Eng katta suzuvchi archa.
Eng katta suzuvchi archa. Jahonga mashhur Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida dunyodagi eng ulkan suzuvchi archa yaratilgan. Balandligi 85 metrni, og’irligi esa salkam 542 tonnani tashkil etadigan bu archa Lagoa ko’lidagi ulkan platformaga o’rnatilgan. Archa 3.1 million chiroqchalar bilan yoritilgan. To’rt fasl o’zgarishini tasvirlashi bilan birga juda ko’p aholini e’tiborini tortadi va tabiiyki sayyohlar uni tomosha qilmay turib Rio-de-Janeyroni tark etishmaydi. U suvda joylashgan eng katta archa sifatida rasman Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu esa Braziliyada ham Yangi yil bayrami juda katta tayyorgarliklar bilan kutib olinishidan dalolat beradi.Eng katta suzuvchi archa.
DO`STLARGA ULASHING:
Eng katta suzuvchi archa.