Allergik kasalliklarni aniqlashda qanday tekshiruv usullari qo‘llaniladi?
❓Allergik kasalliklarni aniqlashda qanday tekshiruv usullari qo‘llaniladi? 🔻 Umumiy qon tahlili. Bunda eozinofillar oshishini kuzatamiz va organizmda autoimmun kasallik kechayotganini bilamiz.Allergik kasalliklarni aniqlashda qanday tekshiruv usullari qo‘llaniladi?
DO`STLARGA ULASHING:
🔻 Qondagi IgE miqdori. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqi va ichki allergenlarga organizmda antitela hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.
🔻 Teri sinamalari. Bu usulda teriga qo‘yilgan sinama orqali aynan kaysi allergenga allergiya borligi aniqlanadi.
🔻 Provokatsion testlar. Bunda allergen burun, ko‘z, og‘iz orqali kiritiladi, bu usul teri sinamasi va allergopanel orqali javob olinmaganda ishlatiladi.
🔻 Allergopanellar. Qon orqali qaysi allergenga allergiya borligi aniqlanadi.
🔻 Eliminatsion testlar. Ovqat allergiyasida qo‘llaniladi, ratsionda iste’mol qilinadigan ovqatlarni cheklash yordamida sababchi aniklanadi.
Allergik kasalliklarni aniqlashda qanday tekshiruv usullari qo‘llaniladi?