Ko’krak uchini chiqarish — massaj usullari, maxsus vositalar, tibbiy davolash yo’llari
Yassi yoki ichakriga tortilgan ko’krak uchi (huddi ko’krakda yashiringandek ko’rinadi) erkaklar va ayollarda ham uchraydi. Bu muammoning potensial sabablari ko’p: ayrim odamlarda bu tug’ilganidanoq bo’ladi, ayrimlarda esa kasalliklar tufayli rivojlanadi. Agar ko’krak uchi (so’rg’ich) yassiligi bolalikdan yoki o’smirlik davridan buyon kuzatilmagan bo’lsa va hozirda bu bilan bog’liq qandaydir muammolarni sezsangiz, unda mutaxassis bilan maslahatlashing. Agar siz 50 yoshdan katta bo’lsangiz va ko’krak shaklidagi o’zgarishlarni sezsangiz, darhol shifokor bilan maslahatlashing va ko’krak bezi saratoni predmetiga tekshiruvlardan o’ting.
Umuman olganda, ichkariga tortilgan ko’krak uchi estetik nuqtai nazaridan noqulayliklar yetkazishi, murakkabroq hollarda esa emizish vaqtida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Yaxshiyamki, ushbu muammoni hal qilishning turli yo’llari bor — manual stimulyatsiya (mashqlar, massaj) maxsusu vositalar va jarrohlik.
Harakatlar rejasini tuzish
Ko’krak uchi inversiyasi darajasini aniqlash
Ustki kiyimingizni yechib, oyna qarshisiga turing. Ko’krakni areola (ko’krak so’rg’ichini o’rab turuvchi to’q rangli doira) chekkalari bo’ylab bosh va ko’rsatkich barmoq bilan, so’rg’ichdan taxminan 2.5 sm oldin qising. Ko’krak uchining reaktsiyasiga qarab, inversiyaning uch darajasini farqlash mumkin.
- 1-daraja. Ko’krak uchi areola ozgina qisilganda ham osonlikcha chiqadi. Agar areola qo’yib yuborilsa, ko’krak uchining chiqqanligi bir muddat saqlanib turadi, so’ng yana joyiga qaytadi. 1-darajali ko’krak uchining ichkariga tortilganligi emizishda qiyinchilik tug’dirishi dargumon, ammo estetik va psixologik noqulayik yetkazishi mumkin.
- 2-daraja: Ko’krak uchi areola qisilganda chiqadi, ammo osonlik bilan emas. Bosim to’xtatilgach, darhol ichkariga qaytib kiradi. 2-darajali ko’krak uchi ichkariga kirganligi, ehtimol, emizishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Bu shuningdek ko’pincha o’rtacha fibroz bilan bog’liq bo’ladi va sut kanallarining biroz tortilishi bilan birga kechadi.
- 3-daraja: Ko’krak uchi yassi va hech qanday manipulyatsiyaga javob qaytarmaydi. Bu so’rg’ich inversiyasining eng jiddiy darajasidir va sezilarli fibroz va sut kanallarining tortilishi bilan kechadi. Ko’krak uchining 3 darajali inversiyasida tez-tez infektsiyalar uchraydi yoki ko’krakda toshma paydo bo’lishi mumkin, emizish esa deyarli imkonsizdir.
Ikkala ko’krakni ham tekshirib ko’ring, chunki bir vaqtning o’zida har ikkita so’rg’ich ham ichkariga tortilmagan bo’lishi mumkin.
Ko’krak uchi ichkariga tortilishi sabablari
Agar sizda so’rg’ichlar bolalikdan yoki o’smirlikdan shunday ko’rinshda bo’lgan bo’lsa, unda bu holat biron bir kasallik alomati bo’lishi dargumon. Agar o’zgarishlar yaqinda yuz bergan bo’lsa va ayniqsa siz 50 yoshdan oshgan bo’lsangiz, buning sababchisi kasallik yoki infektsiya bo’lishi mumkin. Saraton va boshqa jiddiy patologiyalar (infektsion kasalliklar va yallig’lanish jarayoni) ko’krak uchining inversiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
- Agar yoshingiz 50 yoshdan oshgan va ko’krak so’rg’ichi odatdagindan ko’ra koproq yassiroq yoki ichkariga kirib ketgan bo’lsa, darhol ko’krak saratoni predmetiga tekshiruvdan o’ting.
- 50 yoshdan oshgan ayollar Pedjet kasalligi rivojlanish xavfi ostidadir.
- So’rg’ichdan pushti ajralma chiqishi, uning zichlashishim ustida qobiq paydo bo’lishi, so’rg’ich atrofidagi terining qipiqlanishi ko’krak saratoni belgisi bo’lishi mumkin.
- Agar so’rg’ichlardan kir-oq, yashil yoki qora ajralmalar chiqsa, shifokorga murojaat qiling.
- So’rg’ichlarning sezuvchanligini oshishi, ularning qizarishi va zichlashishi sut kanallari bilan bog’liq muammolarning belgisi bo’lishi mumkin.
- Agar og’riqli shish paydo bo’lsa, u bosilganda yoki kesilganda yiring chiqsa va buning foinda isitma chiqsa, bu areola abstsessi bo’lishi mumkin.
Davolash usulini tanlash
Davolash usuli ko’krak uchining ichkariga kirganligi darajasi va sababi, shuningdek emizishni rejalashtirayotganlikka bog’liq.
- Agar ko’krak uchi inversiyasining 1-darajasi bo’lsa, unda manual usullar fibrozni zaiflashtirish va ko’krak uchini normal holatga keltirishi mumkin.
- Agar sizda ko’krak uchi inversiyasining 2 yoki 3 darajalari bo’lsa, yaxshisi shifokorga murojaat qiling, shunda u siz uchun indivudal davolash rejasini tuzib beradi. Ba’zi hollarda noinvaziv usullar juda samarali bo’lishi mumkin, boshqa hollarda esa eng yaxshi yechim jarrohlik aralashuvi bo’ladi.
- Agar siz homilador bo’lsangiz yoki emizishni boshlamoqchi bo’lsangiz, shifokorga yoki emizish bo’yicha konsultantga murojaat qiling.
Ko’krak uchini chiqarish uchun manual texnikalar
Har ikki bosh barmoqni ko’krak so’rg’ichining qarama-qarshi tomonlariga, asosiga qo’ying. Barmoqlaringizni qarama-qarshi yo’nalishda bir-biridan torting. Bu harakatlarni barcha yo’nalishlarda — yuqoriga-pastga va yon tomonlarga bajaring.
- Dastlab mashqni kuniga ikki marta bajaring, so’ng tobora besh martagacha oshiring.
- Ushbu mashqlar ko’krak uchi asosidagi uning tortilishiga sabab bo’lgan yopishishlarni buzadi deb hisoblanadi.
So’rg’ichni bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasida kuniga bir necha marta aylantiring. So’rg’ichni ehtiyotkorlik bilan torting va uni cho’zilgan holatda saqlab, barmoqlar orasida aylantirib turing. So’ng, sochiqni sovuq suv bilan namlab, u bilan ko’kraklarni artib oling.
Maxsus vositalar
Ko’krak chashkachalari sotib oling
Ular homilador ayollar uchun do’konlarda va internet do’konlarda sotiladi. Ko’krak chashkachalari yumshoq, biroz qavariq disk bo’lib, markazda ko’krak uchini oldinga itaradigan kichik bir teshikka ega bo’ladi.
- Ko’krakni ko’krak chashkachasiga joylashtiring, so’rgichni esa kichik teshikchaga.
- Ularni futbolka, ko’ylak yoki ichki kiyim ostida taqib yuring. Ushbu chashkachalarni yashirish uchun qo’shimcha kiyim qatlami kerak bo’lishi mumkin.
- Emizishga tayyorgarlik ko’rayotgan bo’lsangiz, chachkachani emizishdan kamida 30 daqiqa oldin taqing.
- Ko’krak chashkachalari ko’krak uchiga yengil bosim hosil qilib, uni qo’zg’algan holatda saqlab turadi. Ushbu usul ichkariga kirib ketgan so’rg’ichlarni davolash uchun ayollar va erkaklar tomonidan ishlatilishi mumkin.
- Bunday chashkachalar ayollarda laktatsiyani va emizishni rag’batlantirishi mumkin. Emizikli ayollarga bunday chashkachalarni doimiy ravishda, ayniqsa, bir necha kun davomida taqish tavsiya qilinmaydi. Agar chashkachalarni emizish vaqtida ham taqsangiz, ularni vaqti-vaqti bilan issiq suv va sovun yordamida yuvib turing.
- Chashkalarni taqganda ko’krak atrofiga e’tibor qarating, chunki ular toshma toshishiga sabab bo’lishi mumkin.
Sut so’rib oluvchidan foydalaning
Agar homilador bo’lsangiz yoki ko’krak suti bilan emizsangiz, ko’krak uchini chiqarish uchun ushbu qurilmadan foydalaning. Bugungi kunda ularning ko’plab turlari mavjud. Har biridan foydalanishda unga biriktirilgan yo’riqnomaga amal qiling.
Invert shpritsdan foydalaning
Ko’krak uchini 10 ml`li toza shprits bilan oldinga tortish mumkin (shpritsning o’lchami ko’krak so’rg’ichining kattaligiga qarab farqlanishi mumkin).
- Toza, o’tkir qaychi yordamida, shpritsning uchini «0 ml» belgisi (shprits porsheniga qarama-qarshi tomonda) joylashgan nuqtada kesib tashlang.
- Porshenni chiqarib oling va uni hozir kesgan tomoningizdan kiriting. Porshen oxiriga ketgunicha bosing.
- Shpirtsning kesilmagan tomonini so’rg’ich ustidan qo’ying va porshenni torting.
- Noqulaylik his etsangiz, porshenni tortishni to’xtating.
- Shpritsni olib tashlashdan oldin, bosimni kamaytirish uchun porshenni biroz oldinga itaring.
- Jarayon bajarilgandan so’ng, shpritsning barcha qismlarini sovunli issiq suvda yuvib tashlang.
- Bundan tashqari, huddi shunday ishlaydigan maxsus tibbiy asbob sotib olishingiz mumkin.
Maxsus vositalar orasida «Nippete» va «Supple Cups» nomli korrektorlar ham mavjud.
Tibbiy davolash
Muammoni jarrohlik yo’lisiz bartaraf etish afzal bo’lsa-da, ayrim hollarda eng yaxshi yechim operatsiya bo’lishi mumkin. Bunday operatsiyalarda qo’llaniladigan eng zamonaviy usullar sut kanallariga zarar yetkazmasdan ko’krak inversiyasini to’g’irlash imkonini berdi, shu bilan birga, operatsiyadan keyin ham emizishni davom ettirish mumkin bo’ladi. Jarroh bilan maslahatlashing, u sizga operatsiya kerakmi, yo’qmi, aniqlab beradi.
- Ushbu qisqa operatsiya mahalliy anesteziya ostida ambulatoriya sharoitida amalga oshiriladi. Uyga operatsiya kunidayoq qaytish mumkin bo’ladi, chunki bu jarrohlik minimal invazivdir. Operatsiyadan keyingi kun, ehtimol siz kundalik ishlarga qayta olasiz (masalan, ishga chiqish).
- Kelgusi operatsiyani shifokor bilan muhokama qiling. Amaliyot qanday amalga oshirilishi va qanday natijalar kutish kerakligini bilib oling.
- Shifokor sizning holatingiz sabablarini baholash uchun sizning anamnezingizni diqqat bilan o’rganib chiqishi kerak.
Operatsiyadan oldin va keyin shifokor bergan barcha ko’rsatmalarga diqqat bilan amal qiling.
Maslahatlar
Ba’zi ko’krak chashkalari ikkita kattalikdagi teshikka ega: kattaroqlari yallig’langan va sezgir so’rg’icharni himoya qilish uchun mo’ljallangan, ko’krak inversyiyasi holatida mayda teshikli chashkachalarni olish kerak.
Ogohlantirishlar
Ko’krak uchini chiqarishning ba’zi usullari homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi. Homilador bo’lsangiz, ko’krak inversiyasi muammosini hal qilishdan oldin shifokoringiz bilan bog’laning.
Ayollar uchun
Ko’krak uchini chiqarish — massaj usullari, maxsus vositalar, tibbiy davolash yo’llari