Kulgiterapiyaning foydasi bormi? to’liq malumot oling
Kulgiterapiyaning foydasi bormi?
😁Kulganda immunitet hujayralari faollashadi. Kulgi atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlar uchun allergenlarga nisbatan kam reaksiya ko‘rsatishiga yordam beradi.
Kulgi:
🔸og‘riqni kamaytirishga yordam beradi;
🔸gipertoniya va yurak etishmovchiligi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan stress gormoni kortizol, shuningdek adrenalin ishlab chiqarishni bloklaydi;
🔸qon bosimini pasaytirishga yordam beradi va shunga muvofiq yurak-qon tomir kasalliklari ehtimolini pasaytiradi;
🔸endorfin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi;
🔸10-15 daqiqada 2 dan 10 kilokaloriyagacha yo‘qotadi
🔸tanani kislorod bilan to‘yintiradi, bu esa miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi.
😀Kulgi yashirin his-tuyg‘ularni ifoda etishga va muammolarga osonroq qarashga imkon beradi, g‘azab, aybdorlik va boshqa salbiy his-tuyg‘ulardan chalg‘itadi.
👉 @Tibbiyot_24
Boshqa mavzular
Kulgiterapiyaning foydasi bormi?