QORAPOʻCHOQ haqida to’liq ma’lumot oling

QORAPOʻCHOQ haqida to’liq ma’lumot oling

QORAPOʻCHOQ, Qorapoʻchoq 3 7 44 — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik i. t. in-tida chiqarilgan. Shakli choʻziq-tuxumsimon, uz. 32—45 sm, sirti tekis, oʻrtacha boʻrtmali toʻrlar bilan qoplangan. Tusi toʻq yashil, etining qalinligi 4—4,5 sm. oq, yumshoq, bir oz tigʻiz, shirin. Ogʻirligi 4—4,5 kg (9 kg gacha). Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda. Tarkibida 9,8% qand, 11,7% quruq modda bor. Saqlanish davomida shirinligi ortib boradi. Niholi unib chiqqanidan soʻng birinchi hosili 124 kunda pishadi. Hosildorligi 300—320 s/ga. Yaxshi saqlanadi, uzoq joylarga yuborishga yaroqli. 1949-y. dan Fargʻona vodiysida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.

Malumotlar
QORAPOʻCHOQ