UYQUSIZLIKNI NIMA KELTIRIB CHIQARADI?
UYQUSIZLIKNI NIMA KELTIRIB CHIQARADI?
DO`STLARGA ULASHING:
👨⚕UYQUSIZLIKNI NIMA KELTIRIB CHIQARADI?📚💊
✅Uyqusizlikning sabablari juda xilma-xil bo’lib, noto’g’ri ovqatlanishdan torib, to gormonal kasalliklargacha boradi. Uyqu chuqurligi va davomiyligiga ta’sir qiluvchi eng keng tarqalgan omillar quyidagilardan iborat:
✅Noqulay yoki noodatiy uyqu uchun sharoitlar: shovqinli yoki yorug’ xonalar, issiq, sovuq, xonada kislorod miqdorining kamligi, tutun aralashmalari, ayniqsa tamaki tutuni, o’tkir hidlar, noqulay to’shak, yostiq va hokazo.
✅Yotishdan oldin yoki kun davomida asab faoliyatini rag’batlantiradigan oziq-ovqat, ichimlik yoki preparatlarni qabul qilish (qahva, ko’k choy, shokolad, kola, va kofein va guarana asosli «tetiklashtiruvchi» ichimliklar). Tamaki tutunida mavjud bo’lgan nikotin hatto passiv chekishda ham uyquga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
✅Turmush tarzidagi o’zgarishlar, shu jumladan qisqa muddatli: sayohat, ish safari, mehmonchilikka borganda, ish, yashash joyini, nikoh holatini o’zgartirish;
✅Kasalliklar, ular nafaqat kasallik alomati sifatida uyqusizlik bilan bog’liqligi, balki og’riq, jig’ildon qaynashi, talvasalar, tez-tez siyish, yo’tal, nafas olish bilan bog’liq qiyinchiliklar, ichki va tashqi qo’zg’atuvchilarga haddan tashqari javob reaktsiyasi tufayli ham uxlashga yo’l qo’ymaydi.
✅Organizmdagi fiziologik gormonal o’zgarishlar ham qisqa muddatli uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Ayollar ko’pincha hayz oldi va hayz paytida uyqu bilan bog’liq muammolarga duchor bo’lishadi, ulardan ko’pincha uyqusizlik 3 kundan buyon o’tib ketmayotganligi shikoyatini eshitish mumkin. Usbu fiziologik jarayonlar tufayli gormonal muvozanatning buzilishi taxminan 3-4 kun davom etadi. U davolashni talab qilmasdan mustaqil ravishda yechim topadi;
✅Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish uyquga ta’sir qiladi. Sitramon tarkibidagi kofein asab tizimining qo’zg’alishiga olib keladi. Shamollashlarda qo’llaniladigan bronxolitin va tarkibida psevdoefedrin bo’lgan dorilar uyqusizlikka olib kelishi mumkin;
✅Tsirkad va sutkalik ritmning buzlishi: boshqa vaqt zonalariga o’tish, kunduzgi va kechki ish smenalarining almashinib kelishi, kechki vaqtda faol dam olish va o’yin-kulgu qilish, shuningdek dam olish kunlari uzoq uxlash odati;
✅Turli og’irlikdagi depressiv holatlar.
UYQUSIZLIKNI NIMA KELTIRIB CHIQARADI?