AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA UY-JOY IJARA PULI to’liq malumot oling
AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA UY-JOY IJARA PULI TO‘LAB BЕRILADI.
⚡️SAVOL;
Men hozirda voyaga yetmagan farzandlarim bilan ijarada yashayman. Mahallada ayollar daftariga kiritilganman. Men yashab kelayotgan ijara uyimni to‘lovi menga xam to‘lab berilishi kerakmi ?
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibga ko‘ra, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tasdiqlangan ro‘yxat asosida fuqarolar yig‘inlari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini to‘lab berish bo‘yicha talabnomalar sektorlar rahbarlariga hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘iga taqdim etiladi.
🟢 Sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
🟢 Turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi o‘rtasida tuziladi.
❗️Yuqoridagi normani sodda tilga tarjima qiladigan bo‘lsak demak Sizga ijara to‘lovi to‘lab berilishi uchun;
🟢 1) haqiqatdan ayollar daftarida bo‘lishingiz kerak.
🟢 2) Ijarada turgan joyingizda Siz, uyni egasi xamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan uch tomonlama shartnoma tuzilishi kerak.
⚡️ Ijara to‘lovlari Siz yashayotgan uyning kvadrat metri va joylashgan joyiga qarab har oyda o‘rtacha 518 400 so‘m miqdorigacha to‘lanishi mumkin.
Yuridik
AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA UY-JOY IJARA PULI