Devid Livingston Viktoriya sharsharasini kashf qilgan kun
Bugun 17-noyabr — Devid Livingston Viktoriya sharsharasini kashf qilgan kun Janubiy Afrikadagi sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan nuqtalardan biri – bu Zambezi daryosidagi sharsharadir. Balandligi 108 m va kengligi 1800 mli sharsharani oldida shu yerliklarga nisbatan juda issiq kiyingan kishini tasvirlovchi haykal bor. Bu savlatli britaniyalikning ismi Devid Livingston, u yevropaliklar ichida birinchi bo’lib, 1855-yil 17-noyabrda bu ulkan sharsharani ko’rgan va uni britaniya qirolichasi sharafiga –Viktoriya deb atagan. Mahalliy aholi esa o’zgacha — “shaqildoq tutun” deb ataydi. Sharsharani birinchi marta ko’rgan Livingston uni juda obrazli qilib tasvirlab sharsharani qor bo’roniga o’xshash bahaybat parda deb ataydi. U shunday deydi: “Angliyada ko’rganlarimning birontasi uning go’zalligiga tenglasha olmaydi. Yevropaliklar oldin hech qachon bunday narsani ko’rmaganlar. Bu joy shunday ajoyibki, farishtalar ham osmondan tomosha qilsalar kerak.”Devid Livingston Viktoriya sharsharasini kashf qilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
Devid Livingston Viktoriya sharsharasini kashf qilgan kun