Bugun 4-dekabr – Xalqaro banklar kuni
Bugun 4-dekabr – Xalqaro banklar kuni 2019-yil 9-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan 74/245 rezolyutsiyaga muvofiq, banklarning jahon iqtisodiy barqarorligi, mamlakatlarning moliyaviy holati, insoniyat turmush tarzini yaxshilashdagi ahamiyatini hisobga olib, har yilning 4-dekabr kunini Xalqaro banklar kuni sifatida nishonlash belgilangan. 2015-yil 27-sentyabr kuni BMTning Addis-Abeba (Efiopiya)da o‘tkazilgan rivojlanishni moliyalashtirish bo‘yicha Uchinchi xalqaro konferensiyaning Harakatlar dasturida ham global muammolarni hal qilishda moliyaviy tashkilotlar, bank muassasalari rolini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Xalqaro banklar kunini unga aʼzo davlatlar, xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda, milliy manfaatlardan kelib chiqib, banklarning barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi ahamiyatini eʼtiborga olgan holda munosib nishonlash tavsiya etilgan.Bugun 4-dekabr – Xalqaro banklar kuni
DO`STLARGA ULASHING:
Bugun 4-dekabr – Xalqaro banklar kuni