Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar to’liq malumot oling
Ushbu sahifada o’z zehningizni masala yechish orqali sinab ko’rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo’ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg’ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko’ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo’lsa saytimizga jo’nating, xursand bo’lamiz.
Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo’ylar, Yolg’onchilar, rostgo’ylar va yolg’onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo’ylar,, ikkinchisida faqat yolg’onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To’satdan o’t o’chirish idorasiga qo’ng’iroq bo’libdi:
-Bizning qishloqqa o’t ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-«Aralash» qishlog’ida.
Savol: O’t o’chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?
Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so’rashgach birinchi matematik do’stidan so’radi:
— Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
— Men tug’ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo’shsak 89 bo’ladi.
Savol: Matematik necha yoshda ?
Soat
Soat 5 sekundda 6 marta bong uradi. 12 marta bong urish uchun qancha vaqt ketadi ?Bozorda
Qassob 1 000 000 so’m bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir, g’oz va tovuq bor. Sigir 150 000 so’m, g’oz 10 000 so’m va tovuq 2 500 so’m turadi. U kamida har bir hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart.
Qassob nimalarni sotib oladi ?
Ona va bola
Onaning yoshi o’z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so’ng ona qizidan 4 baravar katta bo’lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang.
Qahvaxonada
Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti. Idishni topshirib, 20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 sum pulga ko’pi bilan nechta mineral suv ichish mumkin ?
Tejamli kesim
Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bo’lakka bo’lmasdan turib, 6 kishiga teng qilib bo’lib berish mumkin ?
Mushuklar nechta ?
To’rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o’tiribdi. Har bir mushukning qarshisida uchtadan mushuk o’tiribdi. Xonada hammasi bo’lib nechta mushuk o’tiribdi ?
Narx
Mahsulot narxini 50 % ga oshirib, so’ng yana 50 % ga tushirsak, narx qanchaga o’zgaradi ?Guruh talabalari
Guruhda 10 ta talaba o’qiydi. Ularning har biri barcha talabalar bilan qo’l berib ko’rishsa, qo’l berib ko’rishishlar soni nechta bo’ladi ?
Foiz
10 ning 5%i kattami, 5 ning 10%i kattami ?
Tenglama
ikkita sonning yig’indisi 10 ga teng, ularning ko’paytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar ?
Hovuzni to’ldirish
Hovuzni 2 ta quvur orqali suv bilan to’ldirish kerak, Agar Birinchi quvurning o’zi 5 minutda to’ldirsa , ikkinchi quvurning o’zi 10 minutda to’ldirsa, ikkala quvur birgalikda necha minutda to’ldiradi ?
Harorat
Harorati -3 C bo’lgan 2 litr suvga, harorati -5 C bo’lgan 10 litr suvni qo’shsak, Bu suvning harorati qanday bo’ladi ?
Ustunlar orasidagi masofa
Uzun yo’l bo’ylab ketma-ket 10 ta ustun ornatilgan, har bir ustundan keyingisigacha oralig’i 1 km. masofa. Birinchi ustundan o’ninchi ustungacha necha km. masofa?
Kutilmagan vaziyat
Har biri 40 tadan vagonni tortib ketayotgan A va B paravozlar bitta temir yo’lda duch kelib qolishdi.(rasmga q.) Ularning orasida bor yo’g’i paravoz bilan birgalikda 20 ta vagon sig’adigan boshi berk tarmoq yo’l bor. Qanday manevr qilib poezdlar bu kutilmagan vaziyatdan qutilib, o’z yo’nalishlarida harakatni davom etishlari mumkin ?
Hovuzdan suv olish
5 va 9 litrli chelaklar yordamida hovuzdan 3 litr suvni qanday qilib olish mumkin ?Kumush zanjir
Sayyoh bir shaharda bir hafta turish niyatida karvonsaroydan joy band qilmoqchi bo’ladi. Karvonsaroy sohibi undan har kuni bir tangadan berishni so’raydi. Sayyoh, o’zida bu yurtning tangalari yoqligini, lekin 7 ta halqali kumush zanjiri borligini (rasmga q.) aytadi va har kuni ertalab bittadan halqa to’lashni taklif etadi. Karvonsaroy egasi rozi bo’ladi, faqat halqalarni imkoni boricha kam joyidan qirqishini tayinlaydi. Buni amalga oshirish uchun nechta halqani qirqishga to’g’ri keladi ?
Ikki qabila
Bir orolda ikkita — rostgo’ylar va yolg’onchilar qabilalari yashaydi. Birinchi qabiladagilarning hammasi faqat rost, ikkinchi qabiladagilarning hamasi faqat yolg’on gapiradi. Orolga kelib qolgan sayohatchi orolliklardan birini ko’rib qolib uning kimligini so’raydi. Orollik o’zini yolg’onchilar qabilasidan ekanligini aytadi.
Savol: orollik sayyohni aldamayaptimi ? Aslida u qaysi qabiladan ?
Pifagor va uning shogirdlari
Pifagordan «shogirdlaringiz nechta» -deb so’rashganda, u shunday javob berdi : «shogirdlarimning yarmi matematikani, to’rtdan biri tabiatni o’rganishyapti. ularning yettidan biri vaqtini mulohaza yuritish bilan o’tkazyapti, qolgan qismini esa, 3ta qiz tashkil qiladi.»
Pifagorning shogirdi nechta ?
Uch kaptar
Tep tekis yerda donlab yurgan uch kaptar «gur» etib osmonga ko’tarildi. Ayting-chi ular qachon yana bir tekislikda bo’lishadi ?
Kofe
Tabiiy kofe tarkibidagi kofeinning 97 foizi ajratib olingandan so’ng, qolganidan ichimlik tayyorlanadi. Tabiiy kofedan tayyorlangan bir piyola ichimlikdagi kofein miqdoricha kofein iste’mol qilish uchun bu tayyorlangan ichimlikdan necha piyola ichish kerak ?Shahar aholisi
Toshkent shahridagi aholining 85 foizi o’zbekcha so’zlasha oladi. 75 foizi esa ruscha so’zlasha oladi.Agar shahardagi har bir fuqaro kamida bu ikki tildan birini bilsa, Har ikkila tida so’zlasha oladiganlar necha foizni tashkil qiladi?
Ekvator bo’ylab
Agar yer yuzini ekvator bo’ylab piyoda aylanib chiqishimiz mumkin bo’lganda edi, boshimiz tovonimizga qaraganda ko’proq yo’l bosgan bo’lar edi. Aytingchi, bu farq sizningcha nimaga teng ?
Metroda
Metroning o’ziyurar zinapoyasida ikki kishi zinapoya yo’nalishida yugurib chiqishyapti ularning biri ikkinchisiga qaraganda tezroq yugurmoqda. Savol: ularning qaysi biri yuqoriga ko’tarilguncha ko’proq zinapoya pog’onalarini sanaydi ?
Ahil sinf
Bizning sinfda 35 o’quvchi bor. har birimiz roppa-rosa 11 ta sinfdoshimiz bilan do’stmiz.
-Buning bo’lishi mumkin emas, -dedi darhol Ahmad o’rtog’iga.
Va u haq edi. Nega?
Eynshteyn topishmog’i
Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil.
Bizga ma’lum bo’lgan ma’lumotlar quyidagilar:
1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved kuchuk boqadi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va …
5. …uning egasi kofe ichadi.
6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi.
7. O’rtadagi uyda yashovchi sut ichadi.
8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi.
9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi.
11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi.
12. Winfield chekuvchi pivo ichadi.
13. Norvegiyalikning uyi — ko’k uyning yonida.
14. nemis Rothmans chekadi.
15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi.
Savol: Kim baliq boqadi ?
Boshqa mavzular
mantiqiy savollar, Qiziqarli masalalar