Farzand tarbiyasiga oid muhim maslahatlar to’liq malumot oling
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamd-u sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavot-u durudlar bo‘lsin.
Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir. (Kahf surasi 46 – oyat)
Insonlar qadimdan farzandlari ko‘pligi, ularning yordamlari va og‘irlarini yengil qilishlari bilan faxrlanib kelganlar.
Farzandlarning atrofidagi insonlar uyda bo‘lsin, xoh ko‘chada, xoh maktabda unga namuna vazifasini bajaradilar.
Ota-ona bolaning vaqtini to‘la qamrab oladigan zarur va manfaatli mashg‘ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o‘sha mashg‘ulotlar bolaning ongini rivojlantiruvchi bo‘lishi shart.
Bolaning tarbiyasida jamiyat nasihat qiluvchi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi va taraqqiy ettiruvchi vazifasini egallab kelgan.
Bugun kim bilan o‘tirib gaplashsangiz darrov farzandiga buzg‘unchi g‘oyalarni taʼsir etishidan shikoyat qiladi. Aksar xonadonlarda esa farzand global muammoga aylangan.
Internet orqali yoshlarga qilinayotgan hujumlardan saqlanish va ehtiyot choralari izlanmoqda. Lekin bildirilayotgan aksar choralar faqat nazariy, amalda qo‘llab bo‘lmaydigan ko‘rsatmalardan iborat. Shuning uchun farzand tarbiyasi bugun ko‘pgina xonadonlarda dolzarb muammoga aylangan.
Jumladan quyidagilar bugun ko‘pchilik qaytaradigan iboralardir:
— Farzandim meni tushunmaydi…
— Farzandim menga isyon qiladi…
— Menga itoat qilmaydi…
— Farzandim to‘g‘ri yo‘lda emas, bezorilarga qo‘shilib qolgan. Menga itoat qilmaydi…
— Bir ish buyursam qilmaydi, darslariga eʼtibor bermaydi…
— Bekorchi narsalarga bog‘lanib qolgan…
— Namozni mensimaydi, nasihatimga quloq solmaydi…
— Chiroyli, oxirgi “moda”dagi liboslarni kiyishni va qizlar bilan yurishni yaxshi ko‘radi…
— Mashinada izg‘ib yurishni yaxshi ko‘radi..
— Kunduzi uxlab, tunda bemaʼni kinolar ko‘rib chiqadi…
— Aka ukalariga nisbatan qo‘pol, tez jahli chiqadi…
— Oiladagilar bilan birga o‘tirmaydi, mehmonga xizmat qilmaydi…
— Ko‘p yolg‘on gapiradi, o‘zini uyda begona his qiladi…
— Uyda o‘tirmaydi, o‘zining istaklarini Ota-onasiga nisbatan majburiyat deb biladi…
— Xohish-istaklarini, ichidagi dardini oshkor aytmaydi, hayotda maqsadsiz yashaydi…
— O‘ziga, kuch-quvvatiga ishonchi yo‘q…
— Birdaniga shon-shuhratga erishishni orzu qiladi…
Shuncha muammoning ko‘rinishi bo‘lgandan keyin, shubhasiz, uning yechimi ham bor. Quyida ularning baʼzilarini sanab o‘tamiz.
TAʼSIR QILUVCHI SABABLAR:
Ko‘p ota-onalar birlamchi sabab va yechim bilan qanoatlanishga odatlanib qolganlar. Ammo masalaning mohiyatini izlashni, uni paydo qilayotgan sababini o‘rganib, uni bartaraf etish yo‘llarini bir marta bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rmaganlar. Ushbu muammo sabablari quyidagilarga bo‘linadi:
Ichki asosiy sabablar:
1. Ota-ona.
Uyni boshqarishda muayyan va ochiq maqsadning yo‘qligi yoki umuman oila bundan mahrum ekanligi. Ulamolarimiz aytganlaridek, ko‘pincha farzandlar ota-onalari sababidan buziladilar.
2. Allohdan haqiqiy yordam so‘rashda kamchilikka yo‘l qo‘yish yoki umuman so‘ramaslik.
3. Bolaning ilk davrida tarbiyalash usullarining yo‘qligi yoki uni bilmaslik.
4. Moddiy taʼminotni haddan oshirib yuborishlik, yoki umuman taʼminlamaslik.
5. Bolaning taʼlim olishdan maqsadi yo‘qligi, yoki darslarni o‘zlashtira olmasligi. Bolaning maktabga ota-onasi majburlashi bilan borib, nimaga borayotganini farqiga bormasligi.
6. Ota-onasidan qoniqmasligi.
7. Ehtiyojlar meʼyorsiz qondirilishi.
8. Murabbiydan qo‘rqish.
9. Ota-onadan mehr ko‘rmay boshqalardan shirin va iliq so‘zlar eshitishi.
10. Ota-ona farzandi oldida janjallashishi.
11. Farzandlardan birinigina maqtash.
12. Biror ish yo ehtiyojlarni faqat chaqqon bolaga yuklab boshqalariga eʼtibor bermaslik.
13. Bolaning xotirjamligi va rohatini yo‘qotuvchi tinchlikning yo‘qligi va g‘azab, mojaro va baqir-chaqirni avjiga chiqishi.
14. Ota uzoq vaqt uyda bo‘lmasligi va xatarli vaqtda bo‘lmasligi.
15. Kichik yo arzimas xatoni bo‘rttirish.
Uyda ko‘rayotgan narsa bilan talab qilinayotgan narsaning bir biriga zidligi (farzanddan hayoni talab qilib so‘ng uning ochiq, yalang‘ochlarni tomosha qilishiga izn berish).
16. Oilada aniq va ravshan qonun- qoidalarning yo‘qligi.
17. Bolaning xatosini uning yoshiga, saviyasiga, tuyg‘usiga, fikrlashiga qarab o‘zidek qabul qilmaslik. Otaning farzandini atrofdagi tengdoshlariga yoki qo‘shni bolalarga solishtirishi tarbiyadagi xato hisoblanadi, chunki har bir bola o‘z shaxsiyatiga va tabiatiga egadir.
Tashqi taʼsirlar.
1. Ustoz o‘zi o‘rgatayotgan fanning maqsad-mohiyatini bilmasligi. Bilimni faqat imtihon yoki shunchaki yetkazish maqsadida berishi natijasida taʼlim dargohlari ustoz Yahyo ibn Ibrohim aytganidek, bir birining ustidan kuladigan falajlarning to‘planadigan maskaniga aylanib qolishi.
2. Ko‘cha-ko‘yda va masjidlarda o‘rnak bo‘ladigan shaxsning yo‘qligi.
3. Ijtimoiy aloqalarning tarbiya usullariga teskari ravishda bo‘lishi.
4. Shahvatni qo‘zg‘atuvchi omillarning ko‘pligi.
5. Shahvatning o‘rin va maydonlarining kengayib borishi.
6. Aloqa vositalari rivojlanib ketishi tufayli yomon do‘stlarning ko‘pligi.
7. Salbiy taʼsirlarning ko‘pligi. Masalan, teleradiolardagi hiyla va insonlarning hissiyotini egallab olgan buzg‘unchiliklar. Tashqi taʼsirlar savdo-sotiq orqali ham bo‘ladi, natijada inson olgan narsasini nega olganini va uni qanday qo‘llashni ham bilmay qoladi.
8. Taʼlim va tarbiyaning jonli va zamon talablariga mos emasligi.
9. Taʼlim va tarbiya muassasalarida tarbiyaga berilgan vaqtning ozligi.
Keltirib o‘tilganidek, ichki va tashqi sabablar juda ko‘p, xuddi shunday, bartaraf qiluvchi choralar ham ko‘p. Quyida ularning baʼzi noto‘g‘ri ko‘rinishlarini sanab o‘tamiz.
1. Tengdoshlaridan tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turishi.
2. Unga hamisha qo‘pol, qattiqqo‘llik va kaltaklash bilan muomala qilinishi. Shu sababli bola xulqining buzilishi.
Otani bolaga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lishga undovchi sabablar:
— otaning o‘z hukmronligi va quvvatidan foydalanishi;
— ota-onaning bola haqida bebosh va qoloq, degan xato tushunchada bo‘lishi va shu sababli bolalarini faqat qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash zarur, deb tushunishlari.
— ota yoshligida qattiqqo‘llik bilan tarbiyalangan bo‘lib, farzandini ham shunday tarbiyalashni xohlashi;
— ota yoshligida erka bo‘lib tarbiyalangan bo‘lishi, o‘zi tushgan xatoga farzandining tushishini xohlamaganidan qattiqqo‘llik qilishi;
— bola tarbiyasida onaning muloyimligi va eʼtiborsizligi evaziga hissiyotidan kelib chiqib ota qattiqqo‘llik qilishi.
3. O‘ziga tanqid qilish erkini berib qo‘yish.
4. Ko‘p tanbeh berish.
5. Xo‘rlash.
6. Xatoga yarasha jazolamaslik.
7. Qilayotgan ishlarining kuzatilayotganini sezdirish.
8. Qilayotgan ishidan yoki o‘ynayotgan o‘yinidan to‘xtatish.
9. Farzandlarni biridan-birini ortiq ko‘rish.
10. Yengil va dabdabali hayotga sho‘ng‘ish.
11. Ijtimoiy va shaxsiy farqlarga qaramasdan kimningdir usulini qo‘llash.
12. Bolalarga taʼlim-tarbiya jarayonida ularning kuch-qobiliyatlariga ko‘ra hamda ularning yoshlarini hisobga olmasdan turli og‘ir misollarni keltirish.
13. Tarbiya sohasida qo‘ygan har bir qadami uchun uning mevasi va natijasini zudlik bilan kutish.
14. Eʼtiborni faqat salbiy sifatlarga qaratish.
15. Johillarning: “Unga eʼtibor berma, vaqt uni tarbiyalaydi”, degan gapiga ergashish.
16. Baʼzi otalar: (chuchvarani xom sanab) ”Albatta, farzandlar otalar xohishiga , toqati va kuchiga, qolaversa, orzulariga qarab o‘sadilar”, deb eʼtiqod qilishi.
17. Bolalarga yo‘naltirilgan jadvallarni “Ularning kuch-toqatlari bir xildir” degan tushuncha bilan tuzish.
18. U bajargan ishdan ajablanishda yoki bolani maqtashda haddan ortiq chuqur ketib, mubolag‘alash.
19. Bolani o‘z tengdoshlariga, qo‘shni va qarindosh bolalarga qiyoslab, uni hisobdan chiqarish yoki mahrum qilish.
20. Otani kech aqli kirishi, hatto bolalari huzurida baʼzi bemaʼni ishlarni amalga oshirishi.
21. Ota-onaning yolg‘on gapirishi bola tasavvurini ostin-ustun qilib, uni o‘zgartirib yuboradi.
Daʼvo: Bugun biz boshimizni tuproqqa tiqib olmasligimiz va ko‘zimizni chalkash maʼlumotlar bilan to‘la bo‘lgan voqealikdan yumib olmasligimiz darkor. Va albatta, yashab turgan jamiyatimizdagi masjid, madrasa, ko‘cha, uy — bularning barchasi yagona yo‘naltiruvchi tarbiya omillari bo‘lganligini, ammo hozirda farzandlarimiz butun dunyo tomonidan va har bir yuzlangan tarafidan yo‘naltirilishini farqiga bormog‘imiz darkor.
Muolaja o‘z xususiyatlariga ko‘ra zotiy (uy ichi) va hamda taovuniy (o‘zaro yordam) larga bo‘linadi.
Ichki zotiy davo:
1. Ota-ona salohiyati. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi: “Ular( ikki yetim bola) otalari solih kishi edi“ Kahf 82.
Alloh Taolo aytadi: “(Birovning o‘limiga hozir bo‘lgan) kishilarning o‘zlari ojiz-notavon farzandlarini qoldirib vafot qilib ketsalar, ulardan xavotir olganlari kabi (o‘zgalarning yetimlari haqidan ham) qo‘rqsinlar. Bas, Allohdan qo‘rqib (o‘lim oldidagi kishiga) haq so‘zni aytsinlar!” Niso 9.
2. Ibrohim alayhissalom va Imronni xotini kabi Qurʼonda kelganidek o‘z zurriyotlari haqqiga duo qilish.
3. Biz o‘zimiz hamisha go‘zal axloqda bo‘lishimiz, bizni rahnamo bo‘lishimizga kifoya qiladi. Hech qachon so‘zimiz amalimizga zid bo‘lib qolmasin. (vaʼdalarga xilof qilmaslik, boshqalarni hurmat qilish, yaqinlarni ziyorat qilish, hodisalar, shaxslar, holatlarni to‘g‘ri baholay olishimiz, saxiylik qilishimiz va boshqalarni o‘zimizdan ustun qo‘ya olishimiz, kamsitish, taʼna qilish, ko‘nglini og‘ritishlardan uzoq bo‘lishimiz.)
Tovus dumin yozibon yurmish ming jilovla,
Bunda ergashmish polaponlari anga bexatovu kanda.
Alardan nechuk siz kibr aylagaysiz so‘rab ermish,
Albat ot izin bosar toylar suolin javobi dermish.
Jajji nihol ulg‘aygay ul bahori bo‘ston yoshinda,
Har nimarsa ki bergay ul bog‘bon padar boshinda.
4. Umar bin Abdul Aziz roziyallohu anhuning qissalari: Umar bin AbdulAziz roziyallohu anhu voliy bo‘lganlaridan keyin juda ham taqvodorlikda adolat bilan ish olib borganlar. Shu jumladan, insonlar haqida ham juda ehtiyotkorlik bilan ish qilardilar. Kunlardan birida odamlarga olma tarqatayotgan bir paytlarida yonlarida birga bo‘lgan jajji o‘g‘ilchalari ham olmadan birini olib og‘ziga solgan hamon og‘zidan sug‘urib oladilar, bola qattiq ranjib onasi oldiga yig‘lab boradi. Ona bolani boshqa olma sotib olib berib ko‘ndiradi. Kechqurun uyga qaytganlarida xotinlari nima bo‘lganini so‘raydi, shunda: «Aslini olsa, men go‘yo uning qo‘lidan olmani tortib olganimda yuragimni sug‘urib olganday bo‘ldim. Ammo men bitta olma sababli odamlarga nisbatan ko‘nglimga g‘ash kirishini istamayman», – dedilar. Shubha yo‘qki, Alloh Taolo go‘zal amal qilganlarning savobini zoye qilmas.
5. Birov bilan bo‘ladigan taʼsirli suhbat jarayoni (o‘zaro bir-birlari bilan hamsuhbat bo‘lgan) da o‘zini qanday tutish fanining dars va tadqiqotini o‘rgatish.
6. Bolaning ijobiy taraflariga ko‘proq ahamiyat qaratib, uni oshkor qilib, rivojlantirish hamda o‘stirish. (Ibn Sayid)
7. Farzandlar bilan birgalikda bo‘ladigan ochiq va oshkora suhbatlarni tashkil etish.
8. Xuddi Abdulloh bin Zubayr roziyallohu anhuni otalari bayʼat berishga jo‘natganda ko‘chada Umar roziyallohu anhuni ko‘rib o‘rtoqlari kabi qochmaganidek, bolalarda o‘ziga ishonch ruhini o‘stirish.
9. Uyda xonadon aʼzolari orasida (farzandlarda Ota-onalariga nisbatan) muhabbatni paydo qilish. Buning uchun farzandlar bilan birga o‘tirishga ko‘proq vaqt ajratib, ularga qalbni keng tutish lozim.
Savol: Nima uchun farzand do‘stlarini otasidan ham ortiq ko‘rib ularga ko‘p talpinadi?
10. Farzandi o‘tkazayotgan (davrni) bosqichni bilmoqlik. Masalan, 2 dan 5 yoshgacha kashfiyot, tadqiqot yoshi. Keyingi o‘sish davri esa, qo‘zg‘alish, qo‘rqitmoq, hayajon, g‘azab, qarama-qarshilik, anoniyat yoshidir.
11. Voqelik (meʼyori ,tarozusi) bilan ehtiyoj orasida mutanosiblik bo‘lishi.
12. Keskinlik va tangliklarni bartaraf qilishni qo‘yib, bolaga solih do‘stlarni topishida yordam berish va kerak bo‘lsa, buning uchun mollarni sarflash.
13. Hazrati Aliy roziyallohu anhuning aytgan so‘zlarini o‘ziga lozim tutish. “Farzand bilan 7 yoshgacha o‘ynab, unga fikrini qabul qilinganini yoki ustun ekanini bildirib qo‘yish uslubida ijobiy samaralar ko‘pdir, jumladan, oradagi parda to‘siqlarni yo‘q qiladi va otalar bilan farzandlar orasidagi uzilishni bog‘laydi, ularni yomon do‘st bilan do‘stlashishdan va ulardan yomon maʼlumotlarni olishdan va shunga o‘xshash halokat yo‘llaridan saqlab, uzoqlashtiradi.
Ota-ona bilan farzand orasidagi do‘stlik boladagi pand-u nasihatni qabul qilish qobiliyati hamda psixologik isteʼdodni oshiradi.
Ota bilan farzand orasidagi do‘stlashish otaga bolaning nechog‘lik aqliy hamda ruhiy o‘sish darajasini, qolaversa, boladagi haqqoniy kuch-qudratni ochiq namoyon qilib beradi.
14. Farzand o‘zini oilasiga qanchalik nisbat berishi muhimdir. Farzand o‘z oilasiga nechog‘lik mansub ekanligini va ana o‘sha oilaning fardi ekanligini boshqaradigan hissiyotga muhtojdir. Mana shu hissiyot bilan farzand o‘zida ijtimoiy shakllanishni hosil qiladi va bola kelajakda oilaning saodatiga aylanadi.
Quyidagilar buning omillaridir:
uy ishlarini idoralashda bolaning oilasi bilan sherik bo‘lishi;
oilaning jipsligi hamda oilaviy muammolarni yashirish;
bolani gapirishga shijoatlantirish bilan birga, ularga quloq solish, fikrlarini tinglash;
ularga masʼuliyat yuklash va baʼzi farzandlarga oilaning baʼzi yumushlarini buyurish.
15. Ulovlarni xoslamasdan hammaniki, deb eʼtirof etish hamda farzandiga shaxsiy mashina ajratmaslik. Bu bilan farzandga o‘zini otasiga nisbatan g‘arib sanash o’rgatiladi hamda mashinaga yomon narsalarni qo‘yishi va yo sigaret chekishining oldi olinadi.
16. Mashinalar turi ham do‘stlarning turiga o‘xshaydi. Ulardan baʼzisi (vazmin og‘ir) bosiq bo‘lsa, baʼzisi tez, shoshqaloq bo‘ladi.
17. Unga maktabda, oilada chuqurlardan ehtiyot bo‘l, demaysiz, balki odamlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib ber, deysiz.
18. Tarbiya qissa aytib berish, so‘zlash, bir narsadan mahrum qilish, qaytarish, o‘z holiga tashlab qo‘yish yo‘llari bilan olib boriladi.
19. Buyuradigan ishlarini uning eʼtiboriga, vaqtiga, kayfiyatiga moslab buyuradi.
20. Ortiqcha ish buyurmaydi, chunki u (agar bor bo‘lsa) mavjud hissiy zaxiralarini tugatib bitkazadi.
21. Bolada yoshligidan kitobxonlik isteʼdodini rivojlantirish.
22. Sayrga, dam olishlarga chiqqanda yo‘lda biror-bir yumushni unga buyurish.
23. Farzandlar orasidagi farqlarga eʼtibor qilish, jumladan, bolaning yoshiga, kichkinaligiga, aqliga, o‘sish davriga yetganiga, balog‘atga yetganiga eʼtibor qilish.
Psixologik yaʼni, ruhiy jihatdan esa quyidagilarga rioya qiladi: kasalligi, sog‘ligi, ziyrakligi, anqovligi, tez qabul qiluvchiligi, qaysarligi, ustamon (olg‘ir) ligi, tez taʼsirlanadigan bo‘lishi hamda dunyoqarashiga.
24. Ko‘pchilik bo‘lib birgalikda oilaning maqsad va muhimmotini tuzish va uni uyning peshtoqiga osib qo‘yish.
25. Yoshligidan bir-biriga qalbida gina-adovat tashimasligi uchun farzandlar orasida, tengdosh va qarindoshlari orasida gij-gijlamaslik hamda ularning orasida nizo chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Shoir aytgan ekan:
Oliy martabalar sari qadam qo‘yish ersa ul er,
Aslo qoldirmas qalbida adovatga peshvoyi mardon yer.
Gar kishi bo‘lsa topilgan suyi xulq g‘azabla,
Aslo yetolmas ul mardonlar maqomiga talab-la.
Men nechuk ul ko‘milg‘on adovatni ko‘targ‘aymen,
Peshvolarg‘a yotdur ko‘tarmog‘ demishlar bilg‘aymen.
Farzandingiz yurish-turishini qanday to‘g‘rilamoqchisiz?
Har bir aytgan so‘zimizda farzandlarimiz biz bilan doimiy tortishib, otalik vazifamizni jahannamga aylantirmasliklari va barcha ota-onalar boshlaridan ularning xunuk javoblari, qo‘polliklari kunini o‘tkazmasliklari uchun doktor Moriyan Fig‘yert bolalarning qaysarliklari va qo‘pol xarakterlariga qanday muomalada bo‘lish borasida baʼzi tavsiyalarini ko‘rsatadi.
Bular quyidagilar:
– Ularga mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan narsalarda keskin va ochiq bo‘lgin. Chunki agar qaytarilgan yomon narsa nimaga qaytarilganligi xususida senda keskin tahdid bo‘lmaganda ham, bolaning rag‘bati hissiyoti bilan birlashib ketishining oldini olish ancha oson bo‘ladi. Shuni bilginki maqsad bolangni kattalardan farq qiladigan darajada tabiati go‘zal, oliy bir insonga aylantirish emas, balki sen qilishing kerak bo‘lgan narsa bu nafsni sog‘lom va salomat shaklda qo‘pollik bilan boshqani ixtirom qilmaslik o‘rtasidagi farqni taʼbir qilmog‘ligingdir. Misol uchun, ko‘katlarni yoqtirmayman, deyishing bilan og‘zingni yumgin, mana bu matohni ko‘zimdan gumdon qil, deyishingning osmon-u yer qadar farqi bordir.
– Ular uchun sen go‘zal namuna bo‘lgin;
Albatta, bolalar o‘zlarining aksar axloqlarini kattalardan – ma’lum maʼnoda, sendan va o‘zlariga yaqin bo‘lgan kishilarni kuzatishdan o‘rganadilar.
Farzandlar o‘sib-ulg‘ayib, gapirish yoshiga yetganda ularga «rahmat», «iIltimos», «kechirasiz» ga o‘xshash so‘zlarni ko‘p eshittirish, hech qachon ularga boshqalarning ustidan kulib, yoki mensimay gapirilgan gapni eshittirmaslik.
– Farzand haddan oshgan zamon unga beriladigan imtiyozlar to‘xtatiladi. Agar kichkintoy biror ish uchun odobsizlarcha muomalada bo’lsa, to‘xtatib, unga shunday deb aytiladi: “Men hammaning oldiga men bilan bunday muomala qiladigan kishi bilan chiqishni istamayman, kechirim so‘raysanmi?” Agar u: “Yo‘q”, desa, injiqligida davom etaversa, mashina to‘xtatilib, orqaga qaytiladi.
Ota-onalarning tarbiya qilishdagi xatolari
– Ota va onaning, ey lapashang, deb aytishi: bola xato qilganda ey ahmoq, ey eshak, ey odobsiz, sen eshaksan, deyishi noto‘g‘ri hisoblanadi. Vaholanki, farzandning o‘zi emas balki uning qilgan ishi xatodir.
– Urish bilan tarbiyalash. Bola xato qilganda tanbeh berish va tergash uchun bir qancha jazo turlari bo‘la turib bolani urish bilan tarbiyalash eng katta xato hisoblanadi.
Urishdan oldin tanbeh berishga loyiq bo‘lgan muhim omillar:
– sevgan narsalaridan maxrum qilish;
– u bilan aloqani kesish;
– tanbeh berish;
– tashlab qo‘yib, qovoq solish;
– ota-onalar 10 yoshga yetmagan farzandlarining qilgan baʼzi bir amallariga ular yaxshi ko‘radigan holva va shunga o‘xshash narsalarni berib, qiziqtirib borish o‘rniga, jannatda olasan, deyishlari;
– bolalarni bir-biriga raqib ruhida o‘stirish; Vaholanki dunyoda birorta bir-biriga o‘xshash inson yo‘q. Insonning shaxsiyatidagi o‘xshash bo‘lmagan xususiyatlarni bolalar bilan muomala qilishda yodimizda tutishimiz lozim. Shundan kelib chiqib ayta olamizki, ota-onalar bolalarning zehnlari har xil ekaniga, qobiliyatlari ham turlichaligiga qaramasdan, bolalarni teng ko‘rishlari ularning xatolaridir. Farzandlarni bir-biri bilan solishtirish oxir-oqibatda kichiklarni boshqalarga nisbatan hasad va ko‘rolmaslikka olib boradi.
– ularni duoibad qilish; onalarning shoshiladigan narsasi ularni duoibad qilishidir.
– vaʼdaga vafo qilmaslik; ota-onalar farzandlariga vaʼda berib, kel urmayman, deydi. Bola kelgach uradi. Ularga nasihat shuki, vaʼdamiz qanchalik katta va yo kichik bo‘lmasin unga bevafolik qilishimiz islomiy va tarbiyaviy odob-axloqqa to‘g‘ri kelmaydi.
– yomon manzaralarni ko‘rsatish; uning shaʼni, botirligini uyg‘otish o‘rniga yomon, uni tahqirlaydigan manzaralarni ko‘rsatish.
– yoqtirmagan narsasini sovg‘a qilish; aslida ota yaxshi ko‘rgan narsani emas, balki bola yaxshi ko‘rgan narsani berish to‘g‘ri ishdir.
– unga yolg‘on gapirish; yolg‘on odatlar ichidagi eng yomoni va jazoga loyig‘idir. Bola o‘rnak oladigan kishilar unga yolg‘on gapirishlari uning ham yolg‘on gapirishiga sabab bo‘ladi. Bora-bora bola yolg‘on gapirishga odatlanadi.
– gapimga quloq solsang, jannatga kirasan, deb aytish; bolalar 10 yoshga qadar hissiy narsalarni idrok qila olmaydilar, bu yoshgacha ularning idroki ko‘rgani va ushlaganidir. Bir parcha holva unga jannatdan totliroqdir.
Bu uning tabiatiga jannatga bo‘lgan muhabbatni singdirish kerak emas, degani emas, balki yoshiga nisbatan bir bosqich bo‘lib, uning qoida va talablariga moslashish lozim, demakdir. O‘n yoshdan keyin esa ularga jannat va do‘zax haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
– inson emas, o’quvchiga qilinganidek munosabatda bo’lish; ota-onalar farzandi maktabga borishi bilanoq unga o‘quvchi sifatida muomala qilib, ayni damda o‘qishdan boshqa vazifasi yo‘q, degan yanglish o’yga boradilar. Ko‘pincha, biz go‘sht va suyakdan iborat bo‘lgan inson bilan muomala qilayotganimizda, sezib, his qiladigan va aqli ham o‘sha hissiyotining bir bo‘lagi bo‘lgan inson yaxshi o‘sishi uchun iymoniy, jismoniy va ijtimoiy eʼtiborga muhtoj ekanligini, qolaversa, o‘yin-kulgi qilishi, xafa yoki xursand bo‘lishi, do‘st orttirishi kerakligini esdan chiqarib qo‘yamiz.
– faqat hissiyot; baʼzi ota-onalar farzandlar bilan muomala qilayotganda hissiyotga, ayniqsa, ko‘z hissiyotiga diqqat qiladilar. Vaholanki, bolalarda qobiliyat har xil bo‘ladi. Baʼzilari ko‘rgani va ushlaganidan ko‘ra eshitganini yaxshi tushunadi. Baʼzilari esa qo‘lidan ushlab, bag‘ringga bossang, quvonib, maʼlumotni tezroq anglaydi.
– o‘pib, bag‘riga bosmaslik; bola ota-onasi erkalab, o‘pib, bag‘riga bosgandagi hissiyotlarga muhtojdir va o‘zining zaruriy ichki tuyg‘ularini u bilan to‘ldiradi. bu esa bolaning ota-onasi bag‘riga bosganida naqadar o‘zini baxtli his qilishida ko‘rinadi.
– farzandlarga tahorat va namozlarni juda erta o‘rgatish; yetti yoshga to‘lmagan bolalarni sunnat va farzlari bilan birga tahorat olishga buyurish mumkin emas. Yosh bola otasi bilan namoz o‘qimoqchi bo‘lganda, tahorating yo‘q, deb haydash mumkin emas. Bola namozga buyruqsiz va qaytariqsiz o‘zi o‘rgana boshlaydi, xohlasa, o‘qiydi, xohlamasa, o‘qimaydi. Tahorat “men tahorat qilaman” degan paytda muhabbat va sabr bilan o‘rgatiladi.
– tarbiya – yemoq, kiymoq va o‘rganmoq; ko‘pchilik otalar tarbiya deb farzandlarini yedirish, maktabda o‘qitish va ularga eng yaxshi kiyimlarni olib berishni tushunadilar. Aslida, tarbiya farzandlarga go‘zal odob-axloq o‘rgatmoq, shuurlarida qadriyatlarni ekmoq, hamisha aytgan so’zlari va qilayotgan ishlarini kuzatmoqdir.
– erta halok qilish; bola rasm chizishni yaxshi ko‘radi, lekin ota bu nima ahmoqlik, bu juda xunuk, vaqtingni bekorchi narsaga sarflayapsan, deydi. Narsalarni buzib, qayta yasashni yaxshi ko‘radigan bolalarni “usta buzarmon” deyish bolaning qiziqishini erta halok qilishdir. Aslida bolaga o‘yinchoq olib bergandan ko‘ra «ustabuzarmonligi»ni kuzatish boladagi qobiliyatlarni o‘rganish uchun eng oson yo‘ldir. Bu qobiliyatlarni kashf va infoq yo‘li bilan o‘stirib, shijoatlantirish lozim.
– kaltak bilan Qurʼon yodlatish; bolani jahl bilan urib Qurʼon yodlashga undasak, u kaltak zarbidagi alamni Qurʼonga bog‘laydi. Natijada Qurʼonni sevmaydi. Ularni Qurʼon yodlash uchun o‘yindan to‘ssak, bunday qilish ko‘ngli bezishiga, zehni pasayishiga, u uchun hayotning g‘amgin bo‘lishiga sabab bo‘ladi, va bundan qutilish uchun hiyla ishlatishgacha boradi. (Imom G‘azzoliy)
– sabablarni aytmasdan jazolash; farzandlarni jazolab, sen bu va buni qilganing uchun seni urdim, deydi yoki jazolab, bola xatoni tushundi, deb sababini tushuntirmaydilar. Bu axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Aslida esa, farzandlargni jazolashdan oldin xatosini tushuntirish kerak, tushuntirgach jazolash to‘g‘ri bo‘ladi va mana shunda jazo bola xatosidan keyin chiqqan g‘azabning intiqomi emas, balki tarbiyaviy omil bo‘ladi. Jazo ham xatoga yarasha bo‘lishini taʼminlaydi.
– “olabuji, bo‘bo‘ va yalmog‘iz kampir”; yomon taassurotli hikoyalar aytishni tark qiling. Yomon ertaklar bolaning ruhiyatiga yomon taʼsir qiladi. Hatto qorong‘u uyda biror kishisiz o‘tira olmaydigan, qo‘rqoq bo‘lib qoladi. Shuning uchun bolaga g‘ururli qiladigan va chiroyli axloqlar o‘rgatadigan hikoyalar aytib berish lozim. Ukol qilaman, ke bo‘bo‘, buni yeb qo‘y, va shunga o‘xshash bolani qo‘rqitadigan so‘zlar uning ruhiyatiga yomon taʼsir qiladi. Oqibatda davolab bo‘lmaydigan holatlar yuzaga keladi.
– asabiylashtiradigan tarbiya; onaning otaga, otaning muallimga shikoyat qilishi, barchaning bola ziyoniga harakat etishlari bolada asabiylashishni paydo qiladi va natijada muallim sababli taʼlimni yomon ko‘radi. Baʼzi ishlar borki, buni ota muallimga bildirmasdan bartaraf qilishi kerak, baʼzilari esa otaga bildirmasdan bartaraf qilinishi lozim. Agar vaziyat uy bilan maktabni bog‘lashni taqozo qilsa, muallim otaga bolaga kuzatilayotganini bildirmasdan ko‘rsatma berishi lozim.
– bolani noto‘g‘ri tanqid qilish: bolani tanqid qilishdan maqsad, albatta, tarbiya va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish bo‘lishi lozim. Agar bola xato qiladigan bo‘lsa unga «Sen bunday qilish o‘rniga mana bunday qilishing kerak edi, o‘ylaymanki, sen qasddan qilmagansan», deyish kerak. Shunda bola xato qilganini anglaydi va xulqini o‘zgartiradi.
– u bilan o‘yin o‘ynamaslik; baʼzi otalar bolalari bilan o‘ynashni obro‘lariga putur yetkazuvchi, vaqtlarini ketkazuvchi deb biladilar. Payg‘ambar alayhissalom esa Hasan va Husayn nabiralarini ustlariga chiqarib olib emaklab yurib ham o‘ynatardilar. Ota bunday qilishi bilan bolalarini xursand va baxtli qiladi, qolaversa, buni tark qilishi urishning o‘rniga tanbeh va tarbiya berish vositasi bo‘ladi.
– o‘quv yilida ularni o‘ynashdan man qilish; ota-onalarning xatolaridan yana biri farzandlarini o’quv yili mobaynida o‘ynash va ko‘ngil yozishdan qaytarib, ularni butunlay darslarga bog‘lab qo‘yishlaridir. Bu esa o‘yin bilan o‘sadigan bolalar tabiatiga zid bo‘lgan bir ishdir. Shuning uchun ko‘pchilik bolalarni dars va mashg‘ulotlardan ruhan siqilganini va o‘z tabiatida bor bo‘lgan lazzatidan mahrum qilingani uchun bezib qochganini ko‘ramiz.
– ehtirom uchun emas; (marhamat qilsangiz, iltimos, buyuring, janob sayyidim) ushbu so‘zlarni ota-onalar farzandlariga ishlatmaydilar, vaholanki bular ota-ona va farzand orasida samimiy ehtiromni paydo qiladigan zaruriy gaplardandir. Mana shunda farzand boshqalarni, ayniqsa, o‘zidan kattalarni hurmat qilishni o‘rganadi.
– To‘ydirib tashlaydigan yutuq; xatolardan yana biri bu otaning bola to‘g‘ri javob berganidagi mukofotini haddan oshirib yuborishidir. Aslida, to‘g‘ri tarbiyalash qoidasiga ko‘ra har bir ishda o‘rta hollik maʼquldir.
– Qiz bolalarni oshxonadan chiqarib yuborish; baʼzi onalar borki, qizlarini oshxonadan, ovqat qilishni o‘rganishdan qaytaradilar. Bunda ular qizlarini turmushga bergandagina anglab yetadigan katta xatoga yo‘l qo‘yadilar. Ana shuning uchun onalar qizlariga turmush hayotida kerak bo‘ladigan taʼlimotlarni hozirdan haftada bir kun bo‘lsa ham berib borsinlar.
– G‘azab…g‘azab; hamisha ota-onalarga nasihatim shuki, bolalar xatosiga nisbatan ko‘ksilarini keng tutsinlar va ularga nisbatan tog’ri muomalada bo‘lsinlar. Bolalarimiz hech qachon jahlimiz chiqishiga va ularga qarab baqirishimizga sabab bo‘lmasinlar!
– er-u xotin urishishi; ota-onaning bolalar oldida janjallashishi onayizori xo‘rlanishini, otajonisi hurmatsizlanishini ko‘rayotgan kichkintoylar uchun haqiqiy qurbon bo‘lishdir. Bu esa bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Koshki ota-onalar o‘zaro tushunmovchiliklarini o‘z xonalarida past ovozda hal qilsalar edi, dilbandlarga rahm-shafqat qilgan bo‘lar edilar.
– «Men charchaganman» deb bolaga vaqt ajratmaslik; bolajonlar birga o‘ynashlari, bir narsalar o‘rganishlari va gaplashishlari uchun otalarining ishdan qaytishini intiq bilan kutadilar. Ammo ota ishdan charchab kelgani yoki asabi tarangligi sababidan uyga kirib hech kim hech narsa gapirmasligini so‘raydi. Mana shunday holatlar bolalarning tushkunlikka tushishlariga hamda noumid bo‘lishlariga sabab bo‘ladi. Natijada ota ular ishongan va suyangan do’st bo‘lolmaydi.
– maktabdagi holatidan xabardor bo‘lib turmaslik; ikki tomonlama olib boriladigan tarbiya jarayoni bir xil ravishda davom etishi va to‘la to‘kis tamomlanishi uchun, albatta, otalar bolaning ustozlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
– birovlarni haqoratlash; baʼzi ota-onalarning farzandlari bilan birgalikda bo‘ladigan o‘tirishlari rahbarlar, ustozlar, qo‘ni-qo‘shnilar va shunga o‘xshash har xil toifadagi kishilarni tanqid qilish bilan o‘tadi. Buni bolalar eshitib oladi-da boshqalarni haqorat qilishda, g‘iybat qilishda va kim bo‘lishidan qatʼiy nazar mensimalikda ota-onalariga ergashib, natijada hech kimsani hurmat qilmay qo‘yadilar.
– nazoratning yo‘qligi; televizordan nima ko‘ryaptilar, qachon ko‘ryaptilar va qanchalik foydalanyaptilar, qaysi bo‘limlarga kiryaptilar, qanaqa gazetalar o’qishyapti? Foydalimi yoki befoyda? Bularni bilib turish uchun Ota-onalarda bolalariga nisbatan zo‘ravonlikdan iborat bo‘lmagan nazorat bo‘lishi shart. Mana shularni barchasini gumon va shak paydo qilmasdan olib borish xatolarni to‘g‘rilashda hamda to‘g‘ri yo‘naltirishda juda katta hissa qo‘shadi.
– Hammaga barobar nazar tashlamaslik: hammaga barobar eʼtiborliy nazar tashlamoq ham bola tarbiyasida muhim rol kasb etadi. Goho buni Ota-onalar ham murabbiylar ham eʼtiborga olmaydilar. Vaholanki bu bolada juda ham ajablanarli darajada taʼsir qiladi hatto bola boshqalarga qaragandek menga qaramayapti tushunchasida gapirilayotgan gapga ham quloq solmasligi mumkin.
– Uzr yo‘q: otani o‘rtog‘iga, o‘g‘liga yo xotiniga uzr aytishi bolaning ruhida insonlarga nisbatan tavozuliy bo‘lishni va haq egalarini eʼtirof qilishni urug‘ini ekadi. Ammo uzr aytishni hujjat bilanmi hujjatsizmi tark qilish bolani xatosini tan olmasligiga oxir oqibat esa mutakabbir bo‘lishiga olib boradi.
– Yuzga urish: bolani yuziga qo‘lni ko‘tarib urish bu uning shanini xo‘rlash demakdir. Bundan diynimiz qaytargandir chunki bunda Allohning azizlagan va chiroyli suratda yasab qo‘yganini xorlash bordir. Bu faqatgina dangasa tarbiyachilarninggina odatidir.
– O‘rinbosarlik: tarbiyadagi xatolarimizdan biri bolalarimiz o‘rniga javob berishimiz va ularning tilidan gaplashishimizdir. Bu esa bolaning shaxsiyatini zaiflantiradigan omillardandir. Masalan oila azolari bir munoqasha dasturxonida utirganda bolaga ham oilada o‘z o‘rni borligini, hamda uning o‘rniga hech kim o‘rinbosar bo‘lolmasligini bildirib qo‘yish uchun unga ham bolam aytchi bu masalada seni fikring qanday deb so‘ramog‘i lozimdir.
– Bolani oldida qo‘rqqanini bildirish: bola atrofidagilardan yaxshigina tasirlanadi masalan onasini hasharotdan qo‘rqib baqirganini ko‘rsa va yo otasini kuchukdan qo‘rqqanini bilsa bu ham albatta hasharotni ko‘rsa baqiradi kuchukni ko‘rsa titraydi.
– Moddiy jazo: tarbiyaviy jihatdan faqatgina moddiy rag‘batlantirish yoki maʼlum narsalarni hadya qilish unchalik yaxshi baholangan emas. Chunki tarbiyaviy omillar ichida bolani eʼtiborini qozonadigan bundan tashqari o‘nlab omillar mavjuddir. Masalan rag‘batlantirish,chiroyliy so‘zlar, maqtash, birga sayr qilish va hokazolar.
– Oilang bilan birga utirgin: payg‘ambar alayhissalom ko‘pincha Ibni Abbosni oldilarida olib o‘tirardilar, o‘ng tomonlarida bo‘lganligi uchun majlisdagi yoshi kattalardan ham oldin u kishiga ichimlikni uzatardilar. Shuning uchun ham u kishi ummatning olimi, qurʼonning tarjumoniga aylanganlar. Demak bizdan talab qilinadigan tarbiya bolalarni kattalar bilan utirishga shijoatlantirishimizdir.
– Hali otanga aytib beraman: onaning shaxsiyati kuchsiz va bolasini tarbiyalashdan ojiz bo‘lsa, bolasiga yaxshilikni ravo ko‘rmasa unda u bolasini to‘g‘ri tarbiyalab xatolarini to‘g‘rilashda dangasalik qiladi. Shuning uchun doim; otang qaytganda seni aytib beraman, deb uni otasidan qo‘rqitadi va otani uydagi chaqmoq markaziga aylantiradi. Ammo o‘zi esa qo‘lidan hech narsa kelmaydi hatto shaxsiyati zaifligi va uning yoshligidan to‘g‘ri yo‘llantirmagani uchun bolasi katta bo‘lganda onasi molini o‘g‘irlaydi hatto uradi.
– Kattalar ham qiladigan xato: kattalar ham uning ko‘z oldida xato ish qilib keyin esa unga jazolantirilmay xuddi shu xatoga bolani jazolantirilishi juda ham katta bir nohaqsizlik ko‘rinishidir. Masalan bola bir piyolani sindirib qo‘yganiga uni daromadidan olib qo‘yib keyin xuddi shu xatoni boladan ko‘ra yoshi katta aqli ham raso onasi qilib qo‘ysa hech narsa jazolantirilmasligi zulmdir.
– Xo‘rlash: Baʼzi Ota-onalar bolalarini xo‘rlash bilan qattiq malomat qilishga odatlanganlar bu esa uylagan maqsadni aksi o‘laroq natija beradi. Agar bola xato qilsa masalan unga sen yaxshilab qaytarmagansan, sen muvaffaqiyatsizsan deyiladi. Uni o‘rniga kel yangitdan boshlaymiz o‘tgan xatolardan dars olamiz deyilsa bolani ruhiyatida juda ham katta taʼsurot qoldirgan bo‘ladi.
– Qulog‘ing ketti: qulog‘ingni kesaman, u yog‘ingni bu yog‘ingni sindiraman va hokazo shunga o‘xshash iboralarimizning barchasi bola bilib turadigan yolg‘ondan aytiladigan jiddiy bo‘lmagan so‘zlardir. Shuning uchun har doim so‘zlarimizda vazni va isboti bo‘mog‘i kerak.
– Tushuntirishsiz tergash: eng yaxshisi ota va ona bolasiga men necha marotaba senga televizirni o‘chir dedim yoki uyqu vaqti keldi sen hali darslaringni tayyorlamagansan degani to‘g‘ridan to‘g‘ri baqirib ketishidan afzaldir.
– Xonalariga kirmaslik: shaytonga ibodat qiluvchi qizlardan birini surishtirilganda u ota-onasini hali bir yarim yildan beri xonasiga kirmaganini aytadi. Demak ota-ona farzandlalarini beparvolik bilan tashlab qo‘ymasdan, xona devorlarida qanday narsa va suratlar osganliklariga va u yerda qanday kitoblarni saqlayotganlariga eʼtibor qaratishlari lozimdir. Bu bilan biz butunlay ularni ustidan nazorat o‘rnatish va ularni kuzatib tekshirayotganimizni bildirib qo‘yish kerak demoqchimasmiz.
– Boshqalarni oldida izza qilish: bolani o‘rtog‘lari, tengdoshlari va qo‘shnilar oldida noqulay vaziyatga tushirish bolani xo‘rlaydigan, ruhan sindiradigan ishdir. Hatto bu ish murg‘ak bolani asabiyatiga qattiq taʼsir qiladi va hech qachon hech qanday bola rivojlanishiga foyda bermaydi.
– Bir to‘shakda yotish: Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar; (“bolalaringizni yetti yoshidan namozga buyuring, o‘n yoshga yetganda (uqimasa) uring, yotoqlarida ularni (orasini) ajrating”).
– Sen erkaksan yig‘lama: yig‘lash qalbdagi tuyg‘u va hissiyotni yumshatadi, ko‘z yosh ko‘zni ravshan qiladi, baʼzida esa boshdan o‘tayotgan xursandchilik va xafalik sababli ichdan keladi. Demak bu jihatdan yig‘lash foydaliydir faqat ayollarga xos emas erkaklik uni manʼ qilmaydi. Payg‘ambar alayhissalom o‘g‘illari Ibrohim vafot qilganda yig‘laganlar. Shuning uchun bolalarni; erkaklar yig‘lamaydilar deb yig‘lagan zahotiyoq to‘xtashga buyurib ularni yig‘lashdan qaytarishimiz noto‘g‘ridir.
– Kichkintakkina aldoqchi: bola besh yoshgacha xayoliy kechinmalarni gapirib berishi mumkin. Voqealikda undan asar ham bo‘lmaydi buni xayoliy yolg‘on deb ataladi bundan bolani yolg‘onchi deb nomlashimizga nisbatan hech qanday qo‘rqadigan va yo bezovtalanadigan joyi yo‘q. Balki tabiiy o‘sish davriga xos bo‘lgan holat bo‘lib tezda, chiroyli o‘tib ketadi.
– So‘ramasdan bajar: bolani xoh uyda xoh maktabda buyurilayotgan ishga va olib borilayotgan siyosatga qanoatlantirish juda ham muhimdir. Bolaga nisbatan diktaturlikni qo‘llash oqibati yomondir balki uni o‘rniga har bir buyurayotgan va qaytarayotgan ishlarimizni mohiyatini tushuntirishimiz foydalidir u bilan bo‘layotgan muomalalarimiz faqatgina qilishi zarur bo‘lgan buyruqlardan iborat bo‘lmasin.
– Maxsus maktab: bolani imkoniyati to‘g‘ri kelmaydigan xos maktabga berilishi uni birga o‘qiydigan o‘rtoqlariga moddiy jihatdan tenglashib olish maqsadida o‘g‘rilikga ro‘baro‘ qiladi, xuddi shunday ana o‘sha tengdoshlari buning uchun hasad qilish o‘chog‘iga aylanadilar. Natijada kelajakda yomon oqibatlarga sabab bo‘ladi.
– Yolg‘ondan o‘zini viqorliy (jiddiy) ko‘rsatish: baʼzi otalar bolalarga nisbatan viqorli bo‘lishni qovoq solish va ho‘mrayish deb biladilar bu esa ayni xatodir. Payg‘ambar alayhissalom biz uchun o‘rnak, namuna edilar. U zot doim tabassumli edilar, bolalarga hurmat qilsinlar deb hech qachon qovoq solmasdilar balki, ular bilan kulushar va ularga ilm o‘rgatardilar. Shuning uchun, ular ham u kishini yaxshi ko‘rib itoat qilardilar.
– Tarbiyadagi kelishmovchilik: bolani bir ish yo bir so‘zga mukofotlab, xuddi shu ishni akasi bajarganda jazolantirish tarbiyadagi xatolardan biridir. Xuddi shunday bir ish yoki bir so‘zga otasi jazolaganda otasi yo‘qligida onasi uni mukofotlashi yoki ota yo ona tarfidan maqtab mukofotlantirayotgan bir paytda ikkinchi tomon boshqa bir xatosi uchun urishib jazolashi. Tarbiyada aksini bajarish katta xato hisoblanib bola tabiatidagi qatiyatliylikni so‘ndiradi.
– Muomalada adolatsizlik: bolalar orasida adolat bilan muomala qilishga dinimiz qattiq buyurgan Payg‘ambar alayhissalom “bolalaringiz orasida adolatliy bo‘linglar, bolalaringiz orasida adolatli bo‘linglar”, deb marhamat qilganlar. Adolat barcha narsada bo‘lishi kerak masalan erkalashda, quchog‘iga olishda, o‘pishda va hokazo ishlarda. Ayniqsa onalar ikkinchi bolasi kelganda birinchisini beparvo qoldirmasinlar toki ukasiga qarshi nafrati va hasadi kuchayib oqibatda ukasiga zarar berishgacha olib bormasin.
– Duoyi bad qilish: onalarni bolalar baqirtirganda naqadar ular duoyi bad qilishga shoshiladilar. Payg‘ambar alayhissalom “bolalaringizni yomon duo qilmanglar”, deb buyurganlar. Bunday onalar o‘zlarini jahlda duo qilganlarini o‘ylaydilar ammo bu ish yana bir bor onaga murojaat qilishni taqozo qiladi.
Manba: Islom.uz portali
Boshqa mavzular
Farzand tarbiyasiga oid muhim maslahatlar