Bolani ovqatlantirish boʻyicha tavsiyalar to’liq malumot oling

Bolani ovqatlantirish boʻyicha tavsiyalar to’liq malumot oling

Bolani ovqatlantirish boʻyicha tavsiyalar

Ota-onalar duch keladigan eng asosiy qiyinchiliklardan biri — bolani ovqatlantirish. Tajribalar va statistikaning ko‘rsatishicha, bu muammo o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ovqatlanish rejimini izga tushirishga va bolani ovqatlantirishga yordam beradigan bir necha hiylalar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Ora-sira mayda-chuyda yeguliklarni yeb yurish bolaning ishtahasini bo‘g‘adi. Shirin sharbat va pechenyedan keyin sho‘rva mazasiz tuyuladi.

Ovqatlanish rejimini tuzish juda muhim hisoblanadi. Bolani har kuni bir xil vaqtda ovqatlantirish zarur.

Vaqtingiz kam bo‘lsa ham, ovqatlanish oldidan ishtahasi bilan muammosi bo‘lgan bolani sayr qildirishga vaqt ajratish lozim. Toza havo uni yaxshilashga yordam beradi.

Butun oila a’zolari bilan dasturxon atrofida birga o‘tirish ham ishtahaning ochilishiga va ovqatlanish rejimini izga tushirishga yordam beradi.

Manba©

@Yosh_onalarga_maslahatlar

Boshqa mavzular
Bolani ovqatlantirish boʻyicha tavsiyalar