Negativ fikrlardan qanday qutilish mumkin? to’liq malumot oling
Negativ fikrlardan qanday qutilish mumkin?
Odatda bunday fikrlardan tamoman qutilish qiyin. Lekin buni ancha yengillashtirish mumkin.
Buning uchun 3 ta pog’onani bosib o’tishingiz kerak bo’ladi.
1-pog’ona. Sabr.
Aytilayotgan gapga, bo’layotgan ishlarga, hodisalarga sabr qiling. Mana shu sizni taqdiringizdan ekani, Allohdan ekanligiga ishonib sabr qiling.
2-pog’ona. Shukr.
Keyin bunga shukur qiling. «Yaxshiyam mana shu holatdaman, mana shu narsa aytilayapti. Shunday bo’lmasligi ham mumkin edi. Shu ishni qilmagan bo’lishim ham mumkin edi» deb shukr qiling.
3-pog’ona. Rohat.
Mana shu aytilayotgan fikrlardan rohat olishni o’rganing. «Mana shu ishni qila olyapmanmi, kimdur gapirayapti. Qila olmaganimda hech kim gapirmas edi» ham degan narsani uyg’otib olishingiz kerak.
Menimcha shunda negativlardan qutila olsak kerak 😊
Ha aytgancha bu aytilgan maslahatlar albatta yaxshilik yo’lida ketayotganlar uchun tavsiya qilgan bo’lar edim. Agar siz qilayotgan ishingiz na dinga, na dunyoga foydasi tegmaydigan bo’lsa, negativ deb o’yganingiz aslida maslahat yoki dakki bo’lishi mumkin. Shuni e’tiborga olib qo’ying!
Psixologiya
Negativ fikrlardan qanday qutilish mumkin?