VILDANOV Rumil Jiangirovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VILDANOV Rumil Jiangirovich haqida malumot bilib oling.

VILDANOV Rumil Jiangirovich (1939.24.11, Bishkek – 1987.18.2, Moskva, Toshkentda dafn etilgan) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkent konservatoriyasini (1962, kompozitsiya boʻyicha) bitirgan. 1962—68 y. lari va 1982-y. dan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi. 4 simfoniya (1962, 1967, 1968, 1971), 2 fortepiano (1965, 1968) va skripka (1968) konsertlari, oratoriya, kantata, simfonik poema, torli kvartet va b. kamer asarlar, xor, romans va qoʻshiqlar muallifi. 1970-y. lardan asosan kinomusiqa b-n shugʻullangan. 100 dan ortiq badiiy, hujjatli, multiplikatsion va telefilmlarga musiqa yozgan. Muqimiy teatrida «Oʻn ikkinchi kecha», (Shekspir asari asosida, 1971), «Andro va Sandro» (T. Xugayev asari asosida, 1975) musiqali komediyalari, Navoiy teatrida «Notanish ayol», «Zaharlangan hayot», «Elegiya» bir aktli baletlari sahnalashtirilgan (1980). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

Ensiklopediya.uz
Vildanov Rumil Jiangirovich