SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOY OLISHDA BAHOLASH NIMA DЕGANI. to’liq malumot oling
SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOY OLISHDA BAHOLASH NIMA DЕGANI.
⚡️SAVOL;
Men subsidiya asosida uy-joy olmoqchi edim. Menga davlat xizmatlari markazi sizni xujjatlaringiz o‘rganib chiqilib kerakli ballni to‘play olsangiz keyin sizga subsidiya ajratilishi mumkin deyishdi. Shu baholash bal to‘plash degani nima o‘zi ?
⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 36-bandida, arizachi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinadi deb ko‘rsatilgan.
⚡️Ya’ni siz Davlat xizmatlari markazlariga subsidiya asosida uy-joy olish uchun murojaat qilganingizda sizni oilaviy ahvolingiz bir-nechta tashkilotlardan tuzilgan komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va baholanadi.
❗️Ular qaysi tashkilotlar ?
Ular👇
🟢 Tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchining oilaviy sog‘lik holatini;
🟢 Ichki ishlar bo‘limi — ariza beruvchining qanday oilada ro‘yxatda turishini;
🟢 Moliya bo‘limi — subsidiyaga ajratilgan mablag‘larning mavjudligini;
🟢 Davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining daromadlarini;
🟢 Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi — ariza beruvchining ishlash ishlamasligi bo‘yicha;
🟢 Kadastr idoralari — ariza beruvchini uy-joylari to‘g‘risida;
🟢 Tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari — Oilaning ijtimoiy ahvoli;
🟢 Yoshlar ishlari agentligining bo‘limi — ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini;
🟢 Tuman hokimligi — ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansubligini;
🟢 Tijora banki — ariza beruvchining oilaviy kredit masalalarini o‘rganadi.
👆 Manashu tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa mezonlar bo‘yicha oilaviy holati o‘rganib chiqilib, har bir tashkilot tomonidan arizachiga ball beriladi. Sizni to‘plagan ballaringizni yig‘indisi 30 va undan yuqori bo‘lsa demak siz bo‘liminni arizachi xisoblanasiz va talabgor sifatida tan olinasiz.
Yuridik
SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOY OLISHDA BAHOLASH NIMA DЕGANI.