Nurdinjon Ismoilov haqida to’liq malumot oling
Oliy Majlis tarixida eng ko‘p saylangan deputat (25 yil). Parlament quyi palatasida qonunlarning aksariyat qismini tayyorlovchi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasida eng ko‘p raislik qilgan deputat. Parlamentdagi «qovun tushirmagan» rahbar siyosatchilardan biri. «Shuhrat» medali, «Do‘stlik» ordeni sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist. XDP a’zosi.
Qanday mashhur bo‘lgan?
1959 yili 20 yanvarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1980 yilda ToshDUning yuridik fakultetini tamomlagan. 1995 yildan Oliy Majlis deputati sifatida faoliyat yuritgan. 1995-2015 yillarda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2001-2015 yillarda Prezidentning davlat maslahatchisi bo‘lgan. 2015 yili 12 yanvarda Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylangan. 2019 yili 19 yanvarda 60 yoshga to‘layotganligi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni berilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Nurdinjon Ismoilovda tajriba bor, nima qilish kerakligini ham biladi», deb baho bergan. Yanvar oyi Nurdinjon Ismoilovga eng ko‘p omad keltirgan. Spikerning sevimli asarlari “Kecha va kunduz”, “Tafsiri irfon”dir. Kinofilmlari “Qo‘qon shamoli”, “Oqsoq darvesh”, “Mimino”.
Mashhur nima deydi?
«Yetakchilik — xalqqa xizmat qilmoq demakdir… Ilmiy adabiyotlarda siyosiy yetakchi tushunchasiga ko‘p ta’riflar berilgan. Ularning barchasida ham bitta ma’no yotadi. Ya’ni, siyosiy yetakchilik xalqni xohish irodasini, manfaatlarini ifodalash, ularni ehtiyojlarini qondirish yo‘lida berilgan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan o‘ziga xos faoliyatdir».
«Agar ilgari Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylovchilari bilan yiliga ikki-uch marta uchrashgan bo‘lsa, bugungi kunda bunday ishlar muntazamlik kasb etmoqda».
«Hozirgi vaqtda aynan deputatlar odamlarni bezovta qilayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha jamoatchilik bilan olib borilayotgan faol muloqotning tashabbuskori bo‘lmoqda».
new.fikrat.uz
Biografiya
Nurdinjon Ismoilov haqida