Bolalarda enterobioz
Enterobioz — parazitar kasallik bo‘lib, bu ichaklarni kichik parazitlar bilan zararlanishidan kelib chiqadi. SABABLARI Kasallik Enterobius vermicularis (Ostritsa) gijjaning ichakni zararlashi natijasida yuzaga keladi. Kasallik uy-ro’zg’or buyumlari, iflos qo’llar orqali maishiy-kontakt yo’l orqali yuqadi. Shuningdek, infektsiya ifloslangan suv yoki gelmint tuxumlari bilan zararlangan changdan nafas olish yo’li bilan yuqishi mumkin. BELGILARI Enterobiozga xos alomatlar: kuchli qorin og’rig’i; yuzidagi oq dog‘lar; tishini g‘ichirlatishi(uyqu paytida) uyqu buzlishi(kuchli qichishish hisobiga) ko’ngil aynish; quruq og’iz; anus atrofida qichishish (kechasi yomonlashadi); ishtaha pasayishi; xotira pasayishi yolg’on chaqiriq(defekatsiya); meteorizm; diareya; umumiy intoksikatsiya (bosh og’rig’i, bosh aylanishi). DIAGNOSTIKA Enterobiozni qanday davolashni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlarni amalga o‘tqazamiz: umumiy ko‘rik; najasni tahlil qilish(Parazitlarga); perianal sohadan olingan sutmani mikroskopik tekshirish. DAVOLASH Ko’p odamlar enterobiozni qanday davolash qiziqtiradi. Enterobioz uchun zarur bo’lgan davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi. terapevtik klizmalar; anrigelmint preparatlar; gigiena rejimiga rioya qilish. Qo’shimcha ravishda quyidagilar buyuriladi: ferment preparatlari; polivitaminlar; antigistaminlar; immunomodulyatorlar. Diyeta Davolash davrida bemorlarga dietadan tashqari 4-sonli parhez stol buyuriladi: un mahsulotlari, non, xamir ovqatlar; yog’li go’sht, baliq, parranda go’shti; konservalar, dudlangan go‘shtlar; tuxum; yog’lar (sariyog’dan tashqari); sabzavotlar; to’yingan bulyonlar; rezavorlar, mevalar; shirinliklar, asal; kofe, kakao; gazlangan ichimliklar, kvass; spirtli ichimliklar. ASORATLARI Agar bolalarda enterobioz o’z vaqtida davolanmasa, bu quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin: anemiya; disbakterioz; gastrit; gastroduodenit; enterobiotik endometrit; enterit; allergik reaksiyalar; appenditsit; proktit; vulvovaginit(qiz bolalarda) asab tizimining ishidagi buzilishlar; perianal sohaning to’qimalarida yallig’lanish jarayonlari. PROFILAKTIKASI Kasallikning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya-gigiena me’yorlariga rioya qilish; suv manbalarining holatini kuzatib borish; kanalizatsiya chiqindilarini zudlik bilan tozalash. ©Doctor MuxtorovBolalarda enterobioz
DO`STLARGA ULASHING:
Bolalarda enterobioz