Google’ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat

Google’ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat
googlega togri sorov yuborish boyicha 5 maslahat 65cadda80f610

photo 2021 05 04 00 32 22

Google’ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat

DO`STLARGA ULASHING:

Google’ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat (https://telegra.ph/file/0add062b92b405cd65576.png)🔎

XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisi uchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin.

1️⃣. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish
Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan:
“the best programming language”

2️⃣. Yulduzcha belgisi
Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan:
“twinkle twinkle little star how I * what you are”

3️⃣. So‘zlarni filtrlash
Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan:
“the best programming language for a beginner -python”
⚠️ Izoh: Qidiruv natijalarida Python dasturlash tili bo‘lmaydi.

4️⃣. Fayllar bo‘ylab izlash
Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan:
“python presentation filetype:pptx”

5️⃣. Ortiqcha belgilar
So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi.

Google’ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat