 s/ga. Kasalliklar bilan kam zararlanadi. Asosan yangiligida isteʼmol etiladi va mayiz solinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
GOʻZAL QORA