AMLORUS tabletkasi
Tabletka Amlodipin bezilat moddasi — 2,5 mg, 5 mg va 10 mg dozada chiqadi. Sekin kalsiy kanallari blokatori. Digidropiridin hosilasi – “sekin” kalsiy kanallari blokatoridir, antigipertenziv va antianginal taʼsir koʻrsatadi. Kalsiy kanallarini bloklaydi, xujayraga kalsiy ionlarini membrana orqali oʻtishini kamaytiradi (kardiomiotsitlarga nisbatan qon tomirlarning silliq mushaklariga koʻproq darajada). Antigipertenziv taʼsiri qon tomirlarga bevosita qon tomirlarni kengaytiruvchi taʼsiri bilan bogʻliq. Davomli dozaga bogʻliq antigipertenziv taʼsir koʻrsatadi. Amlodipin miokard ishemiyasini (antianginal taʼsir koʻrsatadi) 2 yoʻl bilan kamaytiradi: 1 ) periferik arteriolalarni kengaytiradi va shu orqali qon tomirlarning periferik umumiy qarshiligi kamayadi, yurakka keyingi yuklamani kamaytiradi, bunda yurak qisqarishlari tez-tezligi deyarli oʻzgarmaydi, bu energiyani sarflash va miokardni kislorodga boʻlgan ehtiyojini kamayishiga olib keladi. 2 ) miokardning oʻzgarmagan va ishemiyaga uchragan sohalarida koronar va periferik arteriyalar va arteriolalarni kengaytiradi, bu miokardga kislorod kelishini oshiradi (ayniqsa vazospastik stenokardiyada), miokard ishemiyasining yaqqolligini kamaytiradi va koronar arteriyalar spazmi rivojlanishini oldini oladi (shu jumladan chekish oqibatidagi). Arterial gipertenziyada bir martalik doza 24 soat davomida arterial bosimni (AB) klinik ahamiyatli pasayishini taʼminlaydi (bemorni “yotgan” va “turgan” xolatida). Amlodipinning taʼsiri sekin boshlanishi tufayli arterial bosimni toʻsatdan pasayishini chaqirmaydi. Jismoniy yuklamaga tolerantlikni va chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmini kamaytirmaydi. Stenokardiyasi boʻlgan bemorlarda bir martalik sutkalik dozasi jismoniy yuklama bajarish vaqtini oshiradi, stenokardiya va ST segmentini “ishemik” depressiyasi rivojlanishini oldini oladi, stenokardiya xurujlari va nitroglitserin isteʼmol qilish tez-tezligini kamaytiradi. Chap qorincha gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi. — Arterial gipertenziya (monoterapiya yoki boshqa gipotenziv vositalar bilan majmuada). Ya’ni qon bosim oshganda qabul qilinadi. — Stabil zo‘riqish stenokardiyasi, vazospastik stenokardiya (Printsmetal stenokardiyasi) (monoterapiya yoki boshqa antianginal vositalar bilan majmuada) qo‘llanadi. Qon bosimni tushirish uchun kuniga 1 tabletka 5 mg dozaligini qabul qilish buyuriladi. Keksalarda va jigar faoliyati yaxshi bo’lmagan holatlarda sutkasiga 2,5 mg dozalik 1 tabletka qabul qilish buyuriladi. Eslatib o’taman , preparatni yuqorida instruksiyasida qanday ko’rsatilgan bo’lsa shunday yozdim. Lekin qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Qabul qilish dozasiga o’zgartirish kiritishi mumkin, holatga qarab. To’piq va panjalarda shish , qon bosimini tushib ketishi kuzatilishi mumkin agar doza oshirilib yuborilsa, ko’krak qafasida og’riq , bosh og’rigi , bosh aylanishi va qorinda og’riq kuzatilishi mumkin. — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda. — Qon bosimi past bo’lgan vaqtda yoki qon bosimi past yuradiganlarda mumkin emas. — Kardiogen shokda va miokard infarktining birinchi 1 oyligida mumkin emas. — Nostabil stenokardiyada mumkin emas. — 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda mumkin emas. — Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas . 💉Qo’llash — retsept bilan 💉Ishlab chiqaruvchi — RossiyaAMLORUS tabletkasi
DO`STLARGA ULASHING:
Amlorus tabletkasi
#Амлорус таблеткаси
💊DORI SHAKLI 👇
💊TARKIBI 👇
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
💊TA’SIR QILISH MEXANIZMI 👇
💊QO’LLANILISHI 👇
💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇
🔰ANALOGLARI QAYSILAR 👇
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,, ТАБЛЕТКА » kanali
AMLORUS tabletkasi